Dumg'aza chigali qisqa tarmoqlar — plexus sacralis V bel segmentining oldingi tarmog'i dumg'aza va dum segmentlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Chigaldan qisqa va uzun
tarmoqlar ajraladi.Qisqa tarmoqlar:1.Rami muscularis — harakatlantiruvchi tolalardan hosil
bo'lib, chanoqning ichki guruh mushaklar: m. piriformis; m. obturatorius internus; m. m. gemelli;
m. quadratus femoris; m. levator ani; m. coccygeus larni innervatsiya etadi. Har bir mushak
uchun alohida tarmoq chiqib, va u n.musculi obturatorii interni, n. musculi piriformis, n.musculi
quadrati femoris deb ataladi.2. N. gluteus superior — harakatlantiruvchi nerv tolasidan hosil
bo'ladi. Bu nerv chanoqdan foramen suprapiriforme teshigi orqali chiqib, dumba mushaklari: m.
gluteus medius, m. gluteus minimus hamda sondagi m. tensor fasciae latae larni innervatsiya
etadi.3. N. gluteus inferior dumbaning ostki nervi chanog'idan foramen infrapiriforme teshigi
orqali o'tadi. U dumbaning katta mushagi — m. gluteus maximus va chanoq-son bo'g'imi
kapsulasini innervatsiya etadi.4. N. pudendus — aralash nerv tolalarini saqlaydigan bu nerv
chanoqdan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. So'ngra n. pudendus kichik o'tirg'ich
teshigi — foramen ischiadicum minor orqali kichik chanoq bo'shlig'iga qaytib kiradi va oraliq
mushaklari orasida tarqaladi. Bu nervning harakat tarmoqlari m. sphincter ani externus, m.
ischiocavernosus, m.bulbospongiosus, m. transversus perinei superficialis, m. transversus perinei
profundus, m. sphicter urethrae mushaklarini innervatsiya etadi. N.pudendus ning sezuvchi
tolalari esa to‘g‘ri ichak tashqi teshigi atrofidagi terida, yorg'oq terisida, tashqi jinsiy a’zo
terilarida tarqaladi. N. pudendus dan quyidagi tarmoqlar ajraladi:a) n.n. anales inferiores —
chiqaruv teshigining pastki nervlari;b) n.n. rectales inferiores — to‘g‘ri ichakning pastki
nervlari;d) n.n. perineales — oraliq nervlardan mushaklarga — r.r. musculares; erkaklarda
yorg'oq terisiga — n.n scrotales posteriores, ayollarda uyatli lablarga — n.n. Iabiales posteriores,
erkaklarda — n.dorsalis penis, ayollarda — n. dorsalis clitoridis tarmoqlari ajraladi.Dumg'aza
chigalining uzun tarmoqlari.1. N. cutaneus femoris posterior — sonning orqa soha terisini
innervatsiya qiladi. Bu nerv sezuvchi tarmoqlardan hosil bo'ladi. Chanoq sohasidan foramen
infrapiriforme teshigi orqali o'tadi. Bu nervda dumbaning pastki terisiga — n.n. clunium
inferiores, va oraliq terisiga — r.r. perineales shoxlari ajraladi.2. N. ischiadicus — o‘tirg‘ich
nervi. Bu nerv chanoq bo‘shlig‘idan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi. U sonning
orqa guruh mushaklari orasidan yo'nalib, tizza osti chuqurchasi sohasida ikki tarmoqqa ajraladi:
I) katta boldir nervi — n. tibialis; 2) umumiy kichik boldir nervi — n. peroneus communis.
Do'stlaringiz bilan baham: |