Uzbekiston respublikasi


birinchidan, shaxs muayyan madaniy muh’itda shakllanadi va wsha madaniyatni wzlashtiradi; ikkinchidan



Download 1,52 Mb.
bet10/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

birinchidan, shaxs muayyan madaniy muh’itda shakllanadi va wsha madaniyatni wzlashtiradi;
ikkinchidan, madaniy qadriyatlarning egasi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy muh’itda faoliyat kwrsatadi;
uchinchidan, madaniy ijodiёt subekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi.
Madaniyatli jamiyatning asosiy xususiyatlarini, madaniyatning mezon va mazmunini ziёlilar qatlami belgilaydi. Ziёlilik bu nafaqat keng bilimga ega bwlishni, balki tashabbuskorlikni, masuliyatni, axloqiy-estetik tomondan shakllanishni bildiradi. Ziёlilar - aqliy meh’natning xilma-xil murakkab turlari bilan shug’ullanuvchi qatlamdir (fan va madaniyat xodimlari, wqituvchilar, muh’andis- texniklar, shifokorlar).
Madaniyatlilik – kamtarlik, h’alollik, rostgwylik, saxovatpeshalik, insonparvarlik, yaxshilik, saxiylik kabi insoniy fazilatlarga ega bwlish, axloqiy qoidalarga twla amal qilish, wz millati h’amda boshqa xalqlarni h’urmat qilishni wzlashtirishdir.
Etarli bilimga ega bwlmagan h’olda barcha bilimlar va narsalar twg’risida fikr bildiruvchi kishi yuzaki ishqiboz (diletant)dir. Yuzaki ishqibozlik madaniyatlilikning etishmovchilig belgisi bwlib, chinakam madaniyatlilik va ziёlilikka aloqasi ywqdir.
Tarbiyalilik ziёlilikning asosiy belgisi bwlib, uning umumiy madaniy saviyasi kwpincha nutqda aks etadi. Madaniy nutq, avvalo, «twg’ri nutq» demakdir. Madaniyatli kishi ifodali va chiroyli nutq orqali wz fikrini baёn qiladi. Ziёlining estetik didi baland bwladi. U sanat asarlarining gwzalligi tug’risidagina emas, balki kishilarning, tabiatning va jamiyatning gwzalligi h’aqida fikr yuritishga, qwpollik va adolatsizlikka qarshi turib, uni bartaraf qilishga qodir bwladi. Hamma narsada meёr va uyg’unlik tuyg’usi ziёlilikniig asosiy h’ususiyatidir.
Ziёlilik bilim va tarbiya orqali kamol topadi. Ziёli­lik tushunchasiga, umumiy madaniyatdan tashqari, nozikdidlilik, umuman, h’aёtga yuksak ong va ijtimoiy faollik bilan munosabatda bwlish h’am kiradi. Demak, «ziёlilik» faqat aqliy meh’nat kishisiga taalluqli emas, balki istedodi keng qamrovli, oliyjanob fazilatlarga ega, manaviyati yuksak h’ar bir odamga nisbatan qwllash mumkin.
Ziёli - intellektual fikrlash qobiliyati yuksak shaxs, uning madaniyatli odamdan farqi shuki, u jamiyat va millat taqdiriga manaviy jih’atdan javobgardir.
Shaxsning individual xususiyatlari bilan bog’liq bwlgan yuqoridagiday manaviy, aqliy jaraёnlar faqat malum bir xalqqa xos milliy xususiyat emas, balki universal xususiyatdir. Ammo madaniy xususiyatlarning h’ar bir xalqda aloh’ida, wziga xos xususiyati h’am borki, bu xususiyatlar boshqa xalq uchun g’ayritabiiy tuyulishi mumkin. Masalan, tirbiyalilik umumiy xususiyat sifatida muomala va nutq jaraёnida h’osil bwlsa, tarbiyalilikning turli xalqlarda ayrim kwrinishlari borki, bunday h’olda milliy xususiyatlarni etiborga olish kerak. Masalan, evropaliklar xuddi wzbeklar singari salomlashganlarida, qwl uzatadilar. Xitoyliklar, yaponlar, h’indlarning muomala madaniyatida bu alomatlar ywq. Venada yashaydigan erkaklar aёl kishi bilan tanishganlarida, “qwlingizni wpay” deb murojaat qiladilar, polyak esa tanishuvda aёlning qwlini wpadi, wzbek erkak va aёllari uchun bu singari salomlashuv tarbiyasizlikning bir kwrinishidir. Ёki ingliz xalqiga mansub odam wz uncha h’urmat qilmaydigan birontasiga xat ёzganda, “h’urmatli janob” degan murojaat bilan boshlaydi. Ruslar meh’mondorchilikka borganlarida, kosada ovqatini qoldirmasligi kerak, qoida shu. Xitoyliklarda esa meh’monga tushlik oxirida guruch berganlarida, h’ech kim qwlini tegizmasligi lozim (bu bilan ular wzlarining twq ekanliklarini kwrsatishlari kerak).
Kwrinadiki, tarbiyalilik kabi madaniy jaraёn ёki tushunchalar twg’risida swz yuritilganda, albatta, universal tushunchalar bilan birga, milliy regional xususiyatlarni h’am nazarda tutgan h’olda xulosa chiqarish kerak.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish