5.2.Mehmonxonada bron sistemasi va uni boshqarish usullari.
Mehmonxonada bronlash jarayonida “ Mehmonxona xizmat ko’rsatish qoidalari” mavjud bolib, asosan :”bajaruvchi ikki tomon imzolagan mehmonxonada joyni bron qilish haqidagi shartnoma hujjat tuzishorqali, shuningdek, pochta, telefon orqali bergach, ariza istemolchidan
kelayotganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng bron amalga oshiriladi”.
Agar tashkilot mehmonxona xizmatidan doimiy foydalanayotgan bo‘lsa, unda
malum muddatga shartnoma tuzish maqsadga muvofiqdir.Bunda tashkilotga
o‘zining tartib raqami beriladi va ushbu tashkilot tomonodan yuboriladigan
mijozlarga shartnomaga muvofiq mehmonxonadan joy beriladi.
Hozirda turfirmalar aniq bir mehmonxona bilan shartnoma tuzishga harakat
qilmoqdalar. Mehmonxonalar doimiy ravishda mijozlar bilan taminlayotgan
turfirmalar uchun chegirmalar belgilaydi.
Mehmonxona va turfirma o‘rtasidagi shartnomalarga quyidagilar ko‘rsatiladi:
turistlarni joylashtirish bo‘yicha arizalar qaysi muddatda berilishi shart, to‘lov
qachon va qay tarzda amalga oshiriladi.
Bronlash jarayoni Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo‘natilishi orqali amalga oshirilishi mumkin..Xuddi shunday arizani mehmonxona bron bo‘limida rasmiylashtirish mumkin.Arizalar bilan ishlash katta etiborni talab qiladi.Bron qilish yoki bronni bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar barchasi ro‘yxatga olinishi shart.
Arizada quyidagi ma’lumotlar kiritilishi zarur:
- nomer soni va kategoriyasi;
- mehmonxonada yashash muddati;
- tashrif buyuruvchi f. i. sh;
- to‘lov shakli(naqd pul yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan ; to‘lovni amalga oshiruvchi
tashkilot rekvizitlari).
“ZiyoBaxsh” mehmonxonasiga keladigan sayyohlar odatda tur
firmalar orqali yoki o’zlari tanlab ham ko’plab tashrif buyurishadi. Ko’p hollarda mehmonxonaga sayyohlar internet saytlari orqali buyurtma qilib kelishadi bu jarayon mehmonxona adminstratori va sayyoh uchun ham juda qulaydir. Qilingan har bir buyurtma registratsiyadan o’tkaziladi. Buyurtmada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi kerak: firmа,tаshkilоt maxsus blаnkаsidа, uning nоmi, аdrеssi, tеlеfоn vа fаksi, bаnkdаgi hisоb rаqаmi ..
Mehmonxonada buyurtma 3 xil usulda amalga oshiriladi
Pochta va aks orqali
Telefon orqali +(99865)2214053
Internet saytlari orqali. www.ZiyoBaxsh.com
Mehmonxonada buyurtmа rеgistrаtsiyadаn o’tkаzilgandan so’ng, ungа rеgistrаtsiya nоmеr bеrilаdi hаmdа tаsdiqlаnadi. Аlbаttа, mеhmоnхоnаda bundаy shаkllаr tаyyorlаnib qo’yilаdi, fаqаt kеrаkli mа’lumоtlаr kiritilib, tеzlik bilаn jo’nаtilаdi.
Tеlеfоn оrqаli buyurtmаоlishdа, nоmеrlаr hаqidа to’liq mа’lumоtgа egа bo’lgаn
хоdim, tеlеfоnning mаksimаl 3-5 qo’ng’irоqdаn so’ng javob berishi tаvsiya etilаdi. Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda etiborli bo‘lish juda muhim ekanligi mehmonxona direktori tomonidan qayta qayta takrorlanadi, chunki bu suhbatdan mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti shakllanadi. Bundan tashqari mehmonxonada bronlashning tur kompaniyalar orqali turi mavjud. Bunda
mehmonxonaga keluvchi turistlar biror tur kompaniya orqali mehmonxonani bron
qiladi. Bu asosan telefon yoki faks orqali amalga oshiriladi.