Nazorat uchun savollar:
1. Genom nima?
2. Virus genining tuzilishi va funksiyasini ayting?
3. Fenotiv, genotiv o’zgaruvchanlik nima?
4. Viruslarning mutatsiyasini ayting?
Mavzu: Viruslarning ekologiyasi
REJA:
Tabiatda viruslarning, bakteriyalarning aylanish yo’llari va shakllari
Odam va hayvonlarda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va viruslarning o’zaro aloqasi
Qo’zg’atuvchining patogenlik spektori
Kasallik qo’zg’atuvchilarini attenuatsiyalash
Asosiy adabiyotlar.
1. Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.
2. Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.
3. Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.
4. X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.
5. N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Sublimatsiya, liofilizatsiya, fotodinamikeffekt, konservatsiya, muzlatish.
Viruslarning ekologiyasi – viruslarning tashqi muhit bilan aloqasi.
FERMENTRLAR. Ko‘pchilik holda virion ribonkuleaz, dezoksiribonukleaz va proteazlarga juda ham chidamli.
Virionning nuklein kislotalari oqsil qobiq bilan o‘ralgan shuning uchun ular nukleazlar ta’sir etmaydi.
Aktivlashtirilgan papain kartoshkaning X virusini va boshqa o‘simliklarning virusini aktivligini pasaytiradi, lekin poliomielit, virusini, bakteriofagni aktivligini kamaytira olmaydi.
Antitelolar bilan neytrallangan fagni ayrim holda papain bilan aktivligini kamaytirish mumkin. Oqsilni denaturatsiyaga uchratuvchi ko‘pgina faktor va agentlar mavjud bular:
Sun’iy detergentlar masalan: Lauril natriy sulfat
Mochevina va guanidin, vodorod bog‘larini uzishda qatnashadi.
Vodorod ionning yuqori yoki past bo‘lishi.
Har qaysi viru detergentlarga har xil sezgir, bulardan o‘zining qobig‘ida lipidlarni saqlovchi miksoviruslar, arboviruslar, gerpes gruppasi deteregentlar bilan osongina aktivligini kamaytiradi. Shuningdek lipidlarni erituvchi efir yoki xloroformdir.
Harorat – ko‘pchilik viruslar 56-60o da 5-30 daqiqa ichida o‘z aktivligini yo‘qotadi. Gepatit virusi qon zardobida 30 daqiqa ichida 80o o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Ichakda rivojlanadigan viruslar qizdirishga chidamli shu o‘rinda adenoviruslar, gerpesviruslari, ospa-vaksina viruslari o‘z aktivligini yo‘qotadi.
Ko‘pchilik viruslar – 70odan past haroratda yaxshi saqlanadi. Muzlatish darajasi qancha past bo‘lsa shuncha virus kam nobud bo‘ladi. Sovutilishi qancha sekin bo‘lsa shuncha ko‘p virus o‘z xususiyatini yo‘qota veradi.
Tezlik bilan – 196o sovitilsa virus o‘zining yuqumlilik xususiyatini yo‘qotmaydi ayrim viruslar – 20odan past darajada bir-necha oydan to bir yilgacha hayotiy chanligini saqlab turadi.
Viruslarning yuqumli titri muzlatilgandan so‘ng birdaniga kamayadi, uzoq muddatga saqlaydigan bo‘lsak asta sekin yuqumlilik titri kamayib boradi.
Muzlatilgan vaqtda virus o‘z aktivligini yo‘qotmasligi uchun virusga tovuq tuxumining sarig‘i yoki oqsili, qon zardobi, pepton saxoroza yoki glyukoza qushiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |