Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet3/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Birinchidan, bakteriyalarning eng sodda hayvonlarning zamburug‘larning roli odamlar va hayvonlar patologiyasida kasallanish bilan cho‘chqa saramasi, pasterellyoz, qorason, kuydirgi va boshqa kasalliklarning uchrashi, bu kasalliklarni davolash va profilaktikasi uchun meditsina hamda veterinariyada ishonchli biologik va kimiyoviy preparatlar mavjud bo‘lib. Viruslarning shu qatorda tutgan o‘rni oshib ketadi.
Ko‘pchilik virus kasalliklariga veterinariya va meditsinada biopreparatlar, dori darmonlar ishlab chiqarish birinchi qadam bo‘lib hisoblanadi.
Birgina qishloq xo’jalik uchun hayvonlarida oqsil kasalligi juda ham katta iqtisodiy zarar etkazadi. Bu zarar esa barcha bakterial infeksiyalar chaqirgan kasallikni barchasini qo’shganda ham, birgina oqsil kaslligi keltirgan zarar bilan tenglasha olmaydi.
Shuning uchun gripp, oqsil kasalligini oldini olish uchun xalqaro miqyosdagi shu kasallikni koordinatsiyalab kurashib turuvchi tashkilotlar, maxsus virusologik institutlar tashkil etilgan.
Ikkinchidan – bir ovozdan viruslar – hech narsaga aloqasi bo‘lmagan kategoriya bo‘lib hayotning eng pastki zinapoyasidir.
Viruslarning oddiy tuzilganligi munosabati bilan uni biologik model sifatida, molekulyar biologiyada, genetikada, gen injeneriyasida, biokimyoda, immunologiyada va boshqa soxada ko‘p ishlatiladi.
1956-1960 yillarda virusologiya ikki tamonlama o‘rganila boshlandi.
Birinchidan – odam va hayvonlarda, o‘simliklarda kasallik chaqiruvchi yuqumli agent deb qaralsa.
Ikkinchidan - virusologiya fan sifatida bir necha biologik fanlarni rivojlanishiga (genetika, molekulyar biologiya, onkologiya, immunologiya) sabab bo‘ldi.
Bundan 12 yil oldin molekulyar biologiyaning vujudga kelishi DNK-strukturasini shifrini o‘rganishiga va uning replikatsiyasi, RNK oqsil sintezidagi roli, xullas genetik kodni aniqlash imkonini beradi. Keyingi yillardagi tekshirishlar individual strukturali genlarning va spetsifik oqsillarning rolini aniqlashga olib keladi.
Gen injinerligining muvaffaqiyati tufayli molekulyar biologiyaning yangi usullarini meditsina, agronomiyada va boshqa biologiya ilmida qo‘llanishni oldindan aytib beraoladi.
Boshqa bir tomondan biofizika usuli, molekulyar biologiya va genetika viruslarning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risida dunyoqarashni chuqurlashtiradi. Keyingi vaqtdagi diskussiyali tortushuvlar unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ko‘pchilik savollashgan tomonlar oxirgi paytlarda fizikaning, kimyoning, biokimyoning, elektron mikroskopning yangi usullariga va faktlariga asoslandilar.
Shuning uchun oxirgi 6-8 yilda bizning oldimizda yangi jarayonlar demak DNK va RNK saqlovchi viruslarning reproduksiyasi, asosiy ro’lni o‘ynovchi nuklein kislotaning replikativ shakli va replikativ yo’ldoshlari muhim ro’l o’ynaydi.
Miksoviruslarning RNKsi fragmentlanuvchi ekanligi aniqlangan. Ayrim viruslarda oqsil sintezini boshqaruvchi spetsifik mexanizmlar transkriptsiya va translyatsiya, «ertangi» va «kechki» oqsillar sintezi, genetik informatsiyani tartibi ko‘rilgan.
Viruslar genetikasida shartli letal mutantlarlarning ishlatilishi viruslarning birinchi audativ genetik kartasini polimielit virusi va shunday tekshirishlar odam va hayvon viruslarini (chechak, gripp, oqsil) birinchi marta genetik xaritasini ochishga sababchi bo‘ldi.
Viruslarning molekulyar biologiyada yuqorida sanab o‘tilgan yangi ishlar jami ilmiy yangiliklar oxirgi yillarda to’plangan barcha yangiliklar yig‘indisidir.
Ruminiyalik virusolog olim professor S.Nikolay o‘z vaqtida qiziqarli bir fikrni aytgan.
Atom fizikasi klassik fizika uchun qanday ahamiyatiga ega bo‘lsa, virusologiya ham biologiya uchun xuddi shunday ahamiyatga egadir degan edi.
Bu aniq o‘xshatishlik xususan molekulyar biologiyaga oid bo‘lib hayot uchun zarur bo‘lgan molekulalarning funksiyasini, strukturasini tekshirishga asoslangan.
Nuklein kislota va oqsilning tuzilishi oralig‘ida genetik funksiyani
Genetika fanining keyingi yigirma yil ichida kuchli rivojlanishni virusologiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik mexanizmining molekulyar modelini to‘lasicha tushuntirib beradi.
Molekulyar genetikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida pnevmokokklarning, bakteriofaglarning, hayvon va o‘simlik viruslarining o‘rganilishi bilan aloqador bo‘lib, bularning yutug‘i zararlagan hujayralarda tez rivojlanishidir.
Ba’zi bir RNK saqlovchi viruslar genomining sodda tuzilganligi tufayli, bu viruslarni ishlatish natijasida mutatsiyalanish xarakteri va genomi kechuvchi kimyoviy o‘zgarishlar, sintezlangan oqsillarning tarkibi va virusning fenotipini o‘rganishga imkon yaratildi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish