X. H. Ibragimov


Aniqlik, qisqalik, xolislik



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana15.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#801931
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
O'.T.Soh.Qo`l.uslubiy ko`rsatma

Aniqlik, qisqalik, xolislik
Tadqiqot ishining kirish qismi o`quvchini nafaqat mavzuga yo`naltiriladi, balki 
asosiy maqsadni mazkur bosqichga qadar qog`ozga tushirgan ma‘lumotlaringizni 
sinchkovlik bilan qaytadan o`qib chiqing va maqsadingizni yana bir bor 
oydinlashtirib oling. 
Shuni unutmangki, kirish qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, 
shu sababdan uni chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma‘qul. Ko`pchilik olimlarning 
fikricha, o`quvchi ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu 
bo`yicha o`zgacha topilmani topish maqsadida o`qiydi. Qiziqishni oxirigacha 
ushlab turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan 
ma‘qul. 
Ko`pchilik tadqiqotchilar ilmiy ishda umumiy gaplardan foydalanadi. Biroq, 
bu noto`g`ri. Sababi, ma‘lum maqsadga qaratilgan mavzuni aniq faktlar yordamida 
isbotlab berish talab etiladi. Oldingizga qo`ygan maqsadingiz boshqalarnikidan 
farqli ravishda, umumiylikdan xoli tarzda, mustaqil bayon etilsa ilmga qo`shgan 
hissangiz va topilmalaringiz yaqqol yuzaga chiqadi. Ununtilmaslik lozimki, kirish 
qisqa bo`lsa-da, butun mehnatingizni namoyon etib turadi. 
Ko`pchilik tadqiqotchilar uchun asosiy bo`lim muhokamasi xavotirli tuyuladi. 
Sababi, aksariyat hollardi yutuqlardan ko`ra xato va kamchiliklar yuzaga chiqib 
qolishidan qo`rqish hissi ustun keladi. Aslida, mazkur bo`limda tadqiqot 
jarayonidagi ilmiy topilmalar va ularni ommaga e‘lon qilishdan maqsad: bu qarash 
nechog`li muhim, ilm-fanga yangilik olib kira oladimi, degan savollarga javob 
topishdan iborat. Agar bularni yaxshilab o`rganib, aniq javob topa olsangiz, 
boshqalar ham tadqiqot ishingizni osongina tushunadi. Mazkur bo`limda mavzuni 
qanchalik tushunib etganingiz ham oydinlashadi. SHuningdek, fikran teranlik 
so`zlarning o`z o`rnida qo`llanilgani hamda tushunarliligi ilmiy ish olib boruvchi 
sifatidagi qiyofangizni namoyon etadi. Eng so`ngida shaxsiy tajriba, izlanishdan 


44 
chiqargan xulosangiz, mutaxassislarning fikr-mulohazalari yoki qo`shimcha 
ma‘lumotlar bilan ilmiy ishni yakunlaysiz. 
Tadqiqot ishini o`z nihoyasiga etkazib olgach, uni umumiy va ichki usullar 
bilan ko`zdan kechirib chiqish lozim. Umumiy tuzatishda gaplarning tuzilishi, 
sarlavha, mazmun tahrir qilinadi. Ichki usul ko`p vaqt talab etadi, sababi, har bir 
so`zning to`g`ri yozilgani, grammatik va punktuatsion xatolar bartaraf etilishi 
lozim. Umumiy tahrirda matn ustidan ko`z yugurtirib chiqish kifoya. Ishni 
osonlashtirish uchun so`zma-so`z, gapma-gap tahrir qilish yoki matnni ovoz 
chiqarib o`qish ham mumkin. Bunda yo`l qo`yilgan xatolik, ayniqsa, jumlalardagi 
g`alizliklar bartaraf etiladi. 
Nihoyat, tadqiqot ishini printerda chop etib, qalam yordamida ikkinchi 
tuzatishga kirishishingiz mumkin. O`zingizga qulay, o`qish uchun oson bo`lgan 
kattaroq shriftda chiqarsangiz, ko`zingiz toliqib qolmaydi. 
SHundan so`ng ilmiy rahbaringiz bilan ishingizni yana bir bor muhokama 
qilishingiz, boshqalarga ham fikr-mulohazalarini bildirishi uchun o`qitishingiz 
mumkin. Bunda iloji boricha boshqa sohada ishlaydigan kishilarning qarashlari 
bilan o`rtoqlarashing. Buning o`ziga yarasha sababi bor: agar o`qib chiqqan inson 
tadqiqot ishida nimani ochib berganingizni tushunsa, demak, o`quvchi ko`zi bilan 
qaraganda ham maqsadga erishgan bo`lasiz. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish