Diatezlar. Etiopatogenezi. Tasnifi. Klinik belgilari. Tashxisot mezonlari. Qiyosiy tashxis. Davosi. Profilaktikasi.
Diatez yoki konstitutsiya anomaliyasi – bu bola organizmining tug‘ma o‘ziga xosligi bo‘lib, u yoki bu kasallikka moyil bo‘lishidir. Diatez termini – qandaydir bir kasallikka moyil degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha kasallik yoki sindrom emas, bu bolaning o‘ziga xosligi bo‘lib kasallikka beriluvchan bo‘lib qolishidir. 90 % ga yaqin bolalar surunkali kasalliklari diatez fonida kelib chiqadi.
Mundarija
Diatez turlari
Diatez sabablari
Bolalarda diatezning klinik ko‘rinishi
Diatezni tashxislash
Diatez davosi
Profilaktika va prognoz
Diatez turlari
Tibbiyot sohasida diatezlarning 20 ga yaqin turi bor. Bunda bolalarning ayrim guruhlarida uchraydigan individual ko‘rinishlari ham uchrab turadi. Bolalar konstitutsion anomaliyalari quyidagi turlari farqlanadi:
Ekssudativ-kataral;
Nervno-artritik;
Limfatik-gipoplastik.
Ekssudativ-kataral (allergik) diatez – bolalar erta yoshida turli xil allergik kasalliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bunday kasalliklar infeksion-yallig‘lanishli yoki surunkali allergik kasalliklar shakliga o‘tib ketadi.
Limfatik-gipoplastik diatezlar – birlamchi immunodefitsit holati bo‘lib, bunda timus (ayrisimon bez) va limfa tugunlarining giperplaziyasi bilan yuzaga chiqadi.
Nervno-artritik diatez – purin va siydik kislota almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Diatez sabablari
Diatezlar asosida immunologik va metobolik jarayonlarning neyroendokrin buzilishlari bo‘lib, eng oddiy ta’sirlovchilarga ham organizmning kuchli reaksiyasi namoyon bo‘ladigan patologik holatlar yotadi.
Diatezlarga olib keluvchi xavf omillariga ayolning homiladorlik vaqtida ovqatlanish tartibi, toksikoz holatalari, infeksion kasalliklari, zararli odatlari, asfiksiya va homila gipoksiyasi kiradi. Bundan tashqari diatezga moyil bolalar – perinatal MNT (markaziy nerv tizimi) ning zararlanishi, tug‘ilganda ortiqcha yoki yetilmagan tana vazni hamda sun’iy ovqatlantirishdagi bolalar va ichak disbakteriozlariga chalingan bolalar hisoblanadi. Diatezlar kechishini kuchaytirib yuboruvchi omillarga parvarishning yomonligi, ovqatlantirishda ratsionga e’tibor qaratmaslik, emlash, surunkali infeksiyalar, stress holatlari va boshqalar.
Ekssudativ-kataral diatezlar kelib chiqishiga sabab – oshqozon-ichak tizimi tomonidan kamchiliklar, fermentlar aktivligining pastligi, biogen aminlar yetishmasligi, hujayra membranalarining nostabilligi bo‘la oladi. Bu turdagi diatez onaning ovqatlanish ratsionidagi mahsulotlar ham katta rol o‘ynaydi, masalan sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin), rezavorlar (qulupnay, malina), baliq, kolbasa, tomatlar va shokolodlar ko‘p iste’mol qilish.
Limfato-gipoplastik diatezlarning kelib chiqishi sabablari aniq ma’lum emas. Bu turdagi diatez chala tug‘ilgan va nozik bolalar orasida keng tarqalgan. Uning kelib chiqishida onadagi surunkali endokrin kasalliklari katta rol o‘ynaydi.
Agar tug‘ish jarayonida ayolda homila oldi suyuqligi muddatidan oldin kelsa, tug‘ish jarayoni kuchsiz kechgan bo‘lsa, homila gipoksiyasi yoki jarohati kuzatilsa ham limfatik-gipoplastik diatez kelib chiqishi xavfi ortib ketadi.
Nervno-artritik diatez nasliy omil ta’sirida (siydik kislota va purin almashinuvi buzilishi) va homilador ayol yoki bolaning haddan ortiq go‘sht mahsulotlari iste’mol qilishidan kelib chiqadi. Ko‘pincha bunday diatezga chalingan bolalar yaqin qarindoshlarida siydik yoki o‘t-tosh kasalliklari, podagra, nevrasteniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, ateroskleroz va boshqa patologiyalar kuzatiladi. Bularning barchasi moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |