Va muvofiqlashtirish boshqarmasi


Tuzlangan bodringli sho‘rvalar



Download 4,39 Mb.
bet121/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)

Tuzlangan bodringli sho‘rvalar
Tuzlangan bodringli sho‘rvalaming (rassolnik) asosiy tarkibiy qismi tuzlangan bodring, shu bodring suvi (namakob) va oq ildizlardir. Tuzlangan bodringli sho‘rvalar go‘shtsiz, suyakli, suyak-go‘shtli, baliqli, ichak- chavoqli, buyrakli, parranda go‘shtili, qo‘ziqorinli qilib tayyolanadi. Tuzlangan bodring kokila qilib to‘g‘ralib, chuqur tova yoki kastrulkaga solinadi, idishning 1/3 qismi qadar qaynatma yoki suv quyiladi va ustini yopib, 15 minut qaynatiladi. Kartoshka qalamcha yoki pallaclialar ko‘rinishida, ildizlar va piyoz kokila qilib to‘g‘raladi. Sho‘rvalargatuzi baland ta’m berish uchun tuzlangan bodring suvidan foydalaniladi. Solishdan oldin bu suv suzg‘ichdan o‘tkaziladi va qaynatiladi.
Tuzlangan bodringli sho‘rva. Qaynab turgan sho‘rvaga to‘g‘ralgan kartoshka solinib, qaynab chiqquncha baland olovda qizdiriladi, petrushka va seldir, chala qovurilgan piyoz hamda ko‘k piyoz qo‘shiladi-da, yana 5- 10 minut qaynatiladi, yopiq idishda pishirilgan bodring solinadi, qaynatish oxiriga bo‘laklarga bo‘lingan shovul yoki ismaloq barglari, tuz, ziravorlar qo‘shiladi, tuzlangan bodring suvi quyiladi va pishguncha qaynatiladi. Tuzlangan bodringli sho‘rvani shovulsiz yoki ismaloqsiz tayyorlashda solinadigan bodringlar yoki sabzavotlar me’yori oshiriladi.
Suzib berishda idishga bir bo‘lak go‘sht, parranda yoki baliq go'shti solinadi, sho‘rva quyiladi, smetana, ko‘katlar solinadi; alohida idishda suzmali paramach, baliqli sho‘rvaga esa qiymasi ko‘rinib turadigan go'shtii somsa (rasstegay) berish mumkin.
Solinadigan masalliqlar miqdori (g): kartoshka - 320, petrushka (ildizi)

  • 80, seldir (ildizi) - 15, no‘shpiyoz - 48, ko‘k piyoz - 53, tuzlangan bodring

  • 67, shovul - 58 yoki ismaloq - 54, ovqatga yaroqli margarin - 20, qaynatma sho‘rva yoxud suv - 750.

Tuzlangan bodringli qo‘Ibola (xonaki) sho‘rva. Qaynab turgan sho‘rvaga kokila qilib oq bosh karam solinadi-da, qaynab chiqquncha baland olovda qizdiriladi, kartoshka solinib, yarim tayyor holatga kelguncha qaynatiladi, bir ozdan so‘ng yopiq idishda pishirilgan bodring, ziravorlar, tuzlangan bodring suvi, tuz solinadi va pishguncha qaynatiladi.
Suzib berishda idishga go‘sht solinadi, sho‘rva quyiladi smetana va ko‘katlar solinadi.
Moskovcha tuzlangan bodringli sho‘rva. Sho‘rva tovuq qaynatmasida, ichak-chavoqlari va buyragi bilan birga tayyorlanadi. Ushbu sho‘rvaning farqli tomoni shundaki, u kartoshkasiz pishiriladi va tarkibiga oq ildizlar (sabzavotlar to‘plaming 42 foizi miqdorida) kiradi.
Qaynayotgan sho‘rvaga chala qovurilib, kokila qilib to‘g‘ralgan oq ildizlar va piyoz, idishda pishirilgan bodring solinib, 5-10 minut qaynatiladi, kesib bo‘lingan ismaloq, shovul yoki kohu (salat) barglari, ziravorlar qo‘shiladi, tuzlangan bodring suvi quyiladi, tuz solinadi va pishguncha qaynatiladi.
Suzib berayotganda idishga tuxum atalasi, bir bo‘lak tovuq go‘shti, ichak- chavoqlar yoxud to‘g‘ralgan buyrak solinib, sho‘rva quyiladi, ko‘kat sepiladi, alohida idishda suzmali paramach beriladi.
Tuxum atalasi tayyorlash uchun xom tuxum sariqlari qalin tubli idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi, asta-sekin qaynatilgan iliq sut yoki qaymoq quyiladi va 70-75°C haroratda pishirib quyultiriladi, keyin suzg‘ichdan o‘tkaziladi. Tuxum atalasi qo‘shilgan sho‘rvani qaynatish mumkin emas. Ko‘p miqdorda tayyorlashda tuzlangan bodringli sho‘rva 70°C gacha sovitiladi va atala qo‘shiladi.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish