Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
Tayanch iboralar: xromosomlar to`plami, diploid, gaploid xromosomlar, genning tuzilishi, rekombinasiya, mutasiya, fenotip, genotip, viruslarning o`zgaruvchanligi, irsiyat, transformasiya, transduksiya.
Virus genining tuzilishi va funksiyasi. Har bir biologik turning somatik hujayrasida aniq ajratilgan xromosom to`plami bo`ladi. Har bir xromosom juftli bo`ladi. Ikkitali xromosom to`plami (diploid), yetilgan jinsiy hujayralarda esa yakka (gaploid). Mitozda xromosomlar ikkiga ajraladi va hujayra bir xilda taqsimlanadi.
Viruslarda nuklein kislotasini ipi (DNK yoki RNK) xromosoma vazifasini bajaradi, ba`zilarida u butun, boshqalarida (gripp, reo -, arenaviruslar) fragmetlashgan bo`ladi. Nuklein kislotalarning alohida qismari ma`lum oqsilning sinteziga javobgar (determinant), ular genlar deyiladi. Ma`lum oddiy viruslarda uchtadan beshtagacha genlari bor (masalan, DNK saqlavchi polioma virusi; pikornaviruslarda 6-8 genlar bor). Lekin murakkab viruslarda (masalan yirik bakteriofag T4) 30 dan ortiq genlar qobiq oqsilinung sintezini nazorat qiladi va 15 tasi – nukleotid darakchilarini sintez qiladi; bu fagning ko`payishi uchun taxminan yuzlab genlar ishtirok etishi kerak.
Gen bo’linmas emas. Uning yanada kichik qismchalari bor (mutonlar, rekonlar), ular ma`lum funksiyalarni mujassamlashtirgan bo’lib, bemalol o`rganish mumkin. Genning tuzilishi T4 bekteriofagda yaxshi o`rganilgan. Ma`lumki, gen bir vaqtda uchta xususiyatga ega: organizmning u yoki bu belgisini nazorat qiladi (funksiya), chatishishda almashinadi (rekombinasiya) va o’zgaradi (mutatsiya). Sistron tushunchasi gen tushunchasiga muvofiq keladi – funksiya berilgan ya`ni bitta oqsil haqidagi informasiyaga to’g’ri keladi.
Viruslar fementining sintezi genlarda kodlashtirilgan, ya’ni DNK yoki RNK ning ma’lum qismlarida. Barcha ferment (oqsil) faqat nuklein kislotada berilgan fermentning sintezini kodlashtiruvchi tegishli gen bo’lsagina sintezlanishi mumkin.
Virus genomi deganda ushbu virusning barcha genlari yig’indisi tushuniladi. Ayrim viruslarda genom bir molekula nuklein kislotasidan iborat (DNK yoki RNK), ba’zilarida – bir necha molekulalardan (gripp virusi, reo – va arenaviruslar ) iborat.
Fenotip – berilgan virus funksiyasi va barcha tashqi va ichki belgilarining yig’indisidir. Viruslarning fenotip xususiyatlarini morfologik va serologik usullarda aniqlash mumkin. Genotip esa faqat irsiy material tarkibi bilan – DNK yoki RNK aniqlanadi, ya’ni ular molekulasidagi nukleotidlarning tartibi yoki oqsil sintezi kodi bilan aniqlanadi. Virusning fenotipi uning doimiy xususiyati bo’lib qolmaydi, u uning rivojlanish jarayonida ham, tashqi muhit ta’sirida ham o’zgarishi mumkin. Genotip – virusning doimiy xususiyati bo’lib u genomda kechadigan mutatsiya natijasida o’zgarish mumkin. Virus genomidagi mutatsion o’zgarishlar o’z navbatida, uning fenotipini o’zgarishiga olib keladi.
Virusli genom polisistron tuzilishga ega. Zamonaviy genetika g’oyasi bo’yicha “bitta ferment (oqsil) – bitta gen” hayvonlar virusi misolida ham isbotlangan. Virus genomlarining polisistronligi miksoviruslarda aniq o’rganilgan. Ularni bir necha sutka davomida 370C harorat ta’sir ettirish yo’li bilan kuchsizlantirilsa, avval ularning yuqumlilik xususiyati yo’qoladi, keyin neyrominidaza, yanada kechroq gemagglyutininlar yo’qoladi. Demak, miksoviruslarning ma’lum sistronlari buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |