Kon bosimini boshqarish



Download 0,5 Mb.
bet1/4
Sana05.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#740901
  1   2   3   4
Bog'liq
Kon bosimini boshqarish


Mavzu: Kon bosimi uni boshqarish usullari. Kon lahimlarini mustahkamlagich materiallari.


Reja:



  1. Kon bosimi va kon bosimini boshqarish.

  2. Ruda seliklari orqali qazilgan bo‘shliqni tabiiy saqlash.

  3. Kon lahimlarini mustahkamlagich materiallari.


KON BOSIMINI BOSHQARISH
Yer qobig‘ining qazib olinishi rejalashtirilgan lekin qazib olinmagan qismida gravitatsiya kuchlanishlari va deformatsiyalanishi tenglik holatda bo‘ladi. Kon lahimlarini o‘tkazish va foydali qazilmani qazib olish natijasida bu kuchlanishlar uning atrofida qayta taqsimlanib kuchlanish (zo‘riqish) maydoni - kon bosimi hosil bo‘ladi. Bu kuchlanishlar qazish bo‘shlig‘ida qoldirilgan seliklarga, kon lahimlarida o‘rnatilgan mustahkamlagichlarga yuklama sifatida ta’sir ko‘rsatadi.
Qazib olish ishlarini xavfsiz va mo‘tadil olib borish uchun yondosh tog‘ jinslarda hamda ruda tanasining ayrim uchastkalarida yuzaga kelgan kuchlanganlik holatini yumshatish yoki kamaytirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar majmui – kon bosimini boshqarish deyiladi. Bu tadbirlarni qazib olish bo’shlig’iga tadbiq etilsa qazilgan bo‘shliqni saqlab turish (ushlab turish) deyiladi. Qazilgan bo‘shliqni saqlab turish yon va ship jinslarining turg‘unligini sun’iy ravishda tirgak ustunlar o‘rnatib, sun’iy seliklar qurib, tabiiy seliklar qoldirib, bo‘shliqni materiallar, qo‘porilgan ruda bilan to‘ldirib yoki mustahkamlagichlar o‘rnatib, taminlashdan iborat.
Ship va yondosh jinslarni me’yoridan ortiq ochish ham ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin: ship va yondosh jinslarni qisman yoki katta maydonda o‘pirilishiga, tog‘ bosimining katta o‘lchamda tez ortishiga, mustahkamlagichlarning buzilishiga va ularni qayta tiklash zarurligi, qazib olinayotgan rudaning bir qismini yo‘qotilishiga va uning sifatsizlanishiga, halokatli holat yuzaga kelib, ishning to‘xtab qolishiga olib keladi. Xuddi shu vaqtda shu jinslarning o‘zidan tashkil topgan ship va yondosh jinslarini ochiladigan o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash, ularning turg‘unligini sun’iy tarzda saqlab turmasdan o‘z-o‘zini uzoq muddat turg‘unligini saqlab turishi mumkin.
Kon bosimini boshqarish usulini tanlash ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar: ruda va yondosh tog‘ jinslarining turg‘unligi; ruda tanasining yotish elementlari (qalinligi, yotish burchagi, shakli); qazish ishlari chuqurligi; konning gidro-geologik sharoiti; yer usti bino va inshoatlari; ruda tanasida rudasiz jinslar uchastkasi mavjudligi; tarkibida foydali komponentlar kam bo‘lgan rudalar, konchilik korxonasida to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi materiallar mavjudligi.
Tog‘ bosimini boshqarish usullari ikki guruhga bo‘linadi:
Qazilgan bo‘shliqni tabiiy saqlab turish bilan kon bosimini boshqarish.
Ruda va osiq jinslarni yoki osiq jinslarning o‘zini qulatish bilan kon bosimini boshqarish.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish