ANTIGEN STRUKTURASI - Quturish virusi glikoproteidli antigenni saqlaydi. Glikoproteid virus neytrallovchi antitelo ishlab chiqarish va hayvonlarni zararlanishdan saqlashi aniqlangan. Nukleoproteidli virus neytrallovchi antitelo ishlab chiqarish va hayvonlarni zararlanishdan saqlashi aniqlangan. Nukleokapsiddagi antigeni, komplementni biriktiruvchi, pretsipitatsiyalovchi antitelo ishlab chiqarishga javob beradi. Komplementni va pretsipitatsiyalovchi antitelolar virusni neytrallash qobiliyatiga ega emas. Nukleokapsiddagi antigen hayvonlarni zararlanishdan himoya qilmaydi. Ko‘cha virusi bilan fiksatsiyalangan virusni antigeni bir biriga o‘xshash. Buni DPR va NR qo‘yib ko‘rish orqali farqlash mumkin.
ANTIGEN AKTIVLIGI Quturish virusiga qarshi emlangan vaqtda, virusni neytrallovchi, komplementni biriktiruvchi, pretsipitatsiyalovchi va gemagglyutinatsiyaga qarshi antitelo ishlab chiqiladi.
Virusning joylashishi, virus ajratuvchilik virus tashuvchilik.
Quturish virusi antropozoonoz kasallik hisoblanib odamlardagi yashirin davri 3-8 haftani tashkil etadi. Virus tushgan joyida ikki haftagacha tirik saqlanib turadi. Asosan nerv tolalarida ko‘payib so‘lak bezlarini, muskul tolalarini zararlantiradi. Organizmdan tashqariga virus so‘lak orqali o‘pka, ichaklar, siydik orqali tarqaladi. Veterinariya amaliyotida qo‘yning bosh miyasidan tayyorlangan fenol vaksina ishlatiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Quturish kaslligining virusi qaysi oilaga mansub?
2. Virusning kriptogrammasi nima?
3. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai va zararlanish yo‘llari qanday kechadi?
4. Quturish kasalligiga qanday diagnoz qo‘yiladi?
5. Ajratma diagnoz
6. Kasallikdan umumiy va spetsifik profilaktika qilish deganda nimani tushunasiz?
7. Yovvoyi hayvonlarni quturish kasalligiga qarshi qanday emlanadi?
Ko‘rgazmali qurollar:
Bakteritsid lampalar, stol ustiga o‘rnatilgan boks, magnitli aralashtirgich, lyuminessent mikroskop, to‘qimani maydalagich, diaproektor, termostat, sentrifuga, suv hammomi, ovoskop, avtoklavlar, quritgich shkafi, distillyator, sovitgichlar, matraslar, sterilizatorlar, kyuvetalar, eritmalar, pleksiglas panellari, kolbalar, buyum oynalari, probirkalar, vaksinalar, qaychilar, pinsetlar, shpritslar, ignalar, pH metr, oddiy mektroskoplar, oziq muhitar, preparatlar, xloramin, o‘yuvchi, lizol, jadvallar, slaydlar ommabop filmlar, uslubiy qo‘llanmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |