12-Mavzu. mayda shoxli hayvonlarda kasallik chaqiruvchi viruslar bo‘yicha umumlashtiruvchi ma’lumot. Chechak (Ospa, Variola) kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus
Oilasi. Pox viridae. Avlodi. Orthopoxvirus
Kriptogrammasi. D/2 : 160 - 200/S - 7 : x/* : V/O, Si, Ac, Si.
REJA:
Har qaysi kasallik qo‘zg‘atuvchi virus bo‘yicha quyidagi savollar o‘rganiladi:
Virusning nomi va tasnifdagi tutgan joyi
Virus virionlarini tuzilishi va kattaligi
Virus virionlarini chidamliligi
Virusni laboratoriyada o‘stirish usullari
Virusni antigen xususiyati
Virusni hayvonlarda chaqiradigan kasalligi
Kasallikni klinik alomati, patologoanatomik o‘zgarishlari
Virus chaqiradigan kasallikni epizootologik xususiyati
Virus chaqiradigan kasallikka diagnoz qo‘yish usuli
Kasallikni spetsifik oldini olish chora tadbirlari
Asosiy adabiyotlar.
Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.
Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.
Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.
X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.
N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Borrel, Bollinger, Pashen, taxikardiya, variola, lixoradka, poksvirus, kasallikka moillik, virusemiya, ekzantema, roziola, papula, vezikula, pustula, gemorragik yallg‘lanish, pnevmaniya, gepatizatsiya, gangrena, mastit, metisazon.
Chechak ko’p turdagi sut emizuvchi va parrandalarning virusli kontagioz kasalligi bo‘lib, papulyoz va pustulyoz unib chiqishlar terida va shilimshiq pardalarda hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi.
Poksviruslar odam, sut emizuvchi hayvonlar va qushlarda uchraydigan chechak qo‘zg‘atuvchilarini birlashtiradi. Ular murakkab tuzilgan, tarkibida DNK, oqsil, lipidlar bor va tashqi parda bilan o‘ralgan shikastlangan hujayra sitoplazmasida ko‘payadi. Maxsus usullar bilan bo‘yalganida ularni yorug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin.
Chechak virusi – o‘tkir kontagioz kasallik bo‘lib shilliq pardalarda terida papulez va pustulyoz toshmalar toshishi bilan xarakterlidir.
Tarqalishi – kasallik ko‘pincha Afrika, Osiyo, Evropada ko‘p tarqalgan.
Chegaradosh bo‘lgan mamlakatlarda bu kasallikning tarqalishi qolgan mamlakatlar uchun ham xavf tug‘diradi.
Yashirin davri - yirik shoxli hayvonlarda 5 kun, qo‘ylarda 6-9 kun, cho‘chqalarda 2-7, parrandalarda 7-20 kun. Kasallik tana haroratining 41-420C ko‘tarilishi, teri va shilimshiq pardalarning jarohatlanishi bilan kechadi.
Klinik belgilari – kasallikning birinchi simptomi haroratning 1-2o ko‘tarilishi madorsizlik va ishtahaning pasayishi bilan boshlanadi. So‘ngra kataral konyuktivit, rinit hamda teri osti kletchatkasida shishlar paydo bo‘ladi. Kasallik 20-28 kun davom etib 50% hayvonlar sepsis natijasida o‘ladi.
Morfologiyasi va biologik xossalari – virus chetlari tekis kub shaklida bo‘lib, kattaligi 170-325 NM keladi. Uch qavatli parda bilan qoplangan.
Birinchi marta chechak kasali haqida ma’lumot angliyada 1272 yilda paydo bulgan. Bu kasallikni chaqiruvchisi virus ekanligini 1903 yilda fransuz olimi Borrel isbotladi.
2-4o haroratda limfa suyuqligida virus 2 yilgancha o‘z xususiyatini saqlaydi. Yuqori haroratda 55o da 20 daqiqa ichida o‘ladi. Qurib qolgan va tushgan yarada, limfa suyuqligida -5 -10o da 4-5 yilgacha virusni saqlashi isbotlagan.
Virus xloroform va dietil efirga sezgir.
Antigen aktivligi. Kasal bo‘lib yoki qon zardobi bilan emlangan hayvonlarda virusni neytrallovchi antitelolar paydo bo’lganligini titrlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Virusning organizmda tarqalishi, virusemiya, virus tashuvchilik, virusni ajratib chiqarish. Kasallik chaqiruvchi virus organizmga nafas yo‘li orqali yuqadi, va nafas yo‘llarining epiteliya hujayralarida ko‘payib kasallikka xos o‘zgarishlar hosil qiladi.
Shu yo‘l bilan qon orqali butun organizmga tarqaladi. Bug‘oz qo‘ylarda platsenta orqali kirib bola tashlash va nimjon kasalband qo‘zilar to‘g‘ishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik manbai va tarqalishi – kasallik manbai bo‘lib kasal hayvonlar hisoblanadi. Kasal hayvon nafas olganda va chiqarganda bir qancha virusni tashqariga tarqatadi va sog‘lom hayvonlar shundan zararlanadi.
Diagnoz qo‘yish – diagnoz qo‘yishda kasallikning epizootologik xususiyatlarini, klinik belgisi, laboratoriya hayvonlarida biologik tekshirib ko‘rish, surtmalar tayyorlanib ularni tekshirish natijasida qo‘yiladi.
Davolash – Teridagi chechak toshmalariga kuydiruvchi malqamlar bilan ishlov beriladi. Burun bo’shlig’i 2-3 foizli bo‘r kislotasi bilan yuviladi. Suvga kaliy yod qo‘shib ichiriladi.
Immunitet va spetsifik profilaktika usuli. Kasal bulib tuzalgan hayvonlar 2 yil davomida ortirilgan immunitet hisobiga kasallanmaydi va 8-10 oy ichida kasal hayvonning qonida virusni neytrallovchi antitelani topish mumkin va bu titr 1:20 – 1:40 nisbatda bo‘ladi.
Spetsifik emlash uchun inaktivatsiya qilingan tirik vaksinalr qo‘llaniladi. Vaksina VGNKI suxaya kulturalnaya protiv ospi ptits iz kurinogo virusa.
Mamlakatimizda 1944 yildan boshlab GOA-formol vaksina ishlatiladi, va ko‘p valentli konsentratsiyalangan vaksina chechakdan, uchma va zaharlanishdan saqlash uchun ishlatiladi.
Avvaldan notinch va xavfli xo’jaliklarda profilaktik vaksinatsiya o‘tkaziladi. Chechak kasalligi chiqqan xo’jaliklarda karantin o’rnatilib, epizootiyaga qarshi kompleks tadbirlar o’tkaziladi. Kasal hayvonlar simptomatik davolanadi. O’lgan hayvonlar terisi bilan birgalikda yondiriladi. Mukammal dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi, najas biotermik zararsizlantiriladi. Karantin kasallik yo‘qotilgach 2 oydan so‘ng olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |