Solyankalar
Solyankalar rus milliy taomi sanaladi. Solyankalar tarkibiga tuzlangan bodring, chala qovurilgan piyoz, tomat pyuresi, kavar, zaytun kiradi. Solyanka quyuq go‘sht yoki baliq qaynatmalarida, shuningdek yangi hamda quritilgan qo‘ziqorinlar bilan tayyorlanadi.
Tuzlangan bodringlar yaproqcha yoki rombchalar shaklida to‘g‘raladi va yopiq idishda pishiriladi. No‘shpiyoz mayda to‘g‘raladi va chala qovuriladi. Tomat pyuresi alohida idishda chala qovuriladi yoki piyozni chala qovurish oxirida qo‘shiladi. Zaytunlaming danagi ajratib olinadi yoki yuviladi. Limon yuvilib, po‘stdan tozalanadi va doiracha shaklida to‘g‘raladi. Go‘sht mahsulotlari (go‘sht, son go‘shti, buyrak, yurak, parranda go‘shti va h.) pishiriladi hamda parrak qilib to‘g‘raladi. Baliq suyakli va suyaksiz biqin go‘shtga ajratiladi-da, bir porsiyaga 3-4 tadan to‘g‘ri keladigan boTaklarga bo‘linadi. Solyanka ko‘pincha bir porsiyadan tayyorlanadi, ammo bir yo‘la ko‘p miqdorda pishirilishi ham mumkin. Go‘shtli va qo‘ziqorinli solyankalar smetana bilan, baliqlilari esa smetanasiz suzib beriladi.
Go‘shtli terma solyanka. Qaynatib turgan go‘sht-suyak qaynatmasiga chala (qizaritmasidan) qovurilgan piyoz, yopiq pishirilgan bodring, tomat pyuresi,kavar solinadi, tuzlangan bodring suvi bilan birga ziravorlar, tuz solinib, 5-10 minut qaynatiladi. 3-4 xil go‘sht mahsulotlari (go‘sht, son go‘shti, buyrak, sosiska) parrak qilib to‘g'raladi, ustidan qaynatma quyiladi va qaynatiladi. Suzib berayotganda idishga go‘sht mahsulotlari to‘plami, zaytun solinadi, solyanka quyiladi, bir parrak tozalangan limon, smetana va to‘g‘ralgan ko‘katlar solinadi.
Agar solyanka buyurtma ovqat sifatida tayyorlanadigan bo‘Isa, u holda sho‘rva pishiriladigan idishga chala qovurilgan piyoz, tomat pyuresi, yopiq idishda pishirilgan bodring, parrak qilib to‘g‘ralgan go‘sht mahsulotlari, kavarlar solinib, ustidan qaynatma quyiladi, yanchilmagan murch, dafna bargi, tuz qo‘shiladi va 5-10 minut qaynatiladi. Qaynatish oxirida smetana qo‘shiladi. Suzib berishda zaytunlar va bir parrak tozalangan limon solinadi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go‘shti -110, son go‘shti
53, sosiska yoki sardelka - 41, mol buyragi - 73, no‘shpiyoz - 107, tuzlangan bodring -100, kavar - 40, zaytun - 40, tomat pyuresi - 40, sariyog4
20, qaynatma sho‘rva - 800, limon - 13, smetana - 50.
Qo‘lbola (xonaki) solyanka. Bunday solyanka uchun go‘sht va suyaklar qaynatib qo‘yiladi. Kartoshka kubiklar shaklida to‘g‘ralib, qaynab turgan sho‘rvaga solinadi va deyarli pishguncha qaynatiladi, keyin chala qovurilgan piyoz, tomat pyuresi, yopiq idishda pishirilgan bodring, ziravorlar, tuz solinadi va tayyor bo‘lguncha qaynatiladi.
Suzib berilayotganda idishga go‘sht mahsulotlari to‘plami solinib, solyanka quyiladi, smetana va mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar qo‘shiladi.
Baliqli solyanka. Bakra oilasiga mansub baliqlardan terisi bilan yoki terisiz foydalaniladi, porsiyali bo‘laklarga bo‘linadi, qaynoq suvda (qon quyqalari va oqsilni yo‘qotish uchun) yuviladi. Mayda to‘rda ovlana-digan baliqlar zotlari terili va suyaksiz go'shtga bo‘linadi. Baliqlar boshi va chiqindilaridan qaynatma sho‘rva pishiriladi. Bir porsiyali qozonga 3-4 ta xom baliq go‘shti bo‘laklari, chala qovurilgan piyoz, tomat pyuresi, yopiq idishda pishirilgan bodring, kavarlar, solinadi, ustidan baliq qaynatmasi quyilib, pishguncha qaynatiladi. Suzib berishda solyankaga zaytun, tozalangan limon doirachalari (parraklari) solinib, mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar sepiladi. Zaytun, limon va ko‘katlami alohida berish ham mumkin.
Basharti solyanka ko‘p miqdorda tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda baliq pishirib olinadi. Qaynayotgan sho‘rvaga chala (qizartirmasdan) qovurilgan piyoz va tomat pyuresi, idishda pishirilgan bodring, kavarlar, ziravorlar solinib, 7-10 minut qaynatiladi. Suzib berayotganda idishga bir bo‘lak pishirilgan baliq go‘shti, zaytun solinib, solyanka quyiladi, bir parrak limon va ko‘katlar qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |