Madaniyatlilik tushunchasiga qwshib ishlatiluvchi sifat keng bwlib, uni qwllash jamiyatning umumiy madaniy darajasiga va shaxsning sotsial maqomiga bog’liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «h’izmat kwrsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» «boshqarish madaniyati», «nutq madaniyati», «ekologik madaniyat», «h’uquqiy madaniyat», «tibbiy madaniyati», «turmush madaniyati» va boshqalar twg’risida kwp gapirilmoqda. Bu iboralar orqali ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat kwrsatishi tushuniladi. Bazan madaniyat twg’risidagi tasavvurlar shah’ar turmush tarziga, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish «madaniyatli» kishilar bilan dwstlashish va boshqa chiroyli narsalarni bezak sifatida ishlatishga bog’liq degan fikr bildiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan h’olda, “madaniyat” termini ikki manoda – tor va keng manoda qwllanishini anglash mumkin. Keng manoda – h’aёtiy talab va eh’tiёjlar tufayli jamiyatda mustaqam wrnashgan urf–odatlar, ijtimoiy institutlar, shuningdek, davlat va iqtisod h’am madaniyatga taaalluqli deb h’isoblanadi. Tor manoda madaniyatning chegaralari manaviy ijod, sanat, axloq, shaxsiy aqliy faoliyat chegaralari bilan tutashadi.12
“Madaniyat”ni tor manoda qwllash tarafdorlari ijtimoiy h’odisalarning h’ammasini ёyishni notwg’ri deb h’isoblaydilar. Jamiyatda kwplab nomaqul, jirkanch odatlar borki, ularni madaniyat deb atab bwlmaydi. Giёh’vandlik, jinoyatchilik, urushlar, ichkilikbozlik va bunga wxshash h’odisalar insoniyat tomonidan suniy ravishda yaratilgan, bularning h’ammasi ijtimoiy h’odisalarga mansub. Biz madaniyatni faqat mezon va urf–odatlardangina (ular istalgan kwrinishda bwlishi mumkin) iborat emas, balki qadriyatlardan h’am iborat deb bilar ekanmiz, giёh’vandlik ёki jinoyatchilikni aslo madaniyatga mansub deb bwlmaydi, chunki bu illatlar jamiyat uchun ijobiy qadriyat emas. Bunday illatlar insoniyat yaratgan ijobiy qadriyatlarni ywqotishga qaratilgan. Bularni bah’olashda mezon – inson, uning rivojlanish wlchovi. Ana shunda madaniyat – taraqqiёtga ёrdam beradigan ijobiy fazilat va moddiy narsalardir, deb bah’olay olamiz.
Madaniy voqelikka inson befarq munosabatda bwla olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va xissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida twplagan tajribasidan boshlanadi, qolaversa, kishining jamiyatda tutgan wrniga, ёshiga, mavqeiga h’am bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan u wziga begona bwlgan urf-odatlarga, madaniy h’odisalarga eh’tiёtkorlik bilan munosabatda bwladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |