qoramol, sigir, buzoq, tana, g’unajin, buqa, qo’y,
qo’chqor, sovliq, qo’zi, echki, uloq
so‘zlari qo‘llanganini kuzatamiz.
Har qanday til me‘yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me‘yorlarga
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi: Me‘yorga nisbatan qo‘llaniladigan
umumiylik va xususiylik til me‘yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning
biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma‘noda
o‘zbek umumxalq tilidagi barcha me‘yorlar yig‘indisini umumiy me‘yor, adabiy,
lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me‘yorlarni xususiy me‘yorlar sifatida
qabul qilish mumkin. Shunday qilib, bir tomondan, o‘zbek tiliga tegishli bo‘lgan
barcha me‘yorlar yig‘indisini umumiy me‘yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan
esa, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste‘molchilari va
tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo‘lgan birliklar majmuini
anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi o‘zbek milliy tilining barcha ijtimoiy
vazifaviy ko‘rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo‘lgan vositalari
tizimi ma‘nosini ham anglatadi».
52
«O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste‘moldagi so‘zlarning
barcha so‘z turkumlarida uchrashi qayd qilib o‘tilgan. Masalan otlarda –
daryo,
suv, osmon, yer, tosh, tog’, bog’, daraxt, uy, devor, ko’cha, vodiy, sahro, qum
kabi;
sifatlarda –
oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli,
aqlli, dono, barno
kabi; sonlarda –
bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz,
to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming,
million
kabi; olmoshlarda –
u, bu, shu, ana, mana, siz, biz
kabi; fe‘llarda –
bor, kel,
ket, yur, tur, o’tir, uxla, yot, ayt, qo’y, o’t
kabi; ravishlarda –
tez, sekin, oz, kam,
ko’p
kabi; bog‘lovchilarda –
va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki
kabi;
yuklamalarda – -
u, -ku, -da, -yu
kabi; undovlarda –
oh, voh, voy, dod, uh, ura
kabi.
Keltirilgan so‘zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili
doirasida qaraladigan lahja va so‘zlashuv nutqida ham qo‘llanilaveradi. Bu esa ana
shu til vositalarini bir tilning umumiy me‘yorlari qurshovida qarashga asos bo‘ladi.
Xususiy me‘yor ma‘lum til umumiy me‘yorlarining yashash shaklidir. Shunday
ekan, yuqorida sanab o‘tilgan o‘zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy
tarmoqlarining me‘yori xususiy me‘yor sanaladi. Xususiy me‘yorlarni yanada
aniqroq tasavvur qiladigan bo‘lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me‘yorini
ham, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan beshta – rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy,
so‘zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me‘yorlarni ham xususiy me‘yorlar
deb tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Adabiy til esa umumxalq tilining yashash
shakllaridan biri bo‘lib, uning boshqa ko‘rinishlaridan mukammalligi bilan bir
qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga
nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo‘ljallangan.
Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng
tarqaladi.
Millat manfaatiga va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy
tilning o‘ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati ko‘p
bo‘lib, ular orasida me‘yoriylik markaziy o‘rinda turadi. O‘zbek adabiy tilining
o‘zbek
xalqi
uchun
umummajburiyligi,
ko‘pvazifaliligi
va
uslubiy
tarmoqlanganligi kabi xususiyatlarning birontasi me‘yoriyliksiz amalga oshmaydi.
Adabiy tilning me‘yoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy me‘yorlaridan
tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kodifikasiyalanganlik – ongli aralashuv yo‘li
bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli o‘zlashganlik va anglanganlik,
egallanganlik va tushunilganlik, qat‘iy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda
mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqo‘llanuvchanlik, umummajburiylik va
namunaviylik, turg‘unlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik,
an‘anaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan
o‘suvchanlik, variantlilik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obyektivlik
kabilar. Me‘yorlar haqida gap ketganda ko‘pincha «ongli tanlash» tushunchasi
esga olinadi. Haqiqatan ham til me‘yorlari faqat ongli tanlash mahsulimi? Tildagi
elementlarning me‘yorlashuvida tanlashning ahamiyati katta, albatta. Jamiyat
a‘zolari orasida bu jarayon xuddi tabiiy tanlanish singari amalga oshiriladi, lekin u
ong yordamida boshqariladi. Kishilar nutq jarayonida o‘zlari uchun tushunarli,
53
muddaosini, fikr-mulohazalarini ma‘qul tarzda ifodalay oladigan, hatto talaffuzda
ham qulay bo‘lgan variantlarni tanlab ishlata boshlaydilar va bu variant asta-
sekinlik bilan me‘yoriy ko‘rinish sifatida e‘tirof etiladi. Aytilganlardan bir narsa
anglashilayaptiki, tanlanish uchun variantlar bo‘lishi lozim. Ammo variantlarning
paydo bo‘lishi til taraqqiyotida ma‘lum vaqtning o‘tishini taqozo qiladi. Demak
ungacha, haqiqiy ma‘noda me‘yorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana
qandaydir bosqichlarni bosib o‘tadi va tanlanish jarayoni tilning me‘yorlashuvida
keyingi bosqichlardan biri sanaladi. Nutq jarayonidagi odat va ko‘nikmalarni ana
shunday bosqichlar deb tushunsak to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ma‘lum predmet yoki
tushunchaning ifodasi, atamasi bo‘lgan birlik tilda paydo bo‘lar ekan, undan
foydalanishga til vakillari dastlab o‘rganishi, odatlanishi lozim. Bu birliklarni
qanday talaffuz qilishdan tortib, u anglatgan ma‘noni fahmlash, anglab yetishgacha
bo‘lgan jarayon yuz berishi kerak. Shunday ekan, kishi ongi va amaliyotida til
birligi me‘yorlashishining birinchi bosqichi odatlanish bo‘lib hisoblanadi. Bu
elementlar tinimsiz, takror-takror ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida ko‘nikma
hosil bo‘ladi. Ko‘nikmalar esa me‘yorlashishni bir qadar mustahkamlaydi, deb
bemalol aytish mumkin. Ana shuning uchun ham tanlash imkoniyati tilning amalda
bo‘lishining keyingi davrlariga – til ham shaklan, ham mazmunan boyigan,
adabiylik darajasiga ko‘tarilgan paytlarga to‘g‘ri keladi. Ungacha esa til, olimlar
ta‘biri bilan aytganda, «_ram til», «xom til», «ishlanmagan til» ko‘rinishlarida
bo‘ladi. Tilning sheva va lahjaviy shakllarini ana shu ko‘rinishlar sifatida
baholashimiz mumkin. Shunday qilib, o‘zbek adabiy tili me‘yorining quyidagi
ko‘rinishlari mavjudligini ta‘kidlaymiz:
Umumiy tarzda: yozma adabiy til me‘yori va og‘zaki adabiy til me‘yori. Aniq
tarzda: imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, _rammatik va uslubiy me‘yorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |