6-mavzu:
DNK- replikatsiyasi
Reja:
1.
Prokariot organizmlar replikatsiyasi
2.
Eukariotlardagi replikatsiya
3.
Telomeralar
Tayanch so’zlar: replikatsiya, inisiatsiyasi, elongatsiya, terminatsiya, praymer, praymaza,
Okazaki fragmentlari, qoqloq zanjir
Hujayrali organizmlarning genetik rejasi DNK molekulasida nukleotid qatori sifatida
yozilgan bo„lib, uning nasldan-naslga bexato o„tishini mazkur molekula o„z-o„zidan ko„payishini
ta‟minlaydi. DNK-qolipida (matritsasida) ushbu molekulaning ikki martadan ko„payish
jarayonini replikatsiya deb ataladi. DNK molekulasidagi irsiy belgilar hujayradan hujayraga va
keyingi avlodlarga berilishida uning o„zi xatosiz ko„payishi lozim. Jumladan, ichak
tayoqchasining to„liq genomini xatosiz ta‟minlanishi uchun 4·10
6
nukleotid qatoridan iborat
bo„lgan genom duplitsirlanishi lozim. Odamning somatik hujayrasidagi genom o„z-o„zidan
nusxa olishida 6 mlrd. nukleotid qatori qatnashadi.
Biologik makromolekulalarning matritsali sinteziga DNK replikatsiyasi misol bo„ladi.
DNK replikatsiyasi azot asoslarining (purin, pirimidin) komplementar tizimi asosida sodir
bo„ladi.
Replikatsiya
reaksiyasining
ketishi
uchun
bir
zanjirli
DNK-matritsa,
dezoksinukleozidtrifosfatlar, fermentlar, magniy ionlari, oqsil omillari bo„lishi zarur. DNK
biosintezining quyidagi ko„rinishida ko„rsatish mumkin.
DNK replikatsiyasi yarim konservativ xarakterga ega, ya‟ni yangidan hosil bo„lgan DNK
molekulasidagi polipeptid zanjirining faqat bittasi sintezlanadi, ikkinchisi esa tayyor holda
dastlabki, ona DNKdan o„tadi. Yangi sintezlanayotgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning ketma-
ket joylanishi – qolip sifatida bajarayotgan DNK tomonidan belgilanadi.
DNK replikatsiyasida polimerizatsiya dezoksiribozaning 3'- tomonidan o„sib boradi.
Dezoksitrifosfat DNK-matritsasining oxirgi monofosfatli dezoksinukleotidga bog„lanishida
DNK-polimeraza amalga oshirib, pirofosfat ajraladi. Muhitdagi ferment pirofosfataza
pirofosfatni monofosfatlargacha ajratib yuborganligi uchun mazkur reaksiya qaytar bo„lmaydi.
DNK replikatsiyasining oxirida bir zanjirli molekuladan ikki-bizanjirli molekula davriy ravishda
sintezlanadi. Reaksiyaning xarakterli tomoni shundan iboratki, sintezlanayotgan molekula ona
DNK zanjirining aynan o„zidir.
DNKning replikatsiyasida ko„p miqdorda oqsil-fermentlar ishtirok etganliklari uchun
mazkur tizim murakkab, samarali replikativ harakatdagi jarayon hisoblanadi. DNKning
replikatsiyasi 5'→3' tomoniga matritsa asosida DNK polimeraza fermenti ishtirokida sodir
bo„ladi. DNKning sintezlovchi ferment har soniyada 50 ta nukleotid eukariotlarda,
bakteriyalarda esa 500 dezoksinukleotidlarni polimerlash xususiyatiga ega.
Hujayralarning bo„linishida DNK-matritsadan nusxa olish o„ta aniqlikni talab qiladi.
Mazkur jarayonni korreksiya qilish DNK-polimeraza nukleotidlarni komplementarlik tizimi
asosida amalga oshiradi. Mobodo, polimerizatsiya jarayonida xatolik yuz bergan bo„lsa
replikatsiya to„xtatiladi. DNK zanjiriga komplementarlikka mos kelmagan nukleotid ulangan
bo„lsa ferment orqali darhol polimerdan ajratiladi. DNK replikatsiyasidagi xatolik yo„q darajada
bo„lib, masalan, ichak tayoqchasidagi DNKning o„z-o„zidan ko„payish davomidagi xatolik 10
-9
–
10
-10
darajasiga teng. DNK – molekulasining replikatsiyasi uchun ferment DNK-polimeraza va
albatta zatravka (tomizg„i) yoki praymer (inglizcha zatravka) zarur ekanligi isbotlangan.
DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko‘payishi.
Replikatsiyaning initsiatsiyasida ribonukleozidtrifosfatlardan tashkil topgan qisqa
molekulali RNK-zatravka zarur bo„lib, bu omilni DNK-praymaza fermenti sintezlaydi. Praymaza
fermenti hujayralardagi har xil RNKlarning sintezida ishtirok etadi. RNK-praymer
sintezlangandan so„ng, DNK-polimeraza replikatsiyani davom ettiradi. Yangi sintezlangan DNK
zanjirining oxiri 5'-tomonida ribonukleotidlarni tutadi. Keyinchalik qisqa praymerlar o„rnini
DNKning segmentlari egallaydi.
DNK molekulasi antipararell bo„lganligi uchun polimeraza fermenti polinukleotid
zanjirini faqat bir tomonga 5'→3'ga uzaytirib boradi. Replikativ ayrining harakati davomida
polimeraza 5'→3' va 3'→5' tomonlariga bir vaqtda sintez reaksiyasini olib borolmaydi. Demak,
DNK molekulasining faqat bitta zanjiri to„liq sintezlanib boradi. Qarama-qarshi tomondagi DNK
zanjirida kichik fragmentli (1000-2000 nukleotid qoldiqlari prokariotlarda va 100-200 nukleotid
qoldiqlar eukariotlarda) nukleotidlar, ya‟ni Okazaki fragmentlari sintezlanadi.
Sintezlanayotgan DNK molekulasining to„liq qismini yetakchi, ikkinchisi esa Okazaki
fragmentlaridan tashkil topgan zanjirni “orqada qoluvchi” deb ataladi. Bunday qisqa
fragmentlarning sintezi RNK-zatravka ishtirokida davom etadi. Mazkur DNK sintezini uzilgan
yoki yarim uzilgan replikatsiya deb ataladi. Ma‟lum vaqtdan so„ng, RNK-zatravkalar
(praymerlar) ajraladi. Bo„sh qismlar DNK-polimeraza fermentlari orqali nukleotidlar bilan
to„ldiriladi, kichik fragmentlar esa, DNK ligaza fermentlari orqali “orqada qoluvchi” zanjirlar
o„zaro choklanadi. Shunday qilib, nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog„lari DNK ligaza
fermentlari orqali shakllanadi.
Nativ DNK bispiral holatda bo„ladi. Komplementar holatda o„z-o„zidan ko„payish uchun
qo„sh spiral ikkiga ajralishi lozim. DNKning ikki zanjirga yechilishi muayyan qismlardan
boshlanadi. Qo„sh zanjirni bir-biridan ajratishda ferment xelikaza - DNKga bog„liq ATF-aza
bajaradi. Energiyani esa, ATFni gidroliz qilinishidan foydalanadi. Xelikaza fermenti doira
shaklidagi oltita subbirlikdan tashkil topgan struktura. Mazkur ferment harakatda bo„lib, ATF
ishtirokida DNKni replikativ ayriga ajratib boradi.
Bir zanjirli DNK molekulasi uzunasi bo„ylab SSB-oqsillari (Single Strend Proteins) bilan
bog„langan holda bo„ladi. E.colining SSB-oqsili tetramerli (molekula massasi 88000 Da), yuqori
darajadagi asimmetrik molekula bo„lib, tarkibida dikarbon aminokislotalari ko„p uchraydi. Oqsil
bir zanjirili DNK molekulasi bilan kooperativ holda bog„lanadi. Xelikaza fermenti orqali qo„sh
zanjirli DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo„lishida SSB-oqsillari polinukleotid zanjirlarni
stabillashtirib, molekulada hosil bo„lishi mumkin bo„lgan DNKning ikkilamchi strukturasini
shakllanishiga yo„l qo„ymaydi. SSB-oqsillari DNK-polimeraza fermentini faollantirib, uning ish
faoliyatini aniqlashtiradi. Eukariotlarda bunday oqsillarga yadrodagi replikativ xususiyatli
proteinlar kirib, ularni A (RrA) belgi bilan belgilanadi.
DNK molekulasida avtonomli replikatsiya xususiyatiga ega bo„lgan qismlar bo„lib, bu
bo„lakni replikon deb ataladi. Replikon DNKning o„z-o„zidan ko„payishi uchun kerakli genlarni
tutib, regulyatorlik xususiyatiga ham ega. DNKdagi replikon qismdan replikatsiya boshlansa shu
joyni replikator deb ataladi.
Eukariot hujayralarda replikatsiyaning boshlanishi DNKning ko„p nuqtalarida bo„lib,
ularning masofasi taxminan 20 ming nukleotid qoldig„idan iborat. Eukariot xromosomalar
polireplikonli tuzilishga ega. Replikatsiyaning initsiatsiyasi ma‟lum nuqtadan ikki tomonlama
harakat qilib, qo„shni replikativ ayrilar bir-birlari bilan qo„shilguncha davom etadi. To„liq
shakllangan xromosoma kichik sintezlangan DNK zanjirlarining o„zaro qo„shilishidan
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |