Reproduksiya, morfologiya, simmetriya, kapsomer, filogenetik, lipogroteid.
Viruslar tasnifi, morfologiyasi va tuzilishi
Viruslar barcha organizm hujayralarida ko'payadigan, xususiy genomga ega bo'lib, hujayralardan tashqarida yashay olmaydi. Ular odam, hayvon, hasharot, о 'simlik, zamburug' va bakteriyalarning obligat hujayra ichida yashovchi parazitlari bo'lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya hosil qilish xususiyatiga ega emas.
Viruslar taksonomiyasi bilan shug'ullanuvchi Xalqaro qo'mita tasnifida (1982-y.) viruslar kimyoviy tarkibiga ko'ra, asosan, ikki guruhga bo'linadi: 1) DNK saqlovchi viruslar; 2) RNK saqlovchi viruslar. DNK saqlovchi viruslarning 17 DNK-genomli va RNK saqlovchi viruslarning 42 RNK-genomli oilasi ma'lum. Ulardan 6 ta DNK-genomli va 13 ta RNK-genomli oila, tibbiyot va veterinariyada ahamiyatga ega.
Viruslar tasnifida ulardagi nuklein kislotaning turi va uning viriondagi foiz miqdori kapsomerlar soni, nisbiy molekular og'irligi, viruslarning tuzilish xususiyatlari, reproduksiyasi va boshqa ma'lumotlar hisobga olinadi.
Viruslar tasnifi. Viruslarning zamonaviy tasnifi umurtqalilar, umurtqasizlar, o'simliklar va mikroorganizmlar viruslari uchun umumiy hisoblanadi.
Bu tasnifga quyidagi mezonlar kiritilgan:
Nuklein kislotaning xili (RNK yoki DNK), uning tuzilishi (iplar soni);
Lipoproteid qobig'ining borligi;
Virus genomining reproduksiya qilish usuli;
Virionning hajmi va morfologiyasi, simmetriya turi, kapsomerlar miqdori.
Irsiy ta'sirlashuvlarning ko'rinishi;
Virusga ta'sirchan xo'jayinlarning turlari;
Patogenligi, hujayraga ta'sir ko'rsatishi va hujayra ichi kiritmalarining hosil bo'lishi;
8) Geografik tarqalganligi;
9) Yuqishyo'llari;
10) Antigen xossalari.
Sanab o'tilgan belgilar asosida viruslar oila, turkum, tur va tiplarga bo'linadi. Oilalarga bo'linishi 1 va 2 mezonlarga asoslangan bo'lsa, turkum va tiplarga qolgan belgilari bo'yicha ajratiladi.
Faqat umurtqalilarda uchraydigan viruslarga gerpes, adenoviruslar, ortomiksoviruslar, arenoviruslar, koronaviraslar kiradi. Bir qator viruslar filogenetik to'siqlarni yengib o'tib, ham umurtqalilar, ham umurtqasizlar organizmida (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar) ko'paya olish xususiyatiga ega. Bularga bunyaviruslar, togaviruslar, rabdoviruslar va reoviruslarning ma'lum bir turkumlarini kiritsa bo'ladi. Bu viruslar uchun bo'g'imoyoqlilar ham tabiiy xo'jayin, ham tashuvchi vazifasini bajaradi. Bunday viruslar arboviruslar deb ataladi.
Hayvonlar viruslarini tasniflash bo‘yicha dastlabki urinishlar asosan ular tomonidan chaqiriladigan kasalliklarning simptomlariga qarab, so‘ngra viruslarning tropizmi (joylashgan joyiga) qarab tuzilgan edi. Shunday qilib neyrotrop, epiteliotrop, pnevmotrop, enterotrop va boshqa viruslar ajratilgan.
Epizootologlar klassifikatsiyaning asosiga kasallikning uzatish usuli, (yo‘li)ni qo‘lib shu yo‘l bilan vuruslarni: respirator, ichak (entero viruslar), bo‘g‘im oyoqlilar orqali uzatadigan (arbovirus) viruslar guruhlariga birlashtiradi.
Gibbs va boshqalar 1966 yilda viruslarning ma’lum bir xususiyatlarini kodlangan yozuvini kriptogramma ko‘rinishida kiritishni taklif qildi.
Kriptogramma virusni yoki aloxida guruh viruslarni o‘rganishni osonlashtiradi va quyidagi 4 juft belgilardan iborat.
Nuklein kislotaning tipi spirallar soni. RNK – R DNK – D zanjir-1 qo‘sh spiral- 2
Nuklein kislotaning molekulyar massasi uning virionga nisbatan % i. Million daltonda o‘lchanadi. Agar nuklein kislota fragmentlarga bo‘lingan bo‘lsa hammasi qo‘shilib E (summasi) ko‘rsatiladi. Bordiyu nuklein kislota turli qismlarda joylashgan bo‘lsa unda tarkibi molekulyar og‘irligi xar biri alohida hisoblanadi.
Virionning tashqi ko‘rinishi nukleo kapsidning ko‘rinishi. Virion va nukleokapsidning shakli quyidagi belgilarda ifodalanadi. S – sferik E – uzunchoq, tomonlari parallel uchi qayrilmagan, U – uzunchoq, tomonlari parallel, uchi qayrilgan, X – kompleks strukturali.
Xo’jayn tashuvchi. Buning uchun qo‘yidagi belgilar ishlatiladi.
A aktinomitsetlar, V – bakteriya, F – zamburug‘lar, S – umirtqasizlar,
V- umurtqalilar, Ac- kanalar, Di – chivin va pashshalar, Si – burgalar,
Ve – tashuvchisi no’malum, *- xususiyati no’malum.
Do'stlaringiz bilan baham: |