X. H. Ibragimov



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana15.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#801931
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
O'.T.Soh.Qo`l.uslubiy ko`rsatma

1-topshiriq. 
Mavzu yuzasidan taqdimot yaratish. 
2-topshiriq.
Mavzu yuzasidan davra suxbati o‗tkazish. 
“DAVRA SUHBATI” METODI 
Mavzuni moderator boshlaydi, qolganlar 
aylana 
bo'ylabo'z 
fikrlarini 
ketma-ket davom 
ettiradilar. 
Barchafikr-mulohazalar 
tinglab 
bo'lingach, mavzu muhokamaqilinadi. Bu esa 
ishtirokchilarning 
mustaqil 
fikrlashigava 
nutq 
madaniyatining 
rivojlanishiga 
yordam 
beradi.Metodning o'g'zaki va yozma shakllari 
mavjud.Mavzu yuzasidan ushbu metodni qo'llang. 
Nazorat savollari 
Nazorat savollari 
1.
Rasmiy-idoraviy uslub nima? 
2.
Rasmiy-idoraviy uslubning o`ziga xos xususiyatlari nimada? 
3.
Hujjat nima va hujjatning qanday turlari bor? 
4.
Sohaga oid hujjatlarni rasmiylashtirilishiga oid o`z fikringizni ayting. 
12-MAVZU. Nutq va adabiy me`yor 
Reja: 
1.Til va nutq tizimida adabiy me`yor 
2. Kasbiy nutq. Nutq bayon qilish usullari 
3. Mutaxassis nutqi 
Tayanch tushunchalar: 
til, nutq, me`yor, adabiy me`yor, kasbiy nutq, mutaxassis 
nutq, nutqning ilmiyligi, nutqning to`g`riligi, aniqligi. 
Til va nutq tizimida me‘yor o‘ziga xos o‘rniga ega. Til material sifatida nutq 
jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me‘yorlashtirish jamiyat 
ehtiyojiga aylangan va me‘yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan. 
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me‘yoriy holatlarni 
o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal 
qilishda xalqning maishiy, ma‘naviy-ma‘rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik 


48 
dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e‘tiborga olingan. Til hodisalarini, 
uning me‘yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga 
olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan. 
Demak me‘yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar 
davomida shakllangan an‘anaviylikka ega bo‘ladi. Tildan foydalanishdagi 
an‘anaviy me‘yorlarning davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib turishi ham 
tarixiy jarayondir.Anglashiladiki, til me‘yorini belgilash muammolarini hal qilish 
har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning 
uchun ham me‘yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o‘rganilishi bejiz 
emas. Afsuski, tildagi me‘yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar 
ichida hal qilishning imkoni yo‘q. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda 
bo‘lish qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bo‘lishi mumkin 
edi. Bir tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda «O‘zbekiston Respublikasining davlat 
tili haqida» qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda 
tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga 
va tezlikda bajarishning imkoni bo‘lmadi. O‘sha paytda qonuniy bo‘lmasa-da, 
amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o‘zbek millatiga mansub 
kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham 
bog‘chalar va maktablarda ana shu tilda ta‘lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana 
shunday tabiiy to‘siqlardan bo‘lib turdi. Oqibatda ma‘lum muddat muomala 
jarayonida, rasmiy ish qog‘ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni 
o‘tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an‘analar o‘z kuchini saqlab turdi. 
To‘g‘risini aytganda, oradan o‘n to‘rt yildan ortiq vaqt o‘tsa ham bu nuqsonlardan 
to‘laligicha 
qutila 
olgan 
emasmiz. 
O‘zbek 
tilidan 
foydalanishdagi 
qiyinchiliklarning ko‘plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning 
bosqichma-bosqich hal bo‘lib borayotganini ham kuzatamiz. Harqalay o‘tgan vaqt 
mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til me‘yoriy 
muammolarining ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bog‘liqligi ma‘lum 
bo‘ldi. 
Til elementlarining ma‘lum bir me‘yorga keltirilishi, bir tomondan, til 
mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda 
ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma‘lum - tilning amalda bo‘lish 
holatlariga tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi. Lekin tegishli yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar, 
tavsiyalar berilib borilishi zarur. Ammo o‘zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib 
borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish 
uchun adabiy til me‘yorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy 
shug‘ullanishimiz kerak. Xo‘sh, me‘yorni belgilashning amaliy jihati nimadan 
iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va 
shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib 
beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo‘llari tavsiya qilinadi. Ma‘lum 
ma‘noda bu ham ularning me‘yorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid 
tavsiyalar berish degan gapdir. Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar 
o‘zlarining to‘g‘ri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik 
qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko‘p, albatta. Ammo hal qiluvchi 


49 
gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining 
me‘yor holiga kelgunicha ma‘lum vaqt o‘tishi ham lozim bo‘lib qoladi. Imlo va 
talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu 
qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada, jumladan huquq 
sohasida ham tildan foydalanish me‘yorlarini belgilash bugunning dolzarb 
vazifalaridan bo‘lib qolmoqda. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini 
yanada yuksaltirish masalasi ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol 
g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma‘naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol 
ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, yangicha fikrlashga o‘rgatishni 
maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi. Til 
birliklarini me‘yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo‘lgan bir 
qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati 
sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me‘yor muammolari hamisha 
ushbu sohaning tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma‘lum 
me‘yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart- sharoitlarini, 
qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me‘yorga amal qilishni 
ma‘lum ma‘noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil 
qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng ma‘qul yo‘llari ko‘rsatib turiladi. «Nutq 
madaniyati keng miqyosidagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, 
boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning 
hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi»
5

Til elementlarining me‘yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik 
o‘rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so‘z va iboralar 
ularning o‘rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o‘rnini bo‘shatib bermaydi. 
Ma‘lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o‘tishi 
bilangina o‘rnini bo‘shatib berishi mumkin. Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik 
o‘rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me‘yoriy ko‘rinishlarning tanlana borishi 
jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O‘zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq 
tilidan o‘sib chiqqan bo‘lsa ham, unda mavjud bo‘lgan dialektlar va shevalardan, 
jargonlardan, oddiy so‘zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba‘zi jihatlari bilan 
farq qiladi. Chunki umumxalq tili o‘zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni 
o‘z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo‘ladi. Adabiy til esa undan o‘zbek 
millati uchun tushunarli bo‘lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini 
tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me‘yor sifatida tavsiya etadi. 
Garchi umumxalq tilining hamma ko‘rinishlarida, barcha til jamoalarida o‘ziga xos 
tarzda amal qiladigan me‘yorlar mavjud bo‘lsa ham kodifikasiyalashtirilgan, ya‘ni 
ma‘lum qoidalarga kiritilgan me‘yorlar faqat adabiy tilga xos xususiyatdir. «Faqat 
adabiy tildagina, - deydi V.A. Iskovich, - qanday gapirish va qanday gapirmaslik; 
me‘yoriy grammatikalarda, lug‘atlarda, ma‘lumotnomalarda qayd etilgan; 
maktablarda o‘rganiladigan qoida va ko‘rsatmalar amal qiladi»
6
. Shuning uchun 
ham adabiy tilning umumxalq tilidan farq qiluvchi tomoni unda yagona 
me‘yorning qat‘iy amal qilishi hisoblanadi. 
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning 
taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat 


50 
arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, 
kino, teatr san‘ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning 
xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, 
shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. Ularning 
samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko‘pgina yo‘nalishlari bo‘yicha qat‘iy 
me‘yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga 
olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy 
variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko‘pgina munozarali masalalar o‘zining 
nazariy asosiga qo‘yildi. Til birliklarining adabiy shaklda me‘yorlashuvida badiiy 
adabiyotning o‘rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o‘z 
fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original 
ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo‘lda ular yangi so‘z va iboralar yaratadilar. 
Yaratilgan birliklar o‘sha matnning o‘zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, 
adabiy tildan o‘rin olmasligi, bir so‘z bilan aytganda, tilda me‘yorlashmasligi 
mumkin. Ularning me‘yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi 
omillar belgilaydi. Ammo bir narsa ravshanki, bu birliklar o‘zi qo‘llangan matnda 
badiiyat uchun, obrazli tasvir va ifoda uchun xizmat qiladi. Shunday ekan ularni 
bir uslub doirasida me‘yoriy deb hisoblashga asosimiz bo‘ladi. Adabiy asarlardan 
namunalar keltiramiz:

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish