Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet7/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Madaniyat mustaqilligi. Texnikaning rivojlanishiga va mexnatning ijtimoiy mazmun kasb etishiga erishish natijasida madaniyat mustaqil soh’a sifatida ajralib chiqdi. İnson wzi yaratgan madaniyatga tobe bwlib boraveradi. Hozirgi rivojlangan jamiyatdagi ekologiya, manaviyat va axloq soh’alaridagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni noёb h’odisa sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini anglash va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga wrganish zaruriyat bwlib qoladi.
İnsoniyat jamiyati doimiy rivojlanishda bwlib, u wzgarib takomillashib boraveradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatda odamlar jamiyatdagi wzgarishlarni wzgacha anglaydilar va qabul qiladilar, wziga xos tasavvur va bilim h’osil qiladilar. Biz h’ozirgi davrdagi mavjud muammolarga wxshash bwlgan twsiqlarni wtmishda odamlar qanday qilib bartaraf qilganlarini wrgana borib, wtmishga savollar orqali murojaat qilamiz. Wtmishdan wzimiz javob topamiz, natijada wtmish, h’ozirgi zamon va kelajak wrtasida doimiy muloqot bwlib turadi. Albatta, h’ar bir davrdagi madaniy tushunchalar ёki jaraёnlarning tarixiy bosqichlar ёki davrlarni bog’lashda roli katta.
Jamiyat va madaniyat. Madaniyat — jamiyat mah’suli, ijtimoiy h’aёtning muh’im mulki h’isoblanadi. Madaniyatsiz jamiyat bwlmaganidek, madaniyat h’am jamiyatdan tashqarida mavjud bwlmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning wziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat ajdodlarining meh’nati, bilimlari, dunёqarashini wzida aks ettiradi ularni saqlab muntazam boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy h’aёtning vorisi sifatida qadriyatlarni twplaydi, ularni kelgusi avlodlarga etkazib beradi.
Madaniyat ijtimoiy h’aёtning tarkibiy qismi sifatida jamiyatdagi h’odisaning mazmun–moh’iyatiga va tah’lil qilinaёtgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. İnsonlarning xatti-h’arakati, yani ularning ijtimoiy faoliyati madaniy qadriyatlarni, mezonlarni qaror toptirishda asosiy vosita vazifasini, shuningdek, insonlarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlari, shaxslararo va guruh’lararo aloqalari shaklida h’am ifodalanadi.
Shu boisdan h’am jamiyat, madaniyat va shaxs munosabatlariga kundalik h’aёtda biz kwp duch kelamiz, yani madaniyatni murakkab tizim sifatida tasavvur qilamiz. Zotan, ming yillar davomida paydo bwlgan insoniyat madaniyati shu munosabatlar ywlini bosib wtgan va shunday bwlishi kerak. Garchi madaniyat murakkab tizim bwlsa h’am, albatta, uning ilk “h’ujayralari” ёki “poydevori” topiladi. Ana shu topilgan “h’ujayra” ёki “poydevor” madaniyatning elementlari ёki xususiyatlari deb yuritiladi. Ana shu jih’atdan antropologlarning madaniyat xususiyatlariga oid qarashlari muh’imdir.
Bir qator antropologlarning dalillariga kwra, madaniyat universal, umumiy va noёb (wziga xos) xususiyatlardan iborat bwladi.10
Madaniyatning universal xususiyatlari shundan iboratki, bu xususiyatlar butun insoniyatga xos bwlib, insoniyatni boshqa jonzotlardan farqlaydi. Bu xususiyat, avvalo, insoniyatga xos ijtimoiy biologik jaraёn, jumladan nasllarni tarbiyalash, bolalarning ota–onalarga bog’langani, guruh’ bwlib yashash, oziq–ovqatlarning taqsimlanishi, oila qurishi va h’okazolarni qamrab oladi. Shuningdek, yaqin qarindoshlar bilan oila qurish maqsadga muvofiq emasligi h’am madaniyatning umumiy xususiyatlariga kiradi. Zotan, qadimdan er yuzidagi aksariyat xalqlarda ekzogamiya (wz qabilasidagi, urug’idagi aёlga uylanish ёki erga tegishni man qiluvchi urf–odat), qarindoshlarning qoni aralashuviga ywl qwymaslik qonun singari amal qilgan. Bu urf–odatlarni buzganlar h’amma madaniy tizimda jazolangan, albatta, h’ar xil darajada va h’ar xil usul bilan.
Madaniyatning umumiy xususiyatlari bir qator jamiyatga va xalqlarga mansubdir. Bu xususiyatni h’ududiy madaniyat deb h’am atash mumkin.
Hududiy madaniyat wxshashligining birinchi sababi shuki, ayrim xalqlar boshqalariga qaraganda, madaniy yutuqlarini wzaro almashadilar. Masalan, Wzbekiston h’ududida istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari h’am, xuddi wzbeklar singari meh’monni xush qabul qiladilar, mexmondwstlik fazilatilarini kwrsatadilar. Ёki Wrta Osiё h’ududida istiqomat qiladigan wzbek va tojik xalqlarida oiladagi wzaro munosabatlar umumiy madaniy xususiyatlarga ega. Farzandlarning ota–onaga itoatkorligi ёki ota–onani moddiy va manaviy qwllab–quvvatlashi, shuningdek, wzbek va tojiklar bilan bir h’ududda yashaydigan boshqa millatlarga h’am shu fazilatlarning wtganini misol qilib kwrsatish mumkin.
İkkinchi sababi – ajdodlarning etnik jih’atdan umumiyligidir. Bu sabab tarixiylik kasb etadi. Qadimiy qabilalarning etnik jaraёni bilinmas h’olga kelgani h’olda, udumlar va urf–odatlar ularning etnik birligiga ishora qiladigan omillardan biriga aylanadi. Masalan, skiflar va qadimgi turkiylarning dafn odatlarida va dafn marosimi bilan bog’lik udumlarda kwrish mumkin. Gerodotning ёzishicha, skif zodagonlaridan (u “shoh’ skiflar” deb ataydi) birontasi vafot etganda (miloddan oldingi V asr), ah’oli marh’um uchun aza tutaёtganini kwrsatish uchun quloqlarini, qwllarini tiladilar, sochlarini oldiradilar, peshonasi va burnini yaralaydilar, chap qwliga kamon wqini suqadilar, yaxshi kwrgan otlarini qurbonlik qiladilar. Qadimgi turklarda h’am shu udum davom etgan. Turk xoqoni Eltarish xoqon vafot etganda (milodiy 692 yilda) dafnda ishtirok etaёtgan odamlar sochlarini qirdirganlar, quloqlarini yuzlarini tilganlar, zotdor otlarini qurbon qilganlar11.
Uchinchi sababi – er yuzining turli h’ududlariga istiqomat qiladigan xalqlarda yuz beradigan bir paytdagi va bir–biriga bog’liq bwlmagan madaniy h’odisalardir. Masalan, turli qitalarda yashovchi insonlarning azaldan shu bugungacha turli buyumlarga, daraxtlarga, toshlarga topinganlar va bu h’ozirda h’am ayrim xalqlarda saqlanib qolgan.
Madaniyatning noёb xususiyatlari – g’ayriodatiy (ekzotik), kwpchilik tomonidan qabul qilinmagan odatlar, udumlardir. Dafn odatlari shunga misol bwla oladi. Bazi xalqlar madaniyatida insonlar tug’ilganda emas, balki dafn marosimlarida saxiylik kwrsatilishi kerak, deb h’isoblaydilar. Masalan, Madagaskarda dafn marosimlari odamlarning jamiyatdagi wrnini belgilaydigan maqom darajasidadir. Shuning uchun ayrim odamlar vafot etganda, dafn marosimiga minglab odamlar keladi, ayrimlariga kamchilik qatnashadi, aza h’aftalab davom etadi. AQSh va Rossiyada dafn marosimi bir necha soat davom etadi. Boshqa ayrim xalqlar madaniyatida esa aksincha – inson dunёga kelib, h’aёti davomida boshqalarga oliyh’immatli bwlishi lozim, deb biladilar.
Xullas, madaniyatni yuzaga keltiruvchi asosiy omil jamiyat va unda yashaydigan odamlardir. Jamiyat mah’suli bwlgan madaniyat qanchalik mukammallashib, boyib borsa, uning insonga va jamiyatga tasiri kuchayib, mustaqil bwla boradi. Masalan, antik jamiyat allaqachon tarixga aylangan bwlsa–da, wsha jamiyat yuzaga keltirgan moddiy madaniyat h’ozirgi kunda h’am wz ah’amiyatini saqlab qolgan.
Biz wtmish davr madaniyatini wsha vaqtdagi odamlarga nisbatan kam bilamiz. Ammo masala bunda emas, balki wtmish madaniyati uzluksiz ravishda davom etib kelgani va bir davr madaniyati ikkinchi bir davr uchun zamin bwlib kelgani muh’im masaladir. Shuning uchun madaniy taraqqiёt h’ar doim uzluksizlikni talab etgan va shunday bwlib qoladi. Zotan, madaniyatga jamiyatning mah’suli, faoliyat usuli sifatida qaralgani uchun h’am h’ar bir jamiyatni u ёki bu madaniyatni yuzaga keltiruvchi manba sifatida h’am qarash lozim bwladi.
Jamiyat mah’suli bwlgan madaniyat davr wtgan sari takomillashib boyib borsa, uning insonga va jamiyatga tasiri mukammallashib, nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, Antik jamiyat allaqachon wtmish tarixga aylangan, ammo u davrdagi madaniyat bugungi kun madaniyatiga zamin bwlgan va shu bois h’am wz ah’amiyatini saqlab qolmoqda.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish