Asosiy adabiyotlar
1. Bozorov X.K, Abdulakimova A.B. Veterinariya virusologiyasidan o‘quv qo‘llanma. Samarqand 2016 y
2. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. М., Колос 2000 г.
3. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. М., Агропромиздат 1998 г.
Xorijiy adabiyotlar
1. Fenner's Veterinary Virology (United States of America 2016 )
2. Veterinary clinical pathology (M.Jackson ).
3. Сюрин В.Н., Белоусова Р.В., Фомина Н.В. Диагностика вирусных болезней животных. Справочник. М. Агропромиздат 1991 г
4. Андреев Г.М., Давыдов В.У., Злобин В.С. Справочник практического врача. Изд.Лан. Санкт-Петербург. 2004 г.
TAYANCH IBORALAR
Obligat, sitopatik ta’sir, sitolitik transformatsiyalovchi, induktiv, lizis, hujayra genomi, neyraminidaza, tinktorial, gialuronidaza, septinevrit, pantrop, tropizm, dermatrop, neyratrop, pnevmotrop.
Virusni organizmdan ajratib chiqarish – har xil yo‘llar bilan bo‘ladi. Pantrop viruslar chaqiradigan kasalliklarda cho‘chqalarning Evropa va Afrika o‘lati, aueski kasalligi, yirik shoxli hayvonlarning o‘lat kasalligi, yuqumli anemiya kasalligida virus fekaliy, siydik, burun va ko‘zdan ajralayotgan ekssudat, sut, so‘lak orqali ajralib turadi.
Cho‘chqalarning, otlarning, yirik shoxli hayvonlarning gripp kasalligida yuqumli rinotraxeit kasalligida virus burun-tomoq bo‘shliqlari orqali ajralib turadi. Bu ajralib turgan suyuqlikda virus borligini aniqlash uchun sezgir sistemalarga yuqtirish natijasida bilish mumkin. Enterovirus kasalligida (teshen kasalligi, transmissiv gastroenterit, virusli diareya, rotavirus infeksiyasida tovuqlarning ensefalomielit kasalligida) virus fekaliy orqali ajralishi aniqlangan.
Terining jarohatlanishi bilan kechadigan kasalliklarda oqsil, tovuqlarning chechak, qo‘y va echkilarning chechak, paravaksina, kontagiozli ektima va boshqalarda zararlangan joydan virus ajralib turadi. Quturish kasalligida virus so‘lak orqali ajralib turadi. So‘ngi yillarda viruslarni urug‘ orqali bir hayvondan ikkinchi hayvonga o‘tishi kuzatilgan. Oqsil, leykoz, yuqumli rinotraxeit, diareya, efemer isitma, paravaksina kasalliklari bunga misol bo‘la oladi. Oldingi vaqtda bunga ahamiyat berilmay kelingan edi. Ko‘pchilik holda urug‘ni virus bilan kontaminatsiyalanishi natijasida urug‘ni otalantirish xususiyati ancha pasayib ketishiga sababchi bo‘lgan. Virus kasalligi yuqgan organizmda viruslarning o‘rnashishi. 1921 yilda fransuz virusologi, Byurrel birinchi bor viruslarning tropizmni o‘rgangan. Itlarning o‘lat kasalligi 4-xil klinik shaklda o‘tishini: nerv, pnevmoniya o‘pkada, visseral (enterit) va teri shakllari bor. Ko‘pchilik xolda bu shakllar yakka xolda uchramay hamma shakli birdaniga bir organizmda uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |