Yurakning chap nisbiy to ‘mtoqlik chegarasi
• Plessimetr - barmoq oldingi qo'ltiq osti chizig'i bo'ylab V-VI qovurg'a oralig'iga shunday qo'yiladiki, u taxminan cho'qqi turtkisiga parallel joylashishi kerak
• Keyin sekin-astalik bilan plessimetr - barmoqni cho'qqi tomonga harakatlantirib bo'g'iq tovush yuzaga kelganga qadar perkussiya qilinadi va belgilab qo'yiladi;
• Belgi plessimetr-barmoqning tiniq o'pka tovushi tomoniga qo'yiladi;
Me’yorida yurakning chap nisbiy to'mtoqlik chegarasi chap o’rta o’mrov chizigi’dan 1-2sm ichkarida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |