Bug‘da pishirilgan baliq zrazilar (1, 2, 5-raqamli parhezlar).
Kotletbop baliq qiyma odatdagi usulda tayyorlanadi, lekin xom tuxum qo‘shiladi. Qiyma tayyorlash uchun sabzi mayda to‘g‘ralib, ozgina suvda, sariyog1 qo‘shib, yopiq idishda pishiriladi. Tuxum, sut va tuzdan omlet aralashmasi tayyorlanib, yog‘langan qolipga solinadi va bug‘da pishiriladi. Tayyor bo‘lgan omlet mayda kesiladi va unga sabzi va petrushka bargi qo‘shiIadi. Kotlet qiymasidan zrazilar yasalib, ularga sabzili omlet qiymasi solinadi vaoval shakliga keltiriladi. Tayyor boMgan zrazilar bug‘da pishi-riladi.
Baliq zrazilar bri porsiyaga 2 tadan, yopishqoq grechixa bo‘tqasi yoki qaynatma makaronlar bilan suzib, ustiga sariyog4 yoxud sut qaylasi quyib beriladi.
Bug‘da pishirilgan baliq sufle (1, 5-raqamli parhezlar). Lahm baliq go‘shti yopiq idishda, sariyog‘ qo‘shilgan ozgina suvda pishiriladi, keyin mayda ko‘zli go‘sht qiymalagichdan ikki marta o‘tkaziladi. Qiymaga sariyog1, tuxumlar sarig‘i va o‘rtacha quyuqlikdagi sut qaylasi qo‘shilib, bir jinsli bo‘lguncha aralashtiriladi va ko'pirtirilgan tuxumlar oqi qo‘shiladi. Sufle yog‘langan qolipga solinib, bug‘da 20-30 min pishiriladi. Tayyor bo‘lgan sufle taqsimchaga solinadi va kartoshka bo‘tqasi, sutda pishirilgan kartoshka yoki yopishqoq bo‘tqalar bilan suzib beriladi. Ustiga sariyog‘ quyib beriladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): treska - 127, sut 25, bug‘doy uni - 5, sariyog1 - 3, tuz - 0,8; bitta tuxumning 1/5 boMagi. Tayyor mahsulot chiqishi - 110/150/5.
Qaynatib pishirilgan, sut qaylali krevetkalar (2, 5-raqamli parhezlar). Krevetkalar qaynayotgan tuzli suvga solinib, ukrop yoki petrushka qo‘shiladi va qaynab chiqqan paytdan boshlab 4-5 min pishiriladi. Krevetkalar shu qaynatmaning o‘zida sovitiladi, kosasidan ajratiladi va to‘g‘raladi. Suzib berishda taqsimchaga solinib, garnir sifatida qumoq- qumoq guruch yoki kartoshka bo‘tqasi beriladi, ustiga sut qaylasi quyiladi.
Qaynatib pishirilgan mol go‘shtidan tayyorlanadigan befstroganov (1, 5-raqamli parhezlar). Go‘sht pardasidan tozalanib, qaynatib pishiriladi-da, kokila qilib to‘g‘raladi, idishga solinadi, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishgan sabzi va smetana qaylasi solinadi va 5-7 min pishiriladi. Go‘sht qayla bilan birga vermishel, kartoshka bo‘tqasi bilan suzib beriladi.
Ishlatilgan masalliqlar miqdori (g): mol go‘shti - 164, sabzi -4, petrushka - 3, no‘shpiyoz - 4, tuz - 1, tayyor bo‘lgan go‘shtning vazni -75, sabzi - 32, qayla - 100. Tayyor mahsulot chiqishi - 195/150.
Mol go‘shtidan bug‘da pishirilgan kotletlar (1, 2, 5-raqamli parhezlar). Kotlet qiymasiga sariyog4 qo‘shiladi vayaxshilab aralashtiriladi, kotlet yoki bitochkalar yasalib, bug‘ qutisining to‘riga joylanadi, qopqoq bilan zich berkitiladi-da, bug‘da 15-20 min pishiriladi. Mahsulotlarni yogMangan idishga solingan ozgina suvda yopiq idishda pishirish ham mumkin. Tayyor bo'lgan kotlet yoki bitochkalar bir porsiyaga 2 tadan solinib, kartoshka bo‘tqasi, sut-qaylali sabzavotlar yoki yopishqoq bo‘tqalar bilan suzib beriladi. Ovqatning ustiga sut yoki smetana qaylasi quyib beriladi.
Mol go‘shtidan qilingan, suzmali qiyma uzmalari (1,5-raqamli parhezlar). Go‘sht qiymalagichdan 2 marta o‘tkazilgan go‘shtga suzma, tuz qo‘shilib, yana bir bor qiymalagichdan o‘tkaziladi, keyin yog‘ va xom tuxumlar bilan aralashtiriladi. Qiymani yaxshilab shapatilab, undan qoshiq bilan 25 g gacha og‘irlikdagi boMakchalar ajratib olinadi va qiyma uzmalari yasaladi. Qiyma uzmalari bug‘da pishiriladi va sabzavot bo‘tqasi yoki yopiq idishda pishirilgan sabzi bilan, ustiga sariyog1 quyib suzib beriladi.
Mol go‘shtidan qilingan sufle (1-raqamli parhez). Qaynatib pishirilgan mol go‘shti pardadan tozalanib, mayda ko‘zli go‘sht qiymalagichdan 2 marta o‘tkaziladi-da, baliq sufle kabi tayyorlanadi va suzib beriladi. 2, 5-raqamli parhezlar uchun suflelarni toblab (qizartirib) pishirish mumkin.
Shirin taom va ichimliklar
raqamli parhez uchun nordon bo‘lmagan mevalardan shirin taomlar- kisellar, dirillama (jele), muss, ezg‘ilangan kompotlar tayyorlanadi.
raqamli parhez uchun ham aynan shu taomlar (jumladan, nordon mevalardan ham) tayyorlanadi. 5-raqamli parhez uchun pishgan shirin mevalardan tayyorlangan xilma-xil ovqatlardan foydalaniladi.
Rovoch kompoti (2-raqamli parhez). Issiq suvda shakar eritilib, qaynatiladi. Qaynayotgan qiyomga tozalanib, 1,5-2 sm li bo‘laklar tarzida to‘g‘ralgan rovoch solinadi-da, qizdirish to‘xtatiladi va kashnich qo'shiladi, idishni qopqog‘i bilan yopib, sovitiladi. Stakan yoki kremankaga quyib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |