Oilasi: Rhabdoviridae
Avlodi: Lyssavirus R/I; 4/2; U/E: Y, I/0, Di, As.
REJA
Har qaysi kasallik qo‘zg‘atuvchi virus bo‘yicha quyidagi savollar o‘rganiladi:
Virus virionlarini tuzilishi va kattaligi
Virus virionlarini chidamliligi
Virusni laboratoriyada o‘stirish usullari
Virusni antigen xususiyati
Virusni hayvonlarda chaqiradigan kasalligi
Kasallikni klinik alomati, patologoanatomik o‘zgarishlari
Virus chaqiradigan kasallikni epizootologik xususiyati
Virus chaqiradigan kasallikka diagnoz qo‘yish usuli
Kasallikni spetsifik oldini olish chora tadbirlari
Asosiy adabiyotlar.
1. Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.
2. Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.
3. Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.
4. X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.
5. N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Rabies, Attenuatsiya, virus fiks, ko‘cha virusi, koliensefolit, parez, parFlich, tajovuzkor, depressiya Babesh-Negri, gamma-globulin, giperimmun zardob, gidrofobiya, aerofobiya subfebriya, galyutsinatsiya, anitraobik immunoglobulin
Quturish – o‘tkir kechadigan issiq qonli hayvonlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, markaziy nerv sistemasining zararlanishi bilan ta’riflanadi.
Tarqalishi – Quturish kasalligi barcha joyda tarqalgan. Itlardan tashqari, mushuklar, yovvoyi hayvonlar kemiruvchilar, ko‘r shapalaklar tomonidan ham uzatiladi. Xalqaro epizootik byuro ma’lumotlariga ko‘ra uy hayvonlaridan zararlanish 1972 yilgacha kalamushdan-196 marta, itdan-100, mushukdan –80, otdan-44, echkidan –6, cho‘chqadan –5, qo‘ydan-4; yovvoyi hayvonlardan: tulkidan-113, bo‘ridan –4 martabani tashkil etgan. Ko‘pchilik holda quturish virusi bilan tulkilar, chiya burilar, olmaxonlar ko’rshapalaklar yovvoyi mushuklar zararlanadi. Quturish virusining tarqalishi yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, mahalliy shtammlarning virulentligi va epizootik jarayonning xarakteriga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |