Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet2/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Asosiy adabiyotlar.

  1. Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.

  2. Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.

  3. Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.

  4. X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.

  5. N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.

Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Viriodlar, viruslarning ekologiyasi, onkogen, tibbiyot, tripsinizatsiya, fibroblast, sitopatogen ta’sir, adsorbsiya, Broun xarakati, deproteinizatsiya, replikatsiya, assambelirovanie, nukleokapsid, latent, surunkali, DI-bo‘lakchalar, defektli virus, psevdoviruslar.
Viruslar – nuklein kislotadan, ya’ni RNK yoki DNKdan iborat bo’lib, bu nuklein kislota faqat tirik hujayralarda ko‘payishi va hujayradan virusni, virionni kerakli qismlarini sintezlashga majbur etadi. Shu usulda vujudga kelgan yangi virus kelajakda o‘zidan nasl qoldirish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Virusologiya – viruslar va virusli kasalliklar haqidagi ta’limot.
Viruslar – turli xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hujayralar ichida reproduksiyalanadigan kichik mikroparazitlardir.
Virus kasalliklari – virus qo‘zg‘atadigan kasalliklar guruhi, ularning gripp, qizamiq, chin chechak, botkin kasalligi, quturish, ornitoz kabilar yaxshi o‘rganib chiqilgan.
Epizootologik va virusologik nuqtai nazardan odamlarda gripp kasalligini qo‘zg‘atuvchi viruslar hayvonlar va parrandalarda migratsiya qila boshladi. Gripp kasalligi tarqalgan paytda A2 virusini cho‘chqalardan, otlardan, qoramollardan, parranda va itlardan ajratib olingan.
Gripp virusning turlar orasida migratsiyasi va uning antigen «Dreyfi» va sakrash (shift) umumiy aniqlangan fakt bo‘lib, hech qanday mushohodaga ega emas.
Shuning uchun meditsina muammosi – meditsina va veterinariya muammosiga aylanib bormoqda.
Zamonaviy virusologiyaning muxim vazifalardan bo‘lib har xil zararli shishlarning paydo bo‘lishi bilan dunyoda har yili 5 mln.dan ortiq kishi rak kasalligi bilan kasallanib olamdan o‘tmoqda.
Viruslardan tashqari maxsus shaklga ega bo‘lgan va o‘simliklardan ajratilgan viroidlar topilgan, ular o‘z tarkibida RNK saqlaydi va tashqi qobig‘i bo’lmaydi. Ko‘pgina virus kasalliklariga hozirgi kungacha meditsina, veterinariya meditsina fani biologik preparatlar ishlab chiqa olmayapti bular SPID, parrandalardan odamlarga o’tuvchi gripp va boshqalar. Kimyoviy davolash ishlariga endigiga qadam tashlanmoqda.
Misol tariqasida birgina oqsil kasalligi keltiradigan zararni, kuydirgi saramas va boshqa bacterial infeksiyalarni barchasini qo‘shganda ham zarari oqsil kasalliklarini o‘rganish uchun ketgan zararcha emas.
Qishloq xo‘jaligidagi islohatlar hayvonlarni bosh sonini va mahsuldorligini oshirish uchun veterinariya xizmatini yanada takomillashtirish talab etiladi. Veterinariya fanlari ichida virusologiya muhim o‘rinni egallaydi.
Zamonaviy veterinariya vrachi kasallikni faqat klinikasini-patologoanatomik belgilarini bilibgina qolmay balki viruslar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishi va viruslarning xususiyati, laboratoriyada diagnoz qo’yish, kasallanib tuzalgan hayvonlarda immunitet hamda vaksinatsiyadan so‘ngi immunitet to‘g‘risida tushuncha ega bo‘lishi lozim.
Viruslarni ochilish rus botanigi Dmitriy Iosifovich Ivanovskiy (1864-1920) bilan aloqador.
Tamakida mozaika kasalligini ikki xildagi qo‘zg‘atuvchi birinchisi ryabuxa, zamburug‘, ikkinchisini esa noma’lum qo‘zg‘atuvchi deb aytib o‘tgan. Ivanovskiy kasallangan tamaki bargini yaxshilab ezib, suvini, juda ham mayda teshikli chinni filtrdan o‘tkazgan, filtrdan o‘tgan suyuqlik baribir o‘zining yuqumlilik xususiyatini saqlab qolgan, lekin sun’iy oziq muhitlarga ekish hech qanday natija bermagan.
Ivanovskiy tamaki bargi hujayralarida to‘plangan kristallar, bu hujayrada mozaika virusning kristallari ekanligini isbotladi.
Olimning tekshirishlari natijasi «tamakining ikki kasalligi» (1892) va «tamakining mozaika kasalligi (1902) degan ilmiy ishlarida to‘lasincha yozilgan».
Ivanovskiy I.D.dan 6 yil keyinroq nemis olimi Leffler oqsil kasalini qo‘zg‘atuvchisi virus ekanligini isbotladi.
So‘ngra (Nikol va Adil-Bey) tomonidan yirik shoxli hayvonlarning o‘lat, itlarning o‘lat (Karre, 1905), cho‘chqalarning o‘lat (Shveynits va Dorse, Raus sarkomasi 1911), qo‘ylarning chechak (Borrel, 1903), echkilarning chechak (Borrel, Negri va Kozagrandi 1902) va boshqalar aniqlaganlar. Qizamiq, poliomielit, gripp, ensefalitlar to‘g‘risda ko‘pchilik ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Yuqoridagi yangiliklardan so‘ng viruslar to‘g‘risida osoyishtalik bo‘lib bu osoyishtalik to viruslarni o‘stirish, ajratib olish, farqlash usullari paydo bo‘lguncha davom etgan.
1940 yilda viruslarni o‘sayotgan tovuq homilalarida o‘stirilishi navbatdagi oldinga siljish bo‘ldi. Bu usulda qizamiq, gripp tovuqlarning yuqumli laringotraxeit, yuqumli bronxit, tovuq chechagi, nyukasla kasalliklarining viruslari o‘stirila boshlandi. Viruslar to‘g‘risidagi ma’lumot katta muvaffaqiyat qozonib aloxida mustaqil biologiya fani – Virusologiya shakllandi. Bizning mamlakatimizda 80-yil davomida virusologiya alohida profillovchi fan sifatida, veterinariya institutlarida, ya’ni veterinariya vrachini tayyorlashda muhim ahamiyat kashf etib kelmoqda.
Viruslar olamini tekshirish yuzasidanyangi usullar qo‘llanila boshladi, ularning kelib chiqishi sezgir hujayralar bilan aloqasi, ma’lum bir sistemada o‘rnashib ko‘payishi va organizmdan ajralib chiqishi, viruslarga xos immunitetning o‘zgachaligi, ba’zi bir viruslarning ekologiyasi va ularning onkogen jarayonlardagi roli va evolyutsiyalari odam va hayvonlar organizmida o‘rganila boshladi.
Nima uchun virusologiya fani 25-30 yil davomida profillovchi fan sifatida tibbiyotda, biologiyada va virusologiyada katta-muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish