11 Mavzu: Yurak perkussiyasi. Nisbiy va mutloq bo'giqlik chegarasini sog'lom odamda va patologiyada aniqlash. Yurak konfigurasiyasi va uni patologiyada aniqlash. Diagnostik ahamiyati. Rentgenogramma tahlili. Perkussiya



Download 23,7 Kb.
bet1/8
Sana15.07.2021
Hajmi23,7 Kb.
#120489
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-amaliy mashgulot


11 Mavzu: Yurak perkussiyasi. Nisbiy va mutloq bo'giqlik chegarasini sog'lom odamda va patologiyada aniqlash. Yurak konfigurasiyasi va uni patologiyada aniqlash. Diagnostik ahamiyati. Rentgenogramma tahlili.
PERKUSSIYA

Perkussiya o‘pka va yurak to‘qimalarining tuzilishi turli xilligiga asoslangan. Yurakning ko'krak qafasiga tegib turgan va o'pka bilan qoplanmagan qismi perkussiya qilinganda mutlaq to'mtoqlashgan tovush eshitiladi (yurakning mutlaq to'mtoqligi). Ko'krak qafasini yurakning chin o'lchovlariga mos va uning o'pka bilan qoplanmagan sohalari perkussiya qilinganda bo'g'iqlashgan perkutor tovush eshitiladi (yurak nisbiy to'mtoqligi).

Yurak o'ng konturining nisbiy to'mtoqlik va tomirlar tutami chegarasi quyidagilardan hosil bo'ladi:


  • yuqoridan - yuqori kovak vena (ffl qovurg'aning yuqori qirrasiga qadar);

  • pastdan - o'ng bo'lmacha.

Yurak chap konturining nisbiy to'mtoqligi va tomirlar tutami quyidagilardan hosil bo'ladi:

  • yuqoridan - aorta yoyining chap qismi, o'pka tutami, III qovurg'a sathida - chap bo'lmacha quloqchasi;

  • pastdan - chap qorinchaning tor bo'lakchasi. Yurakni oldingi yuzasini o'ng qorincha tashkil qiladi.

Perkussiya yordamida ko'krak qafasi oldingi devorida yurak va uning alohida kamyeralari proyeksiyasi sohalarini aniqlash mumkin:

1) yurakning nisbiy to'mtoqlik chegaralarini aniqlash;

2) tomir tutami chegaralarini aniqlash;

3) yurakning beli va konfiguratsiyasini aniqlash;

4) yurakning mutlaq to'mtoqlik chegarasini aniqlash.


Perkussiya qilish tartibi

■ Bemor holati qulay bo'lishi - chalqanchasiga yotgan holatda va tekshiruvchi uning o'ng tomonidan yondoshishi kerak. Bemor turgan holatda, qo'llarini yonga tushirgan tarzda ham perkussiya o'tkazish mumkin;

■ Bemomi tekshirish uchun vrach holati qulay bo'lishi - odatga binoan, barmoqni barmoqqa urib perkussiya o'tkaziladi;

■ Plessimetr - barmoqni ko'krak qafasining aniqlanishi rejalashtirilayotgan chegarasiga parallel ravishda zich joylashtirish lozim (zarblami chuqurroq tarqalishiga erishish uchun);

■ Perkussiya o'pkadan yurakka qarab boriladi, chegara tiniq perkutor tovushga nisbatan belgilanadi;

■ Yurakning nisbiy to'mtoqlik chegarasini aniqlashda sokin perkussiya, mutlaq to'mtoqlik chegaralarini aniqlashda esa o'ta sokin perkussiya qo'llaniladi.

Kerakli sharoit va buyumlar: santimetrli lenta, marker, yaxshi yoritilgan xona, muolajadan ko'zlangan maqsadni bemorga tushuntirish va undan beligacha yechinishni so'rash. Vrachning barmoqlari iliq, timoqlari kalta qilib olingan bo'lishi lozim.


Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish