Qo‘shimcha adabiyotlar: 6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
FERMENTRLAR. Ko’pchilik holda virion ribonukuleaz, dezoksiribonukleaz va proteazlarga juda ham chidamli.
Virionning nuklein kislotalari oqsil qobiq bilan o’ralgan shuning uchun ularga nukleazlar ta’sir etmaydi.
Aktivlashtirilgan papain kartoshkaning X virusini va boshqa o’simliklarning virusini aktivligini pasaytiradi, lekin poliomielit, virusini, bakteriofagni aktivligini kamaytira olmaydi.
Antitelolar bilan neytrallangan fagni ayrim holda papain bilan aktivligini kamaytirish mumkin. Oqsilni denaturasiyaga uchratuvchi ko’pgina faktor va agentlar mavjud bular:
Sun’iy detergentlar masalan: Lauril natriy sulfat
Mochevina va guanidin, vodorod bog’larini uzishda qatnashadi.
Vodorod ionning yuqori yoki past bo’lishi.
Har qaysi virus detergentlarga har xil sezgir, bulardan o’zining qobig’ida lipidlarni saqlovchi miksoviruslar, arboviruslar, gerpes guruxi deteregentlar bilan osongina aktivligini kamaytiradi. Shuningdek lipidlarni erituvchi efir yoki xloroformdir.
Harorat – ko’pchilik viruslar 56-60o da 5-30 daqiqa ichida o’z aktivligini yo’qotadi. Gepatit virusi qon zardobida 30 daqiqa ichida 80o o’z xususiyatini yo’qotmaydi. Ichakda rivojlanadigan viruslar qizdirishga chidamli shu o’rinda adenoviruslar, gerpesviruslari, ospa-vaksina viruslari o’z aktivligini yo’qotadi.
Ko’pchilik viruslar – 70odan past haroratda yaxshi saqlanadi. Muzlatish darajasi qancha past bo’lsa shuncha virus kam nobud bo’ladi. Sovutilishi qancha sekin bo’lsa shuncha ko’p virus o’z xususiyatini yo’qotadi.
Tezlik bilan – 196o sovitilsa virus o’zining yuqumlilik xususiyatini yo’qotmaydi ayrim viruslar – 20odan past darajada bir-necha oydan to bir yilgacha hayotiy chanligini saqlab turadi.
Viruslarning yuqumli titri muzlatilgandan so’ng birdaniga kamayadi, uzoq mudatga saqlaydirgan bo’lsak asta sekin yuqumlilik titri kamayib boradi.
Muzlatilgan vaqtda virus o’z aktivligini yo’qotmasligi uchun virusga tovuq tuxumining sarig’i yoki oqsili, qon zardobi, pepton saxoroza yoki glyukoza qo’shiladi.
Bordiyu, xo’jalikda kasallik aniqlangudek bo’lsa, u taqdirda veterinariya qonuniyatiga muvofiq bu notinch territoriya (ferma xo’jalik)da karantindeb e’lon qilinib, u yerdan hayvonlarni chiqarish va olib kirishlarni veterinariya vrachi nazoratisiz man etiladi.
Chorva mollarini notinch joy orqali haydab o’tish, hamda notinch otlarda chorva mollarini har qanday qayta guruhlarga ajratish to’xtatiladi.
Tuzalmaydigan, shuning dek, davolash usuli bo’lmagan (m:quturish kasalligi kabi) alohida xatarli kasalga yo’liqqan jonivorlar maxsus jihozlangan maydonchalarda o’ldiriladi, o’liklarni esa kuydiriladi.
Shartli sog’lom hayvonlarni kasallikka qarshi emlab asrab qolinadi.
Yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish harom o’lgan va o’ldirilgan hayvonlarning o’liklarini utilizatsiya qiladigan veterinariya-sanitariya punktlarida qayta ishlaydilar. Bu joyda ularni yuqori bosimli qozonlarda temperaturani 100odan yuqori darajada ko’tarilib qaynatiladi. Profilaktika maqsadida, shuningdek kasallik paydo bo’lganida chorvachiik binolari dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyani samarali o’tkazish uchun molxonani go’ngdan, nishxurdlardan va boshqa iflosliklardan tozalash zarur. Infeksiyaning chang bilan birga to’zib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun dastlab molxonaning ichkarisiga suv sepiladi va shundan so’ng asta-sekin iflosliklar, maxsus ajaratilgan uchastkaga chiqariladi.
Sungra devorlar, pol, to’siqlari va asboblar issiq suv bilan yuviladi va dezinfeksiya qilinadi.
Binoni tozalashda ishlatilgan panshaha, belkurak, xaskash va boshqa buyumlarni yuqumsizlantirish uchun dezinfeksiyalaydigan eritmaga 3-5 kun botirib qo’yiladi.
Binoni dezinfeksiyalashda ishlatiladigan barcha eritmalar har 1m2 maydonga 1l. hisobidan sarflanadi. Dastlab polga purkaladi, so’ngra devorlar, shundan keyin esa yana polga sepiladi. Dezinfeksiyalanadigan binoni yopib 2-3 soat dimlanadi, so’ngra shamollatiladi, devor va oxurchalar suv bilan yuviladi.
Kasal hayvonlar tekkan yoki tezagi bilan ifloslangan molxona territoriyasining atrofi va barcha narsalar ham bir yo’la yuqumsizlantirish lozim. So’ngra go’ngni ko’ydirib yuboriladi yoki yuqumsizlantiriladi.
Dezinfeksiyalashda so’ndirilmagan ohak, karbol kislota hamda boshqa vositalardan foydalaniladi. So’ndirilmagan ohak 10-20%li ohak suti sifatida ishlatiladi.
Viruslarni tozalash, filtrlardan o’tkazish orqali (bunda turli sintetik tolalar va polimer materiallar qo’llaniladi) shuningdek, ultratsentrifugalash sentrifugalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar shuningdek virusning ayrim komponentlari (fragmentlari) ni ajratib olish imkonini beradi.
Viruslarning tashqi muhit omillari va har xil fizik omillar hamda kimyoviy moddalar ta’sirlariga chidamliligi turlicha.
Chidamlilik darajasi virusning uzatilish mexanizmiga mos bo‘ladi. Alimentar yo‘l bilan uzatiladigan viruslar (cho‘chqalarni klassik o‘lati) yoki tashqi qoplamalar orqali uzatiladigan viruslar (qo‘y va echkilarning kontagioz pustulyoz dermatiti) ayniqsa yuqori chidamlikga ega. Havo tomchi (respirator) yo‘l bila, transmissiv yo‘l bilan yuqadigan viruslar chidamliligi pastroq bo‘ladi.
Ma’lumki viruslarning ikki xil shakli mavjud.
Vegetativ shaklda virus hujayra ichida va u bilan chuqur bog‘langan hamda uning saqlanishi to‘liq hujayra bilan bog‘liq. Bu jarayon to‘liq o‘rganilmagan. Virionlarning chidamliligi yaxshi o‘rganilgan. Tashqi muhit omillaridan himoyalanishida oqsil qobig‘i kapsid asosiy ro‘lni bajaradi. Har xil viruslarda bu qobiq turlicha tuzilganligi sababli ularning chidamliligi ham turlicha. Masalan kapsid qobig‘ida lipidlar bo‘lgan viruslar yog‘ini erituvchi moddalar ta’sirida tez inaktivatsiyalanadi. Agar lipidlarni saqlamasa bunday moddalarga sezuvchan bo‘lmaydi. Viruslarning chidamliligi juda katta amaliy ahamiyatga ega. Viruslarning bir omillar ta’sirida nobud bo‘lishi va boshqa bir omillar ta’sirida esa saqlanishi inaktivatsiyalangan vaksinalar tayyorlash va vaksinalarni konservatsiyalashda keng qo‘llaniladi. Virus kasalliklarda hayvon organizmida viruslarni intensiv ko‘payishi yuz beradi. Kasallik jarayonida viruslarning bir qismi organizmda o‘ladi. Bir qismi esa tashqi muhitga ajraladi va u yerda saqlanishi hamda infeksiya manbai bo‘lib qoladi.
Turli oilalarga kiruvchi viruslar tashqi muhitda bir xilda chidamlilikka ega emas. Qobiqga ega bo‘lmagan va virioni iziometrik morfologiyaga ega bo‘lgan virionlar ayniqsa yuqori chidamlikka ega bo‘ladi. Bularga adeno - , reo - , pikornavirlar kiradi. Qaysiki bir necha kun davomida o‘zining infeksion faolligini saqlaydi. Qobiqga ega polimorf shaklga ega viruslar esa (orto - , paramikso viruslar kabilar) yuzada bir necha soatda inaktivatsiyalanadi. Biroq, aksincha holatlar ham uchraydi. Masalan qobiqga ega bo‘lgan chechak viruslari quritish ta’siriga chidamli va qon zardobida qisqa muddatli qaynatilganda ham faolligini saqlaydi.
Harorat. Ko‘pchilik viruslar 50-600C da 5-30 daqiqada o‘z faolligini yo’qotadi. Ichakda rivojlanadigan viruslar qizdirishga chidamli. Adenoviruslar, gerpesviruslar, ospa – vaksina virusi o‘z aktivligini yo’qotadi. Ko‘pchilik viruslar 700C dan past haroratda yaxshi saqlanadi. Muzlatish darajasi qancha past bo‘lsa virus shuncha kam nobud bo‘ladi. Haroratni pasaytirish jarayoni qancha sekin bo‘lsa virus shuncha ko’p o‘z xususiyatini yo’qotadi. Tezda - 1960 C haroratda muzlatilganda virus o’zining yuqumli xususiyatini yo’qotmaydi. Ayrim viruslarda -200C dan past haroratdan bir necha oydan to bir yilgacha hayotchanligini saqlaydi. Viruslarni yuqumlilik titri muzlatilganda birdan kamayadi. Uzoq vaqt saqlanganda yana pasayib boradi.
Quritish.Viruslarni uzoq muddat saqlash uchun ular avval muzlatiladi, so‘ngra vakum sharoitida quritiladi (liofilizatsiya). Virusning uzoq saqlanishi, uning turiga, quritilish rejimiga va saqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Viruslarni quritish va saqlashda havo harorati, gaz muhitining tarkibi va namlik muhim o‘rin tutadi. Vakum sharoitida virusni juda uzoq muddat saqlash mumkin. Kislorod virusga yomon ta’sir etib, 0,5% i bir necha xil viruslarni o‘limiga sabab bo‘ladi. +4: -20: -400C da quritish viruslarni uzoq vaqt saqlash imkonini beradi. Xona haroratida yoki 370C da virus tezda o‘ladi.