Bajardi: Alijonova Sevinch Rahbarlik sifatlari. Yuqorida aytib otilganidek rahbarda tugma qobiliyat boladi deb ham aytib bolmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bolmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida koplari rahbarlik uchun qulay va maquldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bolishi lozim bolgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha toxtalib otmoq lozim. - Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning malum normasi bolishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun ortadan yuqori bolmogi maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bolgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik tosiq bolishini amaliyot va hayot korsatdi. Rahbardagi ortadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy tasir korsatadi.
- Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yol-yoriqlar korsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. Rahbarda mustaqillik bolsa, unda oziga ishonch ham boladi, bu esa oz navbatida rahbardagi subyektiv talablar darajasining yuqori bolishiga olib keladi. Kopincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo oz-oziga nisbatan talabchan bolishi kerak. Oz-ozini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
- Har qanday rahbar uchun universal, kerak bolgan hislatlardan yana biri tom manoda “ziyoli" bolish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bolishdir. Boshliq ozidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan boladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmogi lozim. Muomala madaniyati — bu orinli, aniq, qiska, samimiy gapirish sanati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar ortasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni togri yosinda gapira olmaslik yotadi. Ozganing orniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bolish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
- Jamoa faoliyatini va oz faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bolgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida oz-ozini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni taminlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu oziga xos kelajakni kora olish kobiliyati, kelajak obrazi bolib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bolib, u shaxsning oz diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan ozini tiyish, qol ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni oz vaqtida nazorat qilib, sorab olish imkoniyati bilan bogliq. Oz ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bolgan rahbar realistik tafakkurga ega bolmogi, yani har qanday sharoitlarda ham osha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng togrisi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni togri tashkil eta bilgan, yani eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini togri yolga yonaltira oladigan odam bolishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan kora bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, ozgalarni oz ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak korsatkichlarga erishishi mumkin.
E‘tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |