KASALLIKNING ALOMATLARI VA PATOLOGO – ANATOMIK O‘ZGARISHLARI.
Yirik shoxli hayvonlarda kasallik 5-xil shaklda paydo bo‘lib yuqori nafas yullarining yallig‘lanishi, vaginit, ensefalit, konyuktivit va artrit bilan ta’riflanadi. Yosh buzoqlarda esa pnevmoniya bo‘lishi ham mumkin.
Surunkali seroz - yiringli pnevmoniyada 20% gacha buzoqlar o‘ladi. Kasallikni uzatilishi va yuqishi tufayli yuqori nafas olish yo‘lining jarohatlanishi, bola tashlash, ensefalit, keratokonyuktivit kuzatiladi.
Kasallikni genital shaklida tashqi jinsiy organlar ayrim holda sigirlarda endometrit, buqalarda esa orxit paydo bo‘lib kelajakda hayvonlarning hisir qolishiga sabab bo‘ladi.
Urug‘i sun’iy qochirishga ishlatiladigan buqalar YURT bilan kasallangan bo‘lsa retsidiv beruvchi dermatit (junning tushib ketishi, anus atrofida va chot qismida shilimshiq qotgan ajratmalarni paydo bo‘lishi va bu holatni shu atrofdagi dum son va urug‘ xaltasida ham uchratish mumkin).
Virus bilan ifloslangan urug‘ sigirning endometrit bilan kasallanishiga va qisir qolishga sababchi bo‘ladi.
Respirator shaklida haroratning tezda 41-42oC gacha ko‘tarilishi burunning shilliq pardalarini yallig‘lanishi, tamoqni, traxeyani yallig‘lanishi tufayli og‘riqli yo‘tal, burundan, seroz suyuqlikni oqishi, og‘izdan ko‘piksimon sulak ajralishi o‘ziga xos belgilardan hisoblanadi.
Kasallikni davom etishi tufayli burundan ajralayotgan suyuqlik quyuqlashadi. Nafas olish yo‘llarida shillimshiq tiqin va nekroz markazlari hosil bo‘ladi.
Kasallik og‘ir kechganda asfeksiya xollari yuz beradi.
Hosil bo‘lgan giperemiya burun oynasida ham paydo bo‘lib burni qizaradi. YURT virusining etiologiyasi o‘rganilganda yosh buzoqlarda yoppasiga keratokonyuktivit kuzatilgan. Yosh buzoqlarda kasallik qiska davr ichida boshlanib ensefalit kasalligini eslatadi. Tusatdan ko‘zg‘olish, agressiya, xarakat koordinatsiyasining buzilishi bilan ifodalanadi.
Lekin tana harorati normada bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lib, o‘lgan hayvon yorib kurilsa burunning shilliq pardalarida sianoz burun bo’shlig‘ida iringni to‘planib qolishi peshonadagi bo’shliqlarni shilliq pardalari giperemiyaga uchragan bo‘ladi.
Konyuktivlar qizargan, shishgan, mayda ungan donachalar hosil bo‘lgan bo‘lib kulrang ko’rinishiga ega bo‘ladi.
Tamoqning shilliq pardalarida nuqtali qon quyilishi traxeyaning shilliq pardasida xuddi shunday o‘zgarish ko‘zatilib pufaksimon suyuqlik tuplangan bo‘ladi.
O‘pka kattalashgan yuqoringi bo‘laklarida atelektaz joylar ko‘zga tashlanadi bronx bo‘shliqlari shilliq-iringli ekssudat bilan to‘lgan bo‘ladi.
Limfa tugunlari shishgan, qizargan, kattalashgan kesib ko‘rganda, qonga to’lgan bo‘ladi. Oshqozon, yo‘g‘on va ingichka ichaklar shishib qizargan bo‘ladi.
YURT gepatit shaklida uchraydigan, jigar va o‘pkada nekrozga uchragan markazlar paydo bo‘lishi ham mumkin.
O’sayotgan hujayralardan tayyorlanib gemotoksilin eozin bilan bo‘yalgan preparatlarda yadroni ichida paydo bo‘lgan kiritmalarni uchratish mumkin.
Virus – o‘sayotgan hujayralarda virusni birinchi marta Meydin, York va Mak-Kercher 1956 yillarda; Li va beyker 1957 yilda ajratib olishgan.
Chidamliligi – minus 60-70o da virus 7-9 oy tirik saqlanib 56oC da 20 daqiqa ichida, 37oC da 4-10 sutkada, 22oC-56 sutkada o‘z kuchini yo‘qotadi.
Liofilizatsiya qilish virusni aktivligiga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi ammo virusni muzlatish va qaytadan eritish virusning virulentliligini va immunogenliligini pasaytiradi.
Formalinning 1:500 eritmasi virusni 24 soat ichida, 1:4000 46 soat ichida, 1:5000, 96 soat ichida aktivligini yo‘qotadi.
Atseton, efir, xloroform va etil spirti virusni shu zoxatiyoq aktivligini yo‘qotadi. Efir ta’sirida virusning tashqi lipid membranasi degratsiyaga o‘chraydi va nuklein kislotasi ekstraktlarga ajralib ketadi.
Kislotali muhitda virus o‘z aktivligini yo‘qotib rN 6-9 bo‘lganda va harorat 4oCda 9 oygacha saqlanishi mumkin.
YURT virusi kuritilgan muz tarikbida buqalarning urug‘ida 4-12 oygacha, suyuq azotning minus haroratida bir yilgacha tirik turishi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |