Fan: Biofarmatsiya
Mavzu: Tabletka va kapsula dori vositasidan dori moddasini ajralib chiqish tezligini aniqlash
Topshirdi: SF 406 b Sultonov N Qabul qildi: Tashmuxamedova M
Toshkent 2022-yil
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Mustaqil ish
Ma’lumki tabletka dori turlarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda: in vitro va in vivo tajribalarida amalga oshiriladi.
In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumot bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. Shu bilan birga in vitro tajribalar har doim ham dori vositasining tirik organizmdagi ta’sirini to‘laqonli ifodalamasligi mumkin. Shu sababli taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab topiladi va bu bog‘liqlik ishonarli darajada bo‘lgan taqdirda qo‘llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini amalga oshirish uchun tavsiya etiladi.
In vivo tajriba usullari laboratoriya tajriba hayvonlarida yoki o‘zi istak bildirgan odamlarda olib boriladi. In vivo tajribalari farmakokinetik usul – qon, boshqa biologik suyuqliklar va alohida a’zolarga so‘rilib o‘tgan ta’sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‘lchash bo‘yicha yoki farmakodinamik usul – dori vositasini organizmga so‘rilib o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladigan ta’sir kuchini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Farmakokinetik usullarda tadqiqotlar o‘tkazilganda faol modda konsentratsiyasi asosan kimyoviy va fizik kimyoviy, alohida holatlarda mikrobiologik, biokimyoviy va biofizikaviy usullarda amalga oshiriladi. Farmakodinamik usullarda esa dori vositasi terapevtik samaradorligiga baho berish, tirik organizmning dori vositasi ta’sirida ma’lum funksional holatidagi o‘zgarishlarni o‘lchash bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‘rganish uchun 200 ga yaqin usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. Shulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan “Aylanuvchan kajava” usuli qator e’tirof etilgan xalqaro farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. “Aylanuvchan kajava” usulining bu darajada keng qo‘llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‘p holatlarda in vivo tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir. Ayrim tabletkalar uchun In vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada ifodalangan “erish testi” ni amalga oshirish sharoitlari belgilandi.
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‘lsa, olingan natija shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa yetarli bo‘ladi. Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‘rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim. Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‘lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi. In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‘rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‘ladi. Korrelyasiya regressiya tenglamasi yordamida korrelyasiya koeffitsientini (Kkor) hisoblash orqali isbotlandi:
Erish testi Dori sifatini tekshirish uslublarini topish yo‘lidagi izlanishlar dorilar orasidagi terapevtik tengsizliklardan holi bo‘lgan metodlar sifatida dori moddasini erish tezligini aniqlash metodlariga katta ahamiyat berilishini taqazo etadi. Dori moddasini erish tezligini aniqlash dori shaklini parchalanishini aniqlaydigan asboblarda olib borilishi mumkin. Ma’lum vaqt ichida erigan moddani miqdori aniqlanib, jadval tuziladi va shu erigan moddani umumiy miqdoriga nisbatan protsentlarda aniqlanadi. Ma’lum vaqtda erigan moddani protsentdagi miqdori erish grafigini ko‘rsatadi
KAPSULADAN TA’SIR ETUVCHI MODDASINING AJRALIB CHIQISHI
Hozirgi kunda kapsulalangan dori preparatini katta miqdorda ishlab chiqaruvchi davlatlarga “Katta yettilik” davlatlari, hamda Belgiya, Janubiy Koreya, Shvetsariya, Meksika kiradi. O‘zbekistonda esa bu dori turini ishlab chiqarish rivojlanayotgan bosqichda bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning dolzarb muammosi bo‘lib hisoblanadi. Ta’siri uzaytirilgan kapsulalar (retard kapsulalar) kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, tarkibidagi dori moddasini ajralish tezligi va miqdorini hamda ajralib chiqish joyini boshqarish mumkin bo‘lgan ta’siri uzaytirilgan (prolongirlangan) kapsulalar.Bunda maxsus yordamchi moddalardan foydalaniladi, bu moddalar kapsula qobig‘ining tarkibida yoki ichidagi dori moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo‘lishi mumkin. Spansulalar – qattiq kapsulalar turiga kirib, uning tarkibidagi dori moddasi turli xil vaqtlarda erishini ta’minlovchi moyli qobiqlar bilan qoplangan mikrokapsulalar yoki mikrodrajelar aralashmasidan iborat. Medulalar – qattiq jelatina kapsulalari bo‘lib, tarkibida plyonka bilan qoplangan mikrokapsulalardan iborat. Spansula va medulalarning tarkibiga 3, 4 hatto 5 turdagi, har xil qobiq bilan qoplangan mikrokapsuslalarni joylashtirish mumkin. Bu yadroni erish vaqtini uzaytirishi bilan dori moddasining ta’sirini uzaytiradi. Mikrokapsulalar – kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, polimer yoki boshqa materiallardan tayyorlangan yupqa qobiqdan iborat, sharsimon yoki geometrik shaklga ega bo‘lmagan, o‘lchami 1 mkm dan 500 mkm gacha bo‘lgan farmatsevtik ta’sir etuvchi qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalarning yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz saqdaydigan kapsulalar hisoblanadi. Bugungi kunda mikrokapsulalar spansulalar, medulalar, suspenziyalar, “retard” tipidagi tabletkalar, terapevtik sistemalar, briketlar hamda rektal tipidagi kapsula dori turlari ko‘rinishida qabul qilinadi. Pelletlar – bir yoki bir nechta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz, qobiq bilan qoplangan, o‘lchami 2000mkm dan 5000mkm gacha bo‘lgan, sharsimon shakldagi qattiq zarrachalar.
Ta’siri uzaytirilgan kapsulalar (retard kapsulalar) kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, tarkibidagi dori moddasini ajralish tezligi va miqdorini hamda ajralib chiqish joyini boshqarish mumkin bo‘lgan ta’siri uzaytirilgan (prolongirlangan) kapsulalar.Bunda maxsus yordamchi moddalardan foydalaniladi, bu moddalar kapsula qobig‘ining tarkibida yoki ichidagi dori moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo‘lishi mumkin. Spansulalar – qattiq kapsulalar turiga kirib, uning tarkibidagi dori moddasi turli xil vaqtlarda erishini ta’minlovchi moyli qobiqlar bilan qoplangan mikrokapsulalar yoki mikrodrajelar aralashmasidan iborat. Medulalar – qattiq jelatina kapsulalari bo‘lib, tarkibida plyonka bilan qoplangan mikrokapsulalardan iborat. Spansula va medulalarning tarkibiga 3, 4 hatto 5 turdagi, har xil qobiq bilan qoplangan mikrokapsuslalarni joylashtirish mumkin. Bu yadroni erish vaqtini uzaytirishi bilan dori moddasining ta’sirini uzaytiradi. Mikrokapsulalar – kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, polimer yoki boshqa materiallardan tayyorlangan yupqa qobiqdan iborat, sharsimon yoki geometrik shaklga ega bo‘lmagan, o‘lchami 1 mkm dan 500 mkm gacha bo‘lgan farmatsevtik ta’sir etuvchi qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalarning yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz saqdaydigan kapsulalar hisoblanadi. Bugungi kunda mikrokapsulalar spansulalar, medulalar, suspenziyalar, “retard” tipidagi tabletkalar, terapevtik sistemalar, briketlar hamda rektal tipidagi kapsula dori turlari ko‘rinishida qabul qilinadi. Pelletlar – bir yoki bir nechta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz, qobiq bilan qoplangan, o‘lchami 2000mkm dan 5000mkm gacha bo‘lgan, sharsimon shakldagi qattiq zarrachalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |