Uzbekiston respublikasi


«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari



Download 1,52 Mb.
bet12/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari
1. Aksiologik (qadriyat mezoni asosidagi) talqin. Bu talqinga kwra, ma­daniyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va manaviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Madaniyat qanday namoёn bwlishidan qatiy nazar, qadriyat mezoniga ega bwladi.
Madaniyat tushunchasi rivojlanish, tarix, inson kabi kategoriyalarga bog’liq bwladi. İnsonning faoliyati natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bwlgan voqelik aksiologik tarifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatini qamrab oladi. Bu talqin kamchiliklardan h’am xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik ravishda h’isoblashga asoslangan. Bunday ёndoshuv voqelikka subektiv bah’o berishga olib keladi. Aksiologik ёndoshuv doirasida madaniyat faoliyati natijasi wtmishga aylanib qolib, wtmish va h’ozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin. Kadriyatga ёndoshuvning zaif tomonlarini kwrsatish boshqa davrga xos madaniy boyliklar tizimidan voz kechishni anglatmaydi.
2. «Faoliyat» tushunchasi asosida madaniyatni talqin qilish.
Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan h’arakat tufayli uni kishilarning ijodiy faoliyati jaraёni mah’sulidir, degan tushuncha paydo bwldi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki ananalarni, madaniy ёdgorliklarni saqlab qolishga h’am masuldir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va mana­viy faoliyati, ijodiy soh’alar bilan bir qatorda wzida faoliyat kwrsatish va madaniyatni wzlashtirish jih’atlarini mujassamlashtiradi.
İjodiy faoliyatning kwlami qancha katta bwlsa, madaniyatning bir avlod tomonidan qabul qilinishi va kelgusi avlodlarga etkazib berish uchun zarur bwlgan shart–sharoitlar faollashadi. Faoliyat – maqsadli ywnaltirilgan faollikdir.
3. İnformatsion talqin madaniyatni «irsiyatga bog’liq bwlmagan axborotlar yig’indisi»dan tashkil topgan va saqlanib kelgan h’odisa sifatida tushuntiradi. «Madaniyat axborotlar ombori emas», balki u nih’oyatda murakkab tashkil topgan mexanizm bwlib, u axborotni eng foydali va qulay usullar bilan saqlab keladi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta malumotlarga aylantiradi, ularni belgilarini bir tizimdan boshqasiga wtkazadi.
«İrsiyatga bog’liq bwlmagan axborotlar yig’indisi» sifatida xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik jaraёn emas, balki ijodiy jaraёn h’isoblanadi. Xotiraning muh’im manaviy ah’amiyati shundaki, u vaqt twsig’ini engib, istiqbolga davat etadi. Umumiy xususiyatlariga kwra, biz madaniyatni xotira bilan qiёslashimiz mumkin. Bunda biz aloh’ida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz.
Adabiёtshunos Yu.M.Lotmanning fikricha, «madaniyatdagi burilish» uni axborotga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexanizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan birga uning kwlamini kengaytiradi. “Madaniyatga burilish” qonuniyatiga kwra, wzini doimiy ravishda mukammallashtirib, rivojlantirib boradi. Shuning uchun madaniyat bir vaktda h’am statik h’amda dinamik xususiyatlarni namoyish qiladi. Shu manoda madaniyat tirik azo va sanat asarlariga xos bwlgan h’ususiyatlarga ega. Madaniyatni xuddi insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilish wrinli.
Demak, birinchidan, madaniyat - inson ijodiy faoliyatining usullari, shakllari va ywllari majmui bwlib, u avloddan–avlodga vorsilik asosida wtadigan moddiy va manaviy boyliklar orqali ifodalanadi. Madaniyat - insoniyat tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat, borliqdir»
İkkinchidan, madaniyat mazmun–moh’iyati va shakliga kwra, moddiy va manaviy madaniyatga bwlinadi. Madaniyatning h’ar ikki kwrinishi bir – biri bilan uzviy bog’liq, biri ikkinchisini twldiradi. Manaviy madaniyat – moddiy madaniyat kwrinishida ifodalanganidek, moddiy madaniyat h’am manaviy jaraёn, ijodiy izlanish, badiiy tafakkur mah’suli sifatida yashaydi va amal qiladi.
Uchunchidan, madaniyat inson tomonidan yaratilibgina qolmay, yaratilish jaraёnida insonning “shakllanishi”ga, wzgarishiga tasir kwrsatadi. Madaniyat boyliklaridan muttasil bah’ramand bwlish (kitob mutolaasi, sanat asarlarini wrganish, ah’loqiy fazilatlardan ibrat olish, wtmish madaniyati ёdgorliklarini wrganish v.b.) insonni komillikka etaklaydi.
Twrtinchidan, madaniyatlilik – tarbiyalilik, ziёlilik, inson komilligining muh’im belgisi va sharti bwlib, u h’ar bir odamni madaniyat boyliklaridan bah’ramand bwlishga, ijtimoiy masuliyatga, h’aёtda wz wrnini topishga undaydi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish