Diatez – mustaqil ravishda kasallik va diagnoz emas, shuning uchun diatezli bolalar pediatr, bolalar nevropatologi, endokrinolog, dermatolog, nefrolog, revmatolog, allergolog-immunolog va boshqa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib turishlari kerak.
Diatezda laborator tekshiruvda qon va siydik umumiy analizi, qonning bioximik tekshiruvi, fosfolipid, xolesterin, glyukoza, katexolamin, siydik kislota miqdori ham tekshiriladi. Bundan tashqari B va T limfotsitlar, IgA va G immunologik tekshiruvi va najasni disbiozga tekshirib o‘rganiladi.
Limfatiko-gipoplastik diatezda UTT (UZI) tekshiruvi ham o‘tkaziladi. Bunda taloq, jigar, buyrak usti bezi va ayrisimon bez hamda ko‘krak qafasi a’zolari rentgenogrammasi ham o‘rganiladi.
Diatez davosi
Diatezning nomedikomentoz davosiga bola parvarishi, ovqatlanish tartibini va ratsionini to‘g‘irlash, fizioterapevtik muolajalar kiradi. Ekssudativ-kataral diatezli chaqaloqlar ona suti bilan boqilishi kerak, kattaroq yoshdagi bolalar esa diyetaga rioya etishlari, ta’sirlovchi mahsulotlardan cheklanishlari kerak.
Medikomentoz preparatlarga sedativ vositalar (valeriana ekstrakti, persen) va antigistamin vositalar (diazolin, klaritin), vitaminlardan B guruhiga mansub turi buyuriladi. Agar diatez fonida disbioz kelib chiqsa probiotiklar (lineks, laktovit, bifidumbakteriya) qo‘llaniladi.
Ekssudativ-kataral diatezda mahalliy qo‘llash uchun romashka (moychechak), dub ildizi bilan vannalar qilish tavsiya etiladi. Zararlangan teri sohasiga yallig‘lanishga qarshi nogormonal mazlar qo‘llaniladi. Umumiy ultrabinafsha nurlari bilan davolash ham yaxshi natija beradi. Allergolog mutaxassis nazorati ostida giposensibilizatsiya muolajalari o‘tkaziladi.
Limfatiko-gipoplastik diatezlarda sintetik va tabiiy adaptogenlar (pentoksil, eleuterokokk), vitaminlar, umumiy massaj va gimnastika muolajalari o‘tkaziladi. Buyrak usti bezi kamchiliklarida glyukokortikoid preparatlar buyuriladi.
Nervno-artritik diatezda bolalar ovqatlanish ratsionidan puringa boy bo‘lgan mahsulotlarni qat’iyan cheklash zarur. Bunday mahsulotalarga kakao, shokolad, no‘xat, jigar va yog‘li mahsulotlar kiradi. Kompleks davo sifatida o‘t haydovchi preparatlar va sedativ vositalar, B guruh vitaminlari hamda gimnastik mashqlar buyuriladi. Asetonemik qusishlarda esa regidratatsiya (suyuqlik ichirish yoki vena orqali quyish), klizma, oshqozonni yuvish kabi chora tadbirlari bajariladi.
Profilaktika va prognoz
Ayollar homiladorlik vaqtida jinsiy a’zolar kasalliklari va toksikozlardan himoyalanishlari, gipoallergik ovqatlanish tartibini tanlashlari kerak. Emizikli bolalar faqatgina sut bilan oziqlanishlari, katta yoshdagi bolalar esa allergik mahsulotlardan cheklanishlari zarur. Bolalarni emlashda ham diatezli bolakaylar alohida grafik asosida olib boriladi.
Diatezda to‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo choralari olib borilsa, oqibati ijobiy bo‘ladi. Ko‘p hollarda diatez pubertat davrda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |