Va muvofiqlashtirish boshqarmasi


Sabzavotli, yorma, loviya va makaron mahsulotlari solingan sho‘rvalar



Download 4,39 Mb.
bet123/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)

Sabzavotli, yorma, loviya va makaron mahsulotlari solingan sho‘rvalar
Kartoshka va sabzavotlardan sho‘rvalarning turli xillari - yormali, makaron mahsulotli hamda loviyali sho‘rvalar tayyorlanadi. Bu sho‘rvalar go‘sht, suyak, qo‘ziqorin va sabzavot qaynatmalarida pishiriladi. Agar sho‘rvalar sabzavot qaynamatlarida tayyorlanadigan bo‘Isa, u holda issiq sut qo‘shish mumkin, u suzib berishda taqsimchaga yoki pishirish oxirida qozonga solinadi. Ushbu sho‘rvalar uchun kartoshka va sabzavotlar qalam­cha palladia, yaproqcha, kokila, kubik qilib to‘g‘raladi. Ulami to‘g‘rash shakli bir xil chiqishi va mahsulot turiga mos bo‘lishi muhimdir.
Kartoshka sho‘rva. Kartoshka kubiklar, palladia yoki qalamcha shak­lida, sabzi va petrushka kubik yoki qalamcha qilib, no‘shpiyoz pallachalar ko‘rinishida to‘g‘raladi. Ildizlar va piyoz chala qovuriladi. Qaynab turgan sho‘rva yoki suvga kartoshka, chala qovurilgan ildsizlar va piyoz solinib, pishguncha qaynatiladi. Pishishiga 5-10 minut qolganda ziravorlar va tuz solinadi. Chala qovurilgan tomat pyuresi yoki yangi pomidor solish mumkin.
Suzib berayotganda idishga go‘sht yoki baliq solinadi, sho‘rva qo‘ziqorin qaynatmasida tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda qaynatilgan qo‘ziqorinlar yaproqcha yoki qalamcha qilib to‘g‘raladi, sal-pal qovuriladi va sho‘rvaga chala qovurilgan sabzavotlar bilan birga solinadi.
Frikadelkali kartoshka sho‘rva. Qaynayotgan go‘sht yoki baliq qaynatmasiga yoxud suvga kubik, palladia yoki qalamcha qilib to‘g‘ralgan kartoshka solinib, qaynab chiqquncha baland olovda qizdiriladi, chala qovurilib, palladia yoki qalamcha shaklida to‘g‘ralgan sabzavotlar solinadi va pishguncha qaynatiladi. Tayyor boTishidan 5-7 minut avval, chala qovurilgan tomat pyuresi, ziravorlar, tuz qo‘shiladi.
Frikadelkalar alohida yopiq idishda ozgina sho‘rva yoki suvda pishiriladi. Frikadelkalar pishirilgan qaynatma sho‘rvaga qo‘shib yuboriladi. Sho‘rvani tomatsiz tayyorlash mumukin.
Suzib berishda idishga frikadelkalar solinib, sho‘rva quyiladi, ko‘kat- lar solinadi.
Yormali kartoshka sho‘rva. Kartoshka katta kubiklar, sabzi, petrushka mayda kubiklar shaklida, piyoz esa maydalab (mayda kubiklar ko‘rinishida) to‘g‘raladi. Ildizlar va piyoz chala qovuriladi. Yormalar (bug‘doy yormasidan tashqari) tozalanib, yuviladi va qaynoq suvda chayiladi, arpa yormasi yarim tayyor holatga kelgunga qadar qaynatiladi, bug‘doy yormasi esa elanadi. Qaynab turgan sho‘rvaga tayyorlab qo‘yilgan yorma solinib, 10 minut qaynatiladi, kartoshka, chala qovurilgan sabzavotlar solinadi va pishguncha qaynatiladi. Pishishiga 5-10 minut qolganda ziravorlar, tuz qo‘shiladi. Bug‘doy yormasi sho‘rvaga pishishidan 10 minut oldin solinadi.
Sho‘rva taqsimchaga suziladi va ko‘katlar solinadi
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): kartoshka - 427, arpa yoki suli, yoxud guruch yormasi, yo bo‘lmasa oqlangan tariq - 40 yoki bug‘doy yormasi - 30, sabzi - 50, petrushka (ildizi) -13, no‘shpiyoz - 48, qizdirilgan yog‘- 10, qaynatma - 750.
Loviyali, no‘xatli, yasmiqli kartoshka sho‘rva. Ushbu donlar tosh, iflolosliklardan tozalanib, yuviladi, ustidan sovuq suv quyiladi (1 kg ga

  1. 3 I suv hisobida), 2-3 soat ivitiladi, keyin ana shu suvning o‘zida tuz solmasdan, qopqog‘ini yopib, yumshaguncha qaynatiladi. Kartoshka yirik kubiklar ko‘rinishida to‘g‘raladi. Qaynab turgan sho‘rvaga loviya, no‘xat yoki yasmiq solinib, qaynatiladi, kartoshka, chala qovurilgan sabzavotlar solinadi, pishguncha qaynatiladi, bir ozdan keyin ziravorlar, tuz qo‘shiladi va tayyor bo‘lguncha qaynatiladi.

Suzib berayotganda idishga bir bo‘lak go‘sht yoki dudlangan cho‘chqa go‘shti solinadi, ustidan sho‘rva quyilib, ko‘katlar sepiladi.
Makaron mahsulotlari solingan kartoshka sho‘rva. Makaron mahsulotlari tozalanadi, makaronlar sindirib maydalashtiriladi (3-4 sm uzunlikda). Makaronli, ugrali, vermishelli sho‘rva uchun kartoshka qalamcha yoki palladia qilib, sho‘rvabop, qo‘shilmali sho‘rva uchun esa kubiklar shaklida to‘g‘raladi. Sabzi, petrushka makaronli sho‘rva uchun qalamcha shaklda, ugrali yoki vermishelli sho‘rva uchun kokila qilib, qo‘shilmali sho‘rva uchun esa doiracha yoki yaproqcha ko‘rinishida to‘g‘raladi, piyoz mayda to‘g‘raladi. Sho‘rva tovuq go'shti, parranda chiqindilari, mol go‘shti, konservalangan go‘sht, qo‘ziqoirn solib pishiriladi.
Qaynab turgan sho‘rvaga makaron yoki ugra solinib, 10-15 minut qaynatiladi, kartoshka, chala qovurilgan sabzavotlar solinib, pishguncha qaynatiladi. Qaynatish nihoyasida tuz, ziravorlar va chala qovurilgan tomat pyuresi qo‘shiladi. Sho‘rvani tomatsiz tayyorlash ham mumkin. Agar vermishelli yoki qo‘shilmali sho‘rva tayyorlanadigan bo‘lsa, ular chala qovurilgan sabzalardan keyin, sho‘rva pishishiga 10-15 minut qolganda solinadi.
Suzib berishda idishga go‘sht, parranda go‘shti yoki chiqindi mahsulotlar solinib, sho‘rva quyiladi, ko‘katlar sepiladi.
Krestyanskiy sho‘rvasi. Sho‘rva go‘sht-suyakyoki suyak qaynatmasida tayyorlanadi. Sabzi, petrushka va piyoz doiracha qilib, oq bosh karam shashkalar shaklida, kartoshka kubiklar ko‘rinishida to‘g‘raladi. Ildizlar va piyoz chala qovuriladi. Qaynab turgan sho‘rvaga karam solinib, qaynatiladi, kartoshka chala qovurilgan sabzavotlar solinib, 10-15 minut qaynatiladi, palladia qilib to‘g‘ralgan pomidor yoki chala qovurilgan tomat pyuresi, tuz, ziravorlar qo‘shiladi va pishguncha qaynatiladi.
Krestyanskiy sho‘rvasi arpa, suli, oqlangan tariq yormasi bilan tayyor- lanishi mumkin, bunda solinadigan miqdori kamaytiriladi. Yonna sho‘rvaga birinchi navbatda solinadi. Suzib berishda idishga smetana va to‘g‘ralgan ko‘katlar solinadi.


Sabzavotlardan tayyorlanadigan sho‘rva. Karam shashkalar ko‘ri- nishida, kartoshka kubik yoki pallacha qilib, sabzi va petrushka pallachalar, qalamchalar shaklida, no‘shpiyoz va pomidor pallachalar ko‘rinishida to‘g‘raladi. Ildizlar va piyoz chala qovuriladi. Qaynayotgan sho‘rvaga karam solinib, qaynatiladi, chala qovurilgan sabzavotlar, kartoshka solinadi-da, 10-15 minut qaynatiladi, xom yoki chala qovurilgan pomidor, konserva- langan ko‘k no‘xat yoxud loviya, ziravolar, tuz qo‘shiladi va tayyor bo‘lgun- cha qaynatiladi. Sho‘rvaga qaynatilgan oq qo‘ziqorin solish mumkin.
Sho‘rva tarkibiga kiruvchi sabzavotlar turi xilma-xil bo‘lib, yil fasliga bog‘liq: bahorda sho‘rvaning tarkibiga kohu, ismaloq, shovul, barra karam, sarsabil, yozda - gulkaram, qovoqcha (kabachki), sholg‘om, ko‘k no‘xat va loviya, kuzda - qovoq, bryussel karami, qishda - yangi muzatilgan hamda konservalangan sabzavotlar kirilishi mumkin. Qovoqcha, qovoq kubik qilib, ko‘k no‘xat va loviya qo‘zoqlari rombchalar shaklida to‘g‘raladi, gulkaram esa mayda to‘pgullarga ajratiladi.
Sho‘rva taqsimchaga suzilib, ko‘katlar sepib beriladi.
Solinadigan masalliqlar miqdori (g): oq bosh karam - 100, kartoshka - 267, sabzi - 50, petrushka (ildizi) - 27, no‘shpiyoz - 24, ko‘k piyoz - 26, konservalangan ko‘k no‘xat - 46, pomidor - 94, ovqatbop margarin - 20, qaynatma - 750.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish