15-rasm. Mehmonxona tomonidan beriladigan kirish(chiqish) kartochkasi. 2.5. Xorijiy turistni mehmonxonada ro’yxatga olish tartibi.
Albatta , harbir sayyoh mehmonxonaga kelarkan avvalambor mehmonxona adminstratori tomonidan xizmat ko’rsatilib, ro’yxatga olinadi va joylashadi. Ko’pgina mehmonxonalarda registratsiya jarayoni mehmonxona daftariga qilinib so’ngra electron tarzda komputerda qilinadi lekin bizning mehmonxona o’ziga electron tarzda registratsiyani maqul ko’radi. Registratsiya jarayonida registratsiya nomeri,sayyohning ism familiyasi,qaysi mamlakatdan tashrif buyurganligi, passport seriyasi,viza muddati(kpp) tipi, qachon olinganligi, mehmonxonada qolish sanasi ya’ni kirish chiqish sanasi kiritiladi. Bu jarayon albatta e- mehmonxonada amalga oshiriladi. Registratsiya jarayonida agar mijoz boshqa bir mehmonxonada yashab yurib check out qilinmagan bo’lsa bu hol darrov “ЗАЯЦ” yozuvi bilan bildiriladi va darrov u mehmonxona ro’yxatidan chiqariladi.
Bundan tashqari registratsiya qilish jarayonida davlat soligi hisoblanadi va bu turzbor deb aytiladi. Turzborni hisoblashda uning xonalar soni va yulduziga, mijozlar soniga qarab olinadi. Masalan ZIYOBAXSH mehmonxonasida 10ta xona mavjud va bu uchun daromadning 5% i xonalar uchun (har 10 ta xonaga 5%), agar mehmonxona yulduzga ega bo’lsa 2% soliq olinadi. Mehmonxona yulduzga ega bo’lmaganligi sababli soliq saqlanmaydi. Bu jarayonni quyida rasmda ko’rish mumkin(20- rasm)
1 6-rasm.”ZiyoBaxsh” mehmonxonasining registratsiya qilingan mijozlar ro’yxati
17-rasm. Joriy yilning iyul oyidagi registratsiya jarayonidan olinadigan davlat soligi jadvali
18-rasm. Registratsiya jarayonida davlat soligini chiqarishni tahlil qilish.
2.6. Mijozning har qanday ehtiyojini qo’ldan kelgancha hal qilib berish. Har bir mehmonxona qoidalariga ko’ra mehmonxonaga kelgan mijoz kelgan kunidan boshlab doimo haq hisoblanadi va unda paydo bo’ladigan har qanday muammolarni hal qilish zarur hisoblanadi. Bunday hollarda mehmonxona adminstratori javobgar hisoblanadi. Bunday hollarda mehmonxona adminstratori o’z ishini yaxshi biladigan va har qanday holatdan chiqib keta oladigan professional mutaxassis bo’lishi lozim. Ayrim hollarda vaziyatdan chiqolmagan taqdirda boshqa turistik tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.
Mening amaliyotim davomida ham “ZiyoBaxsh ” mehmonxonasi ba’zi kichik muammolarga duch keldi va bu muammolar tezda hal qilindi va mijozlar mamnuniyat bilan mehmonxonadan minnatdor bo’lishdi va mehmonxona saytida o’z fikrlarini qoldirib mehmonxonani 10 balldan 9, 9.6,8 ba’zi hollarda 10 ball bilan ham baholashdi. Lekin kamdan kam hollarda ba’zi mijozlar mehmonxonani 7, 7.6 kabi ballar bilan baholashganini guvohi bo’lishingiz mumkin.
Ayni shunday muammolar Sayyohlik firmasida ham tez duch kelib turasiz.albatta hammanining ko’nglini bir vaqtda ovlay olish qiyin.sizning berayotgan taklifingiz hammaga ham birdek manzur bo’lmasligi mumkin.Xalq bilan ishlash albatta qiyin.