Viruslarning mutatsiyasi. Viruslar o’z xususiyatlarini ko’payishning tabiiy sharoitlarida ham, tajribada ham o’zgartiradi. Virus xususiyatlarini irsiy o’zgaruvchanligi asosida ikki jarayon yotadi: 1. Mutatsiya, ya’ni virus genomining ma’lum qismida nukleotidlar ketma-ketligining o’zgarishi xususiyatlarining fenotip o’zgarishini nomoyon qiladi.
2. Rekombinatsiya – bir biriga yaqin lekin irsiy xuusiyatlari bilan farq qiladigan viruslarning genetik materialini almashinishi.
Mutatsiya – genlarning o’zgarishi bilan bog’liq o’zgaruvchanlik.
Viruslarning barcha mutatsiyalari ikki guruhga bo’linadi: spontan va indusirlangan, dovomiyligi bo’yicha ular ikki guruhga bo’linadi: nuqtasimon va aberrasion (genomning ko’pgina qismini o’zgarishi). Nuqtasimon mutatsiya bitta nukleotidning (RNK – saqlovchi viruslar uchun) yoki bir juft komplementar nukleotidlar (DNK – saqlavchi viruslar uchun ) almashinishi bilan ifodalanadi.
Faglarda oberrasiya nukleotidlarning har xil soni tushib qolishi bilan ifodalanadi. Spontan mutasiya, indusirlangan mutasiya ham to’g’ri va teskari (reverse yalar) mutasiyalarga bo’linadi.
Morfologik yoki stukturali mutatsiyalar virionning o’lchamiga virus oqsillarining birlamchi tarkibi viruslar reproduksiyasini ta’minlovchi ertangi yoki kechki maxsus virus fermentlarini determentlovchi genlarning o’zgarishiga ta’sir qiladi.
Spontan (tabiiy) mutatsiya.Tirik tabiatda mutatsiyalar juda kam va tabiiy holda ya’ni har bir alohida holatni aniqlanishi qiyin bo’lgan sababar ta’sirida paydo bo’ladi. Viruslarning spontan mutatsiyasi populyasiyada eksprementatorning sun’iy aralushivisiz hosil bo’ladi. Bunda adsolyut bir xil populyasiya bo’lishi mumkin emas. Bir xilligi nisbiy bo’lgani uchun viruslar populyatsiyasida uning rivojlanish jarayonida spontan mutantlar ma’lum ehtimol bilan paydo bo’ladi.
Bir belgining mutatsiyasi shtammga bog’liq ravishda har xil bo’lishi mumkin. Masalan, W-Fox polimiyelit shtammning ret 400 belgisi bo’yicha mutatsiyaning takrorlanish darajasi 2,4-10-5 ni tashkil etsa Sh-AT shtammida esa bir qadar pastroq 2,4-10-6 ni tashkil etadi. Populyatsiyasida paydo bo’ladigan genetik toza liniya bo’lib qolmaydi, ba’zida tez rivojlanib, butun populyatsiyani qamrab olishi mumkun. Viruslarning mutatsiya chastotasi virus populyatsiyasi rivojlanayotgan hujayra sistemasiga ham bog’liq. Hujayra sistemasi bir vaqtning uzida seleksiya omili ham (varianti tanlash ) bo’lishi mumkun.
Spontan mutatsiyaning paydo bo’lishi sabablari va mexanizimi nimadan iborat? Uotson va Kriklar (1953) fikricha spontan mutatsiyalar DNK tarkibiga kiruvchi asoslarning tautamer almashinishi natijasida paydo bo’lishi mumkun. Masalan ,adenin vodorod atomning tautomer silijishi uning replikatsiyada timin bilan emas, guanin bilan bog’lanishiga olib keladi. Bunday xato replikatsiyalar AT va GS juftliklarning almashinuviga olib keladi.
Bitta genda paydo bo’ladigan spontan mutasiyalar , uning uzunligi bo’yicha bir xilda tarqalmaydi. Genning ba’zi qismlari tez –tez mutatsiya qiladi, ayrim qisimlari juda kam mutatsiyalanadi. Shuning uchun asoslarning juftlanishida xatolar ehtimoli genning har xil qismda turlicha bo’ladi. U nuklein kislotasining ma’lum konformatsiyasiga bog’liq bo’lishi mumkun va ayrim nukleotidlar boshqalariga nisbatan ko’proq tautomer almashinishiga mumkun. Bundan tashqari spontan mutatsiyalar replikatsiya vaqtida DNK -yoki RNK-polimeraza fermentlar ishining hatosidan ham bo’lishi mumkin.
Viruslarning mutatsion o’zgaruvchanligini mutatlarning fizika - kimyoviy va biologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bunda mutantlar genetik belgilarining kovariyatsiyasini yoki mutant fenotipining tabiati aniqlanadi.