51
tillardan so‘z qabul qilish va ularning me‘yorlashib borishini ta‘minladi. Biz hyech
ikkilanmasdan, xuddi shunday bo‘lishi kerakdek,
absolyut,
avangard, avantyura,
avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual,
alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik,
ataka, attestat, auditoriya, aforizm
singari so‘zlarni qo‘llayverdik va shunday
qo‘llashga ko‘nikdik. Ularning tilimizda muqobillari yo‘qmikan deb o‘ylab
ko‘rmadik. To‘g‘risi, bunga imkon ham, umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji
ham yo‘q edi. Loqaydligimiz esa bunga ko‘maklashdi. Rus tilining tazyiqi
kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o‘zimiz sezmagan holda o‘z so‘zlarimiz
va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik.
O’nta sigir, o’nta qo’y
deyish
mumkin bo‘lgani holda
o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh qoramol
deb ishlata
boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat golov korova»
degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi
oddiy
sovliq, qora mol, uloq
so‘zlarini unuta boshladik.
Ularni rus tilidan
kalkalab,
ona qo’y (ovsematok), ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona biya,
yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy
skot)
tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo‘ldiki, oddiy o‘zbek
chorvadorlarimizning, cho‘ponu molboqarlarimizning o‘zlari
ham gazeta yoki
radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo‘ldilar.
O‘zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me‘yorlashish sabablarini
shu tarzda anglaydigan bo‘lsak, uning lug‘at tarkibidagi grekcha- yunoncha,
mo‘g‘ulcha, ayniqsa, arabcha so‘zlarining paydo bo‘lish omillarini ham to‘g‘ri
tushunamiz. Xayriyatki, mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, biz bu kamchiliklardan
qutuldik. Hyech bo‘lmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni
yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik sohasida
atamalar ishlatishdagi
o‘zgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xo‘jalik institutining
70 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan «Qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari va
fermerlar uchun amaliy qo‘llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining
«Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bo‘limida yuqorida
keltirilgan atamalar o‘rnida
Do'stlaringiz bilan baham: