Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet6/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Madaniyatshunoslik fanining diqqat markazida inson turadi, zero madaniyat - bu inson yaratgan boylikdir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu munosabatlar uning h’aёt tarzida namoёn bwlishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini, madaniyatlar tipologiyasini wrganadi. Madaniyatshunoslik fani madaniyatni ilmiy izoh’lab, uning umumtarixiy mazmuni va manosini belgilaydi, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimidagi wrni va mavqeini asoslaydi.
Madaniyatshunoslik fani tarix, sanatshunoslik, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, nisbatan ёsh ijtimoiy – gumanitar fan h’isoblanadi. Uning izlanish obekti ijtimoiy voqelik bwlgan madaniyat va inson h’aёti uslubi h’isoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilishi bilan bog’liq masalalar twg’risida, madaniyat qoidalari, institutlari, qadriyatlarining jamiyat h’aёti va rivojlanishidagi wrni, wzaro aloqalari jaraёnlari wrganiladi.
Kursning oldiga qwyilgan asosiy masala – jamiyat, madaniyat va inson munosabatlaridir. Darvoqe, bu uch tushuncha yana kwp fanlarning obekti h’isoblanadi. İnson jamiyatdan yashar ekan, wzining yashash tarzini h’amma davrlarda paydo qilib, takomillashtirib boradi, shu tariqa inson wz imkoniyatlarini kwrsatib boraveradi.
Tabiatning mavjudlik qonuni xilma - xil bwlganidek, insonning ichki tabiati, yani madaniyati h’am tabiiy muh’it, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar tasirida doimiy ravishda wzgarib turar ekan, bu wzgarishlar faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidan iborat. Ammo aksincha wzgarishlarga – malum bir ananaviy jaraёnlarning ywqolishiga sabab bwlishi h’am mumkin. Masalan, malum bir davrda manaviy h’aёtga fan–texnika taraqqiёti tasir etib, ananaviy xalq udumlari, xalq og’zaki ijodining ywqolishiga sabab bwladi.
Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tah’lil qilishda uch bosqichni tabiiy birlikda olib qaraydi:
a) aniq bir davrning yah’lit qiёfasini, yani uning bus–butun tasvirini yaratadi;
b) malum davrdagi manaviy jaraёnda insoniyat jamiyatining wrnini belgilaydi;
v) aniq bir davrning «mazmuni»ni tah’lil qiladi, yani uning h’ozirgi davr aqliy jaraёnida qanday wringa ega ekanligini, davr wzgarishlari bizga qanday tasir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan yaqinligini, h’ozirgi vaziyatning qaysi ijtimoiy va individual kamchiliklari biz uchun dolzarb masalaga aylanganini kwrsatadi.
Xullas, madaniyatning kwrinishlari tarixiy davrlarga qarab wzgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda h’am sifat wzgarishlari yuz beradi. Malum bir tarixiy davrda yashagan kishilarning dunё twg’risidagi tasavvurlari, bilimi, manaviy qadriyatlari twg’risida atroflicha malumotga ega bwlishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilamiz. Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli h’alqlarniig ma­daniy rivojlanish tarixini jah’on madaniy taraqqiёtinint tarkibiy qismi sifatida wrganadi. Shu bilan birga, konkret tari­xiy davrning ijtimoiy taraqqiёtda egallagan madaniy rivojlanish bosqichlarini, umumiy qonuniyatlarini, wziga xos xususiyatlarini h’am wrganadi.
Madaniyatshunoslik wquvchilarni turli tarixiy davrlar madaniyati ayrim ijtimoiy guruh’larning urf-odatlari, turmush tarzi twg’risidagi bilimlar bilan boyitadi. K tarixiy va gumanitar soh’a bilimlarini bir tizim h’oliga keltiradi, ijtimoiy turmush voqealarini yaxlit mazmun asosida anglashga ёrdam beradi. Yana kwplab betakror va mustaqil madaniyatdan tashkil topgan jah’on tsivilizatsiyasining yaxlit jaraёnini, ayni paytda xilma-xilligini kwrsatadi. Qolaversa, insonlarning manaviy etuklikka erishishlarida, fikrlarning xilma–xilligini kwra bilishda, fan taraqqiёtini twg’ri bah’olash qobiliyatini h’osil qilishda h’am muh’imdir.
Madaniyatshunoslik fani muh’im tarbiyaviy vazifani h’am bajaradi. Kursning diqqat markazida insonda ziёlilik h’issini tarbiyalash turadi. “Kishi qanchalik ziёli bwlsa, – degan edi D.S.Lixachev, – u shuncha kwp tushunadi va wzlashtiradi, uning dunёqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayib boraveradi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bwlsa, u h’amma yangiliklarga va «g’oyat eski»likka nisbatan shuncha befarq bwladi. Unday odam wzining eski odatlari bilan yashaydi. Bunday odam dunёqarashi torligidan h’amma narsaga shubh’a bilan qaraydi.
Wtmish madaniy qadriyatlarni, wzga millatlar madaniyatini bilish, uni saqlash, va h’urmat qilish, ommalashtirish, estetik qimmatini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiёtning eng muh’im jaraёnlari h’isoblanadi. İnsoniyat madaniyatining rivojlanishi tarixi – bu nafaqat yangi, balki eski mada­niy boyliklarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, wzga xalqlar madaniyatini bilish, malum manoda, gumanizm tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Ayni paytda xalqlarga nisbatan h’urmat, bag’rikenglik demakdir“4.
Madaniyatshunoslik fanining yana muh’im vazifalaridan biri - bu insonda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdan iboratdir. Madaniyat faqatgina moddiy va manaviy boyliklar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyat h’amdir. Madaniyatshunoslik yangi malumotlar berish bilan birga, ёshlarda madaniy h’odisalargawz munosabatitini bildirish malakasini h’osil qiladi. Xilma-xil malumotlar berish bilan birga, fikrlash uzliksizligini, mantiqiy fikr qilishni shakllantiradi.
Kursning tarbiyaviy vazifasi uni bilish nazariyasi bilan qwshib wrganishni talab etadi. Tarixiy davrlar madaniyatini wrganishdan maqsad shuki, turli xalqlar madaniyati bir–biriga bir–biriga qarama-qarshi qwyilib bah’o berilmaydi, balki h’ar bir madaniyatdagi yangilik wrganiladi, Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik fani madaniyatga yaxlit dunёni va h’aёtni yaxlit idrok etish usuli sifatida qaraydi.
Hozirgi zamon Madaniyatshunoslik fanida «madaniyat» tushunchasi qwllanishiga kwra quyidagi obektlarni qamrab oladi va bu kundalik turmush bilan bog’langan:
a) individual - aloh’ida olingan bir shaxs madaniyati;
b) malum ijtimoiy tabaqa madaniyati - milliy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;
v) mintaqaviy – malum bir h’udud va zamon bilan chegaralanmagan muayyan jamiyat madaniyati;
g) umuminsoniy madaniyat.
Madaniyatni qwllanishi jixatidan turlarga bwlish munozarali bwlsa–da, bu turlarning mavjudligini inkor qila olmaymiz. İjtimoiy taraqqiёt tafovutlarni ywqotmaydi, balki, aksincha, tafovutlarning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun tafovutlarni tobora chuqurroq wrganish madaniy taraqqiёt twg’risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi.
Madaniyat” tushunchasi turli tillarda turli swzlar, jumladan ingliz tilida “culture”, rus tilida «kultura» swzlari bilan ataladi. Wzbek tilidagi «madaniyat» swzi arab tilidagi «madina», yani shah’ar swzidan kirib kelgan bwlib, «shah’arga xos», «shah’arga oid» degan lug’aviy manoni ifodalaydi.
G’arbiy mamlakatlarda keng ishlatiladigan «kultura» swzi asli lotincha swz bwlib, qadimgi Rimda deh’qonchilikka oid «ishlov berish», «parvarish qilish» degan manoni bildirgan. Tuproqqa ishlov berish – qishloq madaniyati – deh’qonchilik madaniyati bilan bog’liq tushunchadir.
Sharq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy taraqqiёtning aniq ilmiy talqinlarini h’amda chegaralarini kwramiz. X1V asrda yashagan arab faylasuf olimi İbn Xaldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy tah’lili diqqatga sazovordir. Uningcha, insoniyat dastlab ёvvoyilik h’olatida bwladi. Keyin u tabiiy olamdan ajralib chiqadi va ijtimoiylik kasb etadi. İbn Xaldunning kwrsatishicha, insoniyat jamiyati doimo wzgarib borib, taraqqiёt jaraёnida ikki bosqichni bosib wtadi: 1. Bidava. 2. Xidara. Bu ikkala bosqich “insonlar yashashi uchun qanday vositalar topishi”ga kwra, bir–biridan farq qiladi. Birinchi – bidava bosqichida odamlar asosan, deh’qonchilik va chorvachilik bilash shug’ullanadi. İkkinchi – xidara bosqichida yuqoridagi mashg’ulot turlariga h’unarmandchilik, savdo, fan va sanat qwshiladi. Har ikkala bosqich bir h’udud doirasida bwlishi mumkin.5 İbn Xaldunning fikricha, shah’arda ywq, kundalik eh’tiёjni qondiradigan h’aёt tarzi – deh’qonchilik va chorvachilik ibtidoiy h’aёtni, h’ashamatli h’aёt kechirish va shuning uchun h’arakat qilish, dabdabali h’aёt kechirish uchun intilish, shah’arlar barpo qilish tsivilizatsiyani keltirib chiqardi.6
XV111 –X1Xasrlarda evropaliklar “kultura” swzini manaviy–ruh’iy manoda ishlata boshlaganlar. Bu swz insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan bwldi.
Vaqtlar wtishi bilan “madaniyat” tushunchasining h’ajmi kengayib, tarifi va tavsifi kwpayib borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonning 1952 yildagi malumotlariga kwra, madaniyat tushunchasiga berilgan tarif 164 ta bwlgan, swnggi adabiёtlarda esa madaniyatning tarifi 500 dan ortiq7 deb takidlanadi.
“Madaniyat” tushunchasini tariflash uchun juda kwp iboralar ishlatiladi. Jumladan, qatorida “insoniyatning yashash tarzi”, “insonning jamiyatdagi twlaqonli faoliyati”, «inson wzining yashashi uchun yaratgan muh’it», «yaxlit ijtimoiy organizm», “insoniyat yaratgan moddiy va manaviy qadriyatlar majmui”, “ikkilamchi, yani suniy tabiat”, “insonning ijodiy faoliyati mah’suli”, “jamiyatning manaviy h’olati”, “shartli belgilar yig’indisi”, “meёr va andozalar majmui” va h’okazo.
Madaniyatga berilgan tariflar orasida mashh’ur ingliz etnografi, antropologiyaning asoschilaridan biri Eduard Taylor (1832–1917) tarifi eng mukammal deb h’isoblanadi. Uningcha, madaniyat – insonning axloqi, kuch–qudrati, baxt–saodati taraqqiy etishiga bir vaqtning wzida kwmaklashish maqsadida aloh’ida shaxsning va butun jamiyatning yuksak darajada tashkil qilinishi ywli bilan insoniyatning kamol topishidir8.
E.B. Taylorning mazkur tarifi mukammal bwlsa h’am, bugungi kunda madaniyatning yangi qirralari kashf qilinmoqda. Shu bois E. Taylorning madaniyatga bergan tarifi moh’iyatini saqlagan h’olda, quyidagicha tarif berish mumkin:
Madaniyat – inson jamiyat azosi sifatida wzlashtirgan bilimlarni, inonch–etiqodlarni, sanatni, axloq va qonunlarni, urf–odatlarni, shuningdek, uning boshqa qobiliyati va kwnikmalarini wz ichiga olgan majmuadir.
G’arbiy Evropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan etiboran yuqoridagi tarifday mazmun kasb etdi. Ammo bu tushuncha faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan mustah’kam wrin oldi. Kishilik jamiyatining beqiёs kwlamga ega bwlgan, doimiy ravishda wzgarib boruvchi malumotlarni tartibga solishga ёrdam beradigan, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalashga bwlgan eh’tiёji madaniyat tushunchasining keng tarqalishiga sabab bwldi.
Qadimgi Rimda «madaniyat» tushuncha­si bora–bora «h’aёtni manaviy jih’atdan yanada yaxshilash va takomillashtirishga qaratilgan g’amxwrlik» degan manoda ishlatila boshlagan edi. Malumotlarga kwra, mashh’ur Rim faylasufi, Tsitseron h’am «ruh’iy madaniyat» terminini ishlatgan. Evropa xalqlarida esa XVIII asrning oxirlarigacha «madaniyat» termini aqliy, axloqiy tushunchalar bilan bir qatorda ishlatilgan. Kwrinib turibdiki, «madaniyat» tushunchasi turli tushunchalarni ifodalashiga qaramay, qadimdan h’ozirgi kungacha wz moh’iyatini wzgartirmagan9.
Hozirgi davrda madaniyatga berilgan ilmiy tariflar insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etaёtgan manaviy, ruh’iy jaraёnning wziga xosligini anglash natijasida vujudga keldi. İnsoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda – ov qilish, baliq tutish, ilk chorvachilik va deh’qonchilik bilan shug’ullangan davrlarda bugungi singari madaniyat twg’risida fikr yuritgani gumon, aniqrog’i, ilmiy tah’lil bwlmagan. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson wz madaniyati bilan h’amroh’ bwlib yashagan. Urf–odatlar, etiqodlar, h’aёtning moddiy va ijtimoiy shakllari madaniyatning aloh’ida kwrinishi sifatida aloh’ida ajralmagan edi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish