ТТАУФ тиббий профилактика йуналиши 451-Б гурух талабаси Бабажанов Жавлонбекнинг «» фанидан МУСТАКИЛ ИШИ Текширди:__________________________ Qu isitmasi –Coxiella burnetii Kasallik haqida Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qo’zg’atadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning Queensland - Kvislend shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi. Bunda, asosan, o’pka zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qo’zg’atuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qaynatmay iste’mol qilganda, go’sht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi. Klinik belgilari - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma ko’tarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi,bog’oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi Yuqush yo’llari - 1.Transmissiv yo’l orqali
- 2.Kontakt yo’l orqali
- 3.Alimentar
- 4.Havo-chang yuqish yo’li orqali yuqadi.
Klinikasi - Kasallikning yashirin davri 9-32 kungacha davom etadi. Ko’pincha kasallik isitma va
- qaltirrash yoki et uvishishi bilan o’tkir boshlanadi. Tana harorati 39-40°S gacha
- ko’tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko’chayib boradi. Kasallikning birinchi
- kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og’rig’i ko’proq
- peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko’z soqqasi harakatida og’riq kuzatiladi. Ayrim
- bemorlarda tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo’tal, ko’krak qafasida
- og’riq, chanqash, og’iz qurishi, jig’ildon qaynashi belgilari bo’ladi. Burundan qon
- "ketishi mumkin. Isitma 2-3 kundan - 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi.
- Odatda tana harorati o’tkir 39-40°S gacha ko’tarilib, bir necha kundan so’ng astasekin (zinasimon) me’yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin.
- Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo’ladi: doimiy (38-40% hollarda),
- remittirlovchi (25%), to’lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril
- darajagacha tushib bir necha kundan so’ng yana yuqori darajaga ko’tariladi.
- Isitmaning qayta ko’tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi
- bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo’lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya,
- yurak tonlari bo’g’iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13-15% hollarda bronxit, raxeit,
- pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo’talganda, chuqur nafas olganda ko’krak
- qafasidagi og’riqqa shikoyat qiladilar. Yo’tal odatda quruq, gohida qon aralash
- balg’amli bo’lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada
- leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, EChT biroz
- tezlashishi kuzatiladi.
Laboratoriya tekshiruv - : qon, balg’am, likvor suyuqligi, ona suti,siydikdan bakteriologik usul bilan qo’zg’atuvchini ajratib olish mumkin.
- Biologik usulda dengiz cho’chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so’ng ularning jigari, talog’i va boshqa a’zolarda R.burnetii ni to’planishi kuzatiladi.
Diagnostikasi - Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10-12 chi kunlaridan boshlab diagnostik titrda (1:8 1:16) bo’ladi. Yana mmunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari
- mavjud.
Davollash - Statsionar tartibda dovollash (8-10 kun);
- Etiotrop davo (tetrasiklin 1,2-1,6 g/kun ,doksiklin 200 mg/kun);
- Dezintoksikatsion terapiya ;
- Desenseblizatsion terapiya;
- Gormon beriladi agarda 1)Bemorning ahvoli ogir bo’lsa 2)Surunkali formasi bo’lsa(Prednizolon 30-60 mg/kun,deksametazon 3-4 mg/kun);
Isitmani uy sharoitida davolash - Isitmani uy sharoitida davolash organizmning hayotiy kuchlarini
saqlab qolish, tana haroratini nazorat qilish, suv-tuz balansini to’ldirishga qaratiladi. - Bemor dam olishi va yengil ovqatlar iste’mol qilishi, ko’proq suyuqlik ichishi, issiq kiyinmasligi, hammom qabul qilmasligi va kuniga 4-6 marta tana haroratini o’lchashi kerak. Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik)preparatlar buyuriladi.
- Pediatriyada tana haroratini me’yorlashtirish uchun yoshga bog’liq dozalarda parasetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo’llaniladi. Aspirin ishlatilishi taqiqlanadi,chunki u bola hayoti uchun xavfli bo’lgan gepatoserebral sindrom rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek isitmani tushirish uchun bemor tanasiga spirt, sirkaning suvli eritmalarini surtish mumkin.
Profilaktikasi - Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar
- kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni
- tana haporati olchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar
- o’tkaziladi.
E’TIOBORINGIZ UCHUN HAMMA GA KATTA RAHMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |