Uchinchidan – keyingi yillarda sanoat tipidagi ishlab chiqarish turidagi xo‘jaliklarda, yosh buzoqlar orasida o‘tkir respirator va oshqozon ichak kasalliklari keng tarqalishi natijasida ko’pdan ko’p hayvonlarning bosh soni kamaymoqda. Ularning etiologiyasini chuqurroq o‘rganish natijasida ko‘pgina viruslar, agentlar pnevmoenterit, dispepsiya kasalliklarini chaqirishi ma’lum bo‘ladi. Virus kasalliklarini paydo bo‘lishida viruslarning bir biri bilan qo’shilib ta’sir ko‘rsatishi va stress faktorlar birgalikda, bo‘ldi.Yuqumli agentlar kasallik chaqirish jarayonida yakka tartibda chaqirmay ba’zi bir shartli patogen bakteriyalar, xlamidiyalar ham ishtirok etadi.
Bunday aralash asosda faqatgina professional bilimga ega bo‘lgan laboratoriya, diagnoz qo‘yuvchi to‘plamlarni qo‘llab, epizootik analiz va o‘z vaqtida profilaktika tadbir choralarini qo‘llashi mumkin.
Laboratoriya usullarining takomillashuvchi natijasida virus kasalliklarining iqtisodiy va sotsial ahamiyati odam va hayvonlarning yuqumli patologiyasida ravshanlashmoqda.
To’rtinchidan – ayrim patologik jarayonlar (tug‘ma kamchiliklar, o‘sishdagi etishmovchilik va boshqalar)da viruslarning ro’li gumonsiralgan bo‘lib lekin viruslarning hissasi borligi isbotlandi.
Viruslar meditsina amaliyotida xomiladagi bo‘ladigan birdan bir patologik jarayonning sababchisidir.
Krasnuxa virusi tug‘ma etishmovchilik keltirib chiqarib xomilani o‘ldirmagan xolda ham uni organlarini kamchilik bilan shakllanishiga sababchi bo‘ladi. 1964 yildan Krasnuxa epidemiyasi Amerika qo’shma shtatlarida ko‘pchilik homiladir ayollarning kasallanishi bilan kechib, shu kasallik tufayli AQSHda 40000 bolaning o‘lik yoki anomalli kamchilik bilan tug‘ilishi ro‘yxatga olingan. Shuning uchun bu kasallikdan profilaktika qilib oldini olish butun jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining eng muxim vazifalaridan biridir.
Hayvonlarning bo‘g‘ozlik vaqtida viruslarning patologik jarayon chaqirishi juda ham kam o‘rganilgan sohadir.
Viruslarning teratogen ta’siri hayvonlarning yuqumli patologiyasida ham uchraydi. Cho‘chqalarning o‘lat virusi xomilaning o‘lik tug‘ilishi va ushlanib qolishiga. Yirik shoxli hayvonlarning diareya virusi, yangi tug‘ilgan buzoqlarning miyasini gipoplaziyasiga; yuqumli bronxit virusi-tuxumning patologik shakliga; SMEDIvirusi o‘lik tug‘ilish, mumlanish, naslsizlikka; YURT virusi etishmovchilikka, ko‘rlikka va boshqalarga sababchi bo‘ladi.
Bu muammolar veterinariya virusologiyasi sohasini diqqat e’tiborini hozircha tortgani yo‘q va bu yo’nalishda ilmiy tekshirish ishlari olib borilganicha yo’q. Ko‘pchilik viruslar, xususan yashirin kasallikni qo’zg‘atuvchi, surunkali va asta-sekin ko‘payuvchi infeksiyalar to‘g‘risidagi dunyoqarashi ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
So‘nggi 20 yil ichida bo‘g‘imoyoqlilar orqali uzatiladigan arboviruslar to‘g‘risidagi ta’limot rivojlandi.Yillar davomida bu viruslar guruhiga kiradigan viruslar guruhi to‘g‘risidagi yangiliklar bilan boyib bordi.
1971 yilning boshiga kelib o‘rganilgan arboviruslar chaqiradigan kasalliklarning soni 180 dan ortdi.
Hozirgi paytda ko‘chib yuruvchi (migratsiya) qushlar tomonidan tarqatiladigan va ekologik jihatidan aloqador bo‘lgan tekshirishlar amalga oshirilmoqda.Mejvedomstvenniy kordinatsionniy kengash bu muammoni o‘rganish bo‘yicha faollik ko‘rsatib ishlamoqda. So‘nggi yillarda bu soxada ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar to‘plandi.