Mavzu: To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro joylashishi



Download 53 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi53 Kb.
#772458
Bog'liq
dars ishlanma 222



Mavzu: To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro joylashishi .Fazoda parallel to’g’ri chiziqlar. To’g’ri chiziqlarning parallellik alomatlari
Darsning maqsadi: Fazoda ikki to’g’ri chiziqning o’zaro joylashishi, kesishuvchi va parallel tekisliklar, ikki tekislikni parallellik alomatlar haqida ma’lumot berish.
Darsning borishi:

  1. Darsning mazmuni.

  2. Misollar yechish.

  3. Uyga vazifa

Dars turi: yangi bilim, malaka, ko’nikmalarni shakllantiruvchi
Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar
Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Navbatchi axborotini tinglash

  3. O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish

  4. Uy vazifalarini tekshirish



Darsning mazmuni:
Fazoda to’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyati uch xil bo’lishi mumkin
1.To’g’ri chiziq tekislikda yotadi.
2. To’g’ri chiziq bilan kesishadi
3. To’g’ri chiziq tekislik bilan umumiy nuqtaga ega emas.
Fazoda ikkita a va b to’g’ri chiziqlar bir tekislikda yotsa va kesishmasa, ular parallel to’g’ri chiziqlar deyiladi.
Kesishmaydigan ba bir tekislikda yotmaydigan to’g’ri chiziqlar ayqash to’g’ri chiziqlar deyiladi.
Masala . Berilgan ikki parallel to’g’ri chiziqni kesib o’tuvchi hamma to’g’ri chiziqlarning bir tekislikda yotishini isbotlang.
Yechilishi. Berilgan a,b to’g’ri chiziqlar parallel bo’lgani uchun ular orqali tekislik o’tkazish mumkin.
Uni   bilan belgilaymiz. Berilgan parallel to’g’ri chiziqlarlarni kesib o’tuvchi c to’g’ri chiziq   tekislik bilan umumiy nuqtaga ega – berilgan to’g’ri chiziqlar bilan kesishish nuqtalari.( to’g’ri chiziqning ikkita nuqtasi tekislikka tegishli bo’lsa, u holda to’g’ri chiziqning o’zi ham tekislikka tegishli bo’ladi) teoremasiga ko’ra bu to’g’ri chiziq   tekislikda yotadi. Shunday qilib, berilgan ikkita parallel to’g’ri chiziqni kesib o’tuvchi hamma to’g’ri chiziqlar bitta tekislikda -   tekislikda yotadi.
Uchinchi to’g’ri chiziqqa parallel ikki to’g’ri chiziqlar paralleldir.
To’g’ri chiziqdan tashqaridagi nuqtadan shu to’g’ri chiziqqa parallel to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin va bitta.
Agar to’g’ri chiziq bilan tekislik kesishmasa ular parallel deyiladi.
Agar tekislikda yotmagan to’g’ri chiziq shu tekislikdagi to’g’ri chiziqqa parallel bo’lsa, bu to’g’ri chiziq tekislikning o’ziga ham parallel bo’ladi.
2-masala. Agar tekislik ikki parallel to’g’ri chiziqdan birini kesib o’tsa, u ikkinchisini ham kesib o’tishini isbotlang.
Yechilishi. A va b - ikki parallel to’g’ri chiziq,   a to’g’ri chiziqni kesib o’tuvchi tekislik bo’lsin. a va b to’g’ri chiziqlardan tekislik o’tkazamiz. U   tekislikni biror c to’g’ri chiziq bo’yicha kesadi. C to’g’ri chiziq a to’g’ri chiziqni kesib o’tadi. C to’g’ri chiziq   tekislikda yotgani uchun   tekislikni ham kesib o’tadi.
Kesishgan to’g’ri chiziqlar, parallel to’g’ri chiziqlar, ayqash to’g’ri chiziqlar. To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyati ham uch xil bo’lishi mumkin to’g’ri chiziq tekislikda yotadi, to’g’ri chiziq tekislik bilan bitta nuqtada kesishadi, to’g’ri chiziq va tekislik parallel bo’ladi.
Agar a to’g’ri chiziq va α tekislik cheksiz davom ettirilganda ham kesishmasa ular parallel deyiladi. Agar ikkita tekislik cheksiz davom ettirilganda ham kesishmasa , ular parallel tekisliklar deyiladi.


Mavzuni mustahkamalsh uchun savollar.
1) Fazoda qanday to’g’ri chiziqlar parallel deyiladi?
2) Fazoda qanday to’g’ri chiziqlar ayqash deyiladi?
3) Fazoda to’g’ri chiziqlarning parallellik alomati
4) Ikki telislik qachon parallel bo’ladi.
Uyga vazifa:
Masala:AB kesmaning A oxiridan tekislik o’tkazilgan . Shu kesmaning B oxiridan va C nuqtasidan tekislikni B1 va C1 nuqtalarda kesuvchi parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazilgan BB1 kesmaning uzunligini toping, bunda: CC1=15 sm, AC:BC=2:3.
2. AB kesmaning A uchidan   tekislik o’tkazilgan, B uchidan va o’rtasidagi c nuqtadan o’zaro parallel BB1 va CC1 kesmalar o’tkazilgan. Bu kesmalar   tekis-likni B1 va C1 nuqtalarda kesib o’tadi. Agar BB1=12 sm bo’lsa, CC1 kesmaning uzunligi topilsin.


Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish