Veterinariya virusologiyasi


Adaptatsiya jarayonida mutatsiyaning paydo bo’lish sabablari



Download 9,02 Mb.
bet25/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Adaptatsiya jarayonida mutatsiyaning paydo bo’lish sabablari. Qayta ekish jarayonlarida virus xususiyatlarining o’zgarishi bosqichma – bosqich kechadi. Birinchi ekmalarda asosan biron bir genetik belgisi o’zgargan virionlar bo’ladi; ekish soni ortgani sari populyatsiya ikki va undan ko’p belgilari o’zgargan virionlar paydo bo’ladi; qayta ekish tez – tez bo’lishi bilan bunday qismchalar miqdori doimo ortib boradi va keyinchalik aksariyat virus qismchalarida ko’pgina genetik belgilarning o’zgarishi kuzatiladi. Bu esa, virus populyatsiyasining irsiy o’zgaruvchanligi mexanizmi asosida ikkita jarayon yotishning guvohidir: mutatsiya va seleksiya, demak ikkala jarayonda ham bir vaqtning o’zida ham mutatsiya induktori, ham selektiv omil hisoblangan tashqi muhit muhim rol o’ynaydi (Yu.Z.Gendon, 1964).
Indusirlangan mutatsiyalar viruslarga (uning vegetativ yoki tinch shakli) har xil kimyoviy va fizikaviy mutagenlarni ta’sir ettirganda, shuningdek noodatiy biologik sistemalariga (moslashish, o’zgaruvchanlik) moslashish jarayonlarida paydo bo’ladi. Suniy mutagenlarni qo’llashning ikkita afzalligi bor. Birinchidan, ular tabiiy omillar, nisbatan o’n, yuz marta ko’proq mutatsiya paydo qiladi, ikkinchidan ba’zi sun’iy mutagenlar ta’siri ma’lum yunalishga ega va oldindan nuklein kislotasining qaysi elementiga, u yoki bu mutagen qanday ta’sir qiladi va ularda qanday o’zgarishlar paydo qilishini bilish mumkin. Kimyoviy mutagenlar, yuqori harorat, ultrabinafsha nurlarining mutagen ta’sirlari o’rganilgan.
Mutagenezning yo’nalishi va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar. Bunday omillar 8 ta: 1) mutagen tarkibi; 2) virusning maxsus xususiyatlari; 3) virus bilan hujayraning o’zaro ta’sir davri; 4) mutagen ta’siridan keyin virusning replikatsiyalari soni; 5) mutagenning virus geni bilan o’zaro ta’sirini tanlashi; 6) qayta ishlash sharoiti (pH muhit, tarkibi, harorat); 7) hujayra sistemasining tipi; 8) o’stirish sharoiti.
Bir xil tajriba sharoitida bitta mutagen har xil viruslar hatto bir virusning har xil shtammlar mutatsiyasini bir xilda indusirlamaydi. Har xil belgilarning mutabelligi bir xil mutagen ta’sirda bitta shtamm orasida ham keskin farq qiladi.
Mutagenlarning viruslarning tinch va vegetativ shakllariga mutagen ta’siridan ham mutatsiyalar paydo bo’lishi mumkin. Ikkinchi holda mutagen ta’sir faqat mutagenning hujayraga kirishiga bog’liq emas, balki virus genomining replikatsiyasi bilan ham chambarchas bog’liq.
Mutagenlar ta’sirining samaradorligi mutagenning konsentatsiyasi, pH va qator boshqa omillarga bog’liq. Ko’pchilik mutagenlar uchun mutagenez intensivligi bilan mutagen dozasining bog’liqligi aniqlangan. Demak, dozaning ortishi bilan, mutagen samaradorligi ortishi bilan bir qatorda virusning yashovchanligi orasida matematik bog’liqlik bor.
Indusirlangan mutagenez shuningdek virus – hujayra sistemasi mavjud oziq muhit tarkibiga ha bog’liq. Mutagenlar ta’sirida paydo bo’ladigan mutatsiyalarning hammasi ham bir xilda stabil bo’lavermaydi. Yuqori harorat, kislotali muhit, ultrabinafsha nurlar va ultratovush to’lqinlar ta’sirida olingan mutantlar 20% gacha reversiya bergan, proflavin ta’sirida esa barcha mutantlar to’liq stabil ekanligi aniqlangan. Stabillikdagi bunday farq ishlatilgan mutagenlar ta’sirini molekulyar mexanizmini bir xil emasligi bilan bog’liq. Yuqori harorat, kislotali muhit, ultabinafsha nurlari asosan virus nuklein alohida asoslarning almashinishiga olib keladi. U esa o’z navbatida alohida asoslarning almashinishiga olib keladi. Proflavinning shuningdek qisman azot kislotasining mutagen ta’sirida mutatsiya sababi asoslarning tushib qolishi yoki qo’shilishidir. Vaksina virus shtammlari viruslarga mutagen ta’sir ettirish yo’li bilan olinganda genetik kodni chuqurroq o’zgartiradigan mutagenlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday mutagenlar irsiy xususiyatlarni stabillashtirish xususiyatiga ega.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish