Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Obligat, sitopatik ta’sir, sitolitik transformatsiyalovchi, induktiv, lizis, hujayra genomi, neyraminidaza, tinktorial, gialuronidaza, septinevrit, pantrop, tropizm, dermatrop, neyratrop, pnevmotrop.
Hayvonlarda virus kasalligining patogenezi
Viruslar organizmga har xil yo‘llar bilan tushadi. Masalan: Nyukasla, chechak, cho‘chqalarning o‘lat, tovuqlarning yuqumli bronxit, paragripp-3, respirator sinsitial infeksiya, yirik shoxli hayvonlarning yuqumli rinotraxeit viruslari organizmga burun-tomoq bo‘shlig‘i orqali tushadi.
Poliomielit, cho‘chqalarning enteroviruslari, koksaki, oqsil, cho‘chqalarning vezikulyar ekzantema, nyukasla, tovuqlarning gripp, tovuqlarning adenoviruslari, yirik shoxli hayvonlarning diareya virusi organizmga ovqat hazm qilish trakti orqali tushadi.
Teri orqali yuqadigan paravaksina virusi (sut, sog‘uvchilar qo‘lida) venerik limfagranulema, tovuqlarning chechak virusi, qo‘y va echkilarning chechak virusi, yuqumli kontagioz ektima viruslari ma’lum.
Arboviruslarning katta guruhi qishloq xo‘jalik hayvonlariga burga, kana va pashshalar orqali uzatiladi.
Viruslarning organizmda ko‘payishi – virus organizmga tushgandan so‘ng o‘sha tushgan joyidan boshlab ko‘payadi so‘ngra ma’lum organlarda va to‘qimalarda ko‘payib butun organizmga tarqaladi.
Organizmda viruslarning tarqalishi har xil yo‘llar bilan bo‘lib asosan qon va limfa suyuqligi orqali tarqaladi.
Quturish virusini organizmga tarqalishi nerv tolalari orqali bo‘lishini 1887 yilda Babesh isbotladi. Virusning markaziy nerv sistemasiga borishi markazga intiluvchi xarakat natijasida sodir bo‘ladi. Virusning genomi orqali miyaga etib borguncha hujayralarda ko‘payishi shart bo‘lmay ular hatto to‘qimalarda zahar qanday tarqalgandek yoki inert modda so‘rilgandek tez markaziy nerv sistemasiga yetib boradi.
Virusning tishlangan joyga tushish miqdori, so‘lak tarkibidagi gialuronidaza fermentining aktivligiga va qon zardobi tarkibidagi gialuronidaza fermentining antogonistlari borligiga bog‘liq. Maxsus antirabik gamma-globullin quturish virusini neytrallaydi. Virusning markaziga intiluvchi xarakatini Nikolay-septinevrit deb atadi, chunki bakteriologiyada bakteriyalarni qon tarkibida uchrashi sepsis tushuniladi.
Ba’zi bir neyrotrop viruslar gerpes, poliomielit, neyrovaksina, quturish viruslarini organizmga nafas yo‘li orqali, teri ostiga, shilliq pardalarga og‘iz orqali va nerv orqali yuborilganda virusni markaziy nerv sistemasi tomonga harakat yo‘nalishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |