Uzbekiston respublikasi


Mavzu bwyicha takrorlash uchun savollar



Download 1,52 Mb.
bet18/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Mavzu bwyicha takrorlash uchun savollar


1. Madaniyat qanday soh’alarga bwlinadi?
2. Moddiy madaniyatning asosiy belgilari nimalardan iborat?
3. Manaviy madaniyatning belgilarini sanang.
4. Moddiy va manaviy madaniyatning wzaro munosabati qanday?
5. Madaniyatning jamiyat h’aёtidagi vazifalarini aytib bering.
6. Madaniyatni asosiy tizimlarini aytib bering.
7. Shaxs faoliyatida madaniyatni tutgan twg’risida gapiriing.
8. Madaniy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
9. Madaniy qadriyatlarning shaxs barkamolligi va jamiyat
ravnaqidagi ah’amiyatining swzlab bering.


Mavzuga oid asosiy tushunchalar izoh’i:
İnkulturatsiya – shaxsni madaniylashuv jaraёni, shaxs tarafidan, milliy va umuminsoniy meros, qadriyatlarni wzlashtirilishi;
İndividualizatsiya – malum shaxs qobiliyatini, iqtidorini, xususiyatini jiddiy takomillashtirish bwyicha olib boriladigan faoliyat.
Tsivilizatsiya – jamiyat rivojlanishining muayan bosqichi, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tizimi, madaniyat rivojida mintaqaviy, geografik joylashuv (m: G’arb tsivilizatsiyasi), diniy, etnik, madaniy birlik – İslom tsivilizatsiyasi, Misr, Bobil tsivilizatsiyasi v.b.
Qadriyat – voqelikdagi muayan xodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy – manaviy ah’amiyatini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Qadriyatlar (m: axloq, meros) umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, shaxsiy bwlishi mumkin (m: udum, bayramlar).


3 – Mavzu Madaniy taraqqiёt va manaviy meros
REJA:
1. Madaniyatnıng turlari –moddiy va manaviy madaniyat
2. Meros dunyo xaliqlari uchın umum - insoniy mulk.
3. Madaniy meros – insoniyat utmishi bilan bogliqligi.
4. Utmishtan kelajakka utish protsessida meros mazmunıning uzgarishi.

Meros, yuqorida kwrib wtganimizday, keng qamrovli tushuncha. Shu bois u birinchi navbatda dunёdagi h’amma xalqlarning mulki h’isoblanadi. «Madaniy meros - deyiladi, «Falsafa» qomusiy lug’atida, - avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruxiy qarashlarda xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy h’amda manaviy bitiklar majmui”1.


Madaniyat turli davrlarda rivojlanishi jaraёnida wzgarib, takomillashib borgan. İnson dastlabki h’aёt tarzida tirikchilikning turli omillarini – ovchilik, kwchmanchilik, chorvachilik, deh’qonchilik, xunarmandchilikni paydo qildi, bora–bora shah’ar va qishloq h’aёt tarzini paydo qildi. Keyingi avlod ajdodlar yaratgan kundalik eh’tiёjga vositalaridan imkoniyatiga kwra wzlashtirib foydalangan. Eh’tiёjni qondira olmaganlari unutilgan, ayrimlari mukammallashtirib, saqlangan. Kezi kelib muzeylar bekorga tashkil etilmagan - u erdagi kwrgazmalar wtmish avlodlar h’aёt va tafakkur tarzini tasavvur etishga imkoniyat beradi.
Bugun biz uchun madaniy meros bwlib qolgan h’odisalar wtmishda turmushning, h’aёt kechirishning muh’im omiliga aylangan edi. Madaniy merosning ayrim qirralari, yuqorida aytganimizdek, eh’tiёjni qondira olmagandan keyin ywqolishga yuz tutgan bwlsa, ayrimlari tobora jah’onshumul ah’amiyat kasb eta borgan. Buyuk ipak ywli yuzaga keltirgan moddiy va manaviy madaniyat buning ёrqin namunasidir. Hozirga kelib dunё madaniyati tarixida “Buyuk ipak ywli madaniyati” degan nom paydo bwldi. Demak, dastlabki davrda moddiy eh’tiёj vositasi bwlgan narsa jah’onshumul madaniy h’odisaga aylandi. Shu bois “Buyuk ipak ywli madaniyati” twg’risida batafsil malumot bermoqchimiz.
Buyuk ipak ywli Xitoyning wrta qismidan g’arbga Wrta er dengizi soh’illarigacha chwzilgan va Evroosiёning quruqlik qismini kesib wtgan. Bu ywl 7000 kilometrdan oshiqroq. Xitoy – dunёda ilk bor ipak qurti boqishni ixtiro qilgan mamlakat, Shuningdek, pilla qurti urug’i Xitoy tashqi savdo aloqasida g’arb mamlakatlariga eksport qilingan asosiy tovar turi edi.
Shuni takidlash kerakki, ipak ywli yakka madaniyat bwlib shakllanmagan bwlsa h’am, Eron, Hindiston, Wrta Osiё va Xitoy madaniyatini keskin ravishda wzgartirgan.
Buyuk ipak ywlining asosiy qismini Wrta Osiёdan wtgan. Bu ywl Wrta Osiёning tog’ tizmalari bwyicha belgilangan. Kopetdog’ Eronning sharqiy qismidagi Xuroson wlkasi bilan Wrta Osiёning g’arbiy qismi tekisligini ikkiga bwlib turadi. Amudarё va Sirdarё shu tekislikdan oqib wtadi.
Sharqiy Eron, Hindiston va Xitoy orasida joylashgan ipak ywlining asosiy chizig’i g’arb, janub va sharqqa qarab chwzilgan. Bu ywllar markazi Wrta Osiёda tutashgan edi.
Buyuk ipak ywli bir qator davlatlarning iqtisodiy rivojida muh’im rol wynagani shubh’asiz. Ammo savdo aloqasi sifatida tashkil topgan bu munosabatning madaniy tarakqqiёtdagi roli qanday bwldi? Shubh’asiz, Buyuk ipak ywli iqtisodiy soh’ada qanchalik rolk wynagan bwlsa, madaniy taraqqiёtda h’am muh’im olg’a siljishlarni paydo qildi. Avvalo, bir mamlakatdagi dinning boshqa mamlakatga borib, mustah’kam wrnashuvida kwrinadi.
İpak ywlidagi din soh’asida rang–barang manzara shakllangan. Shunday bwlsa–da, diniy etiqodning mazmunini bir–biriga wxshash bwlmagan ikki turga – milliy din va dunёviy dinga bwlish mumkin. Milliy din shu xalq va irq azolari orasidagi etiqod odatlarini kwrsatadi. Bu din dunё bwylab ёyilgan masih’iylik, moniylik, buddaviylik va islom dinlari kabi emas.
Milliy dinning dastlabki namunasi sifatida otashparastlikni aytish mumkin. Bu oqim tarixda “Baqtriya dini” deb h’am ataladi2. Bu diniy oqim erli odamning etiqodi bilan birlashib ketgan edi.
Yunon–Baqtriya davlati (miloddan oldingi 256–75) davrida h’ar xil yunon xalqlari Baqtriya h’ududiga kirib kelgan. Yunon–Baqtriya davlati h’ududidan topilgan suratlar shundan dalolat beradi.Bu iloh’larga topinuvchilarning yunon emasligi aniq. Suratdagi odamlar mah’alliy otashparastlar bwlib, wzlarining iloh’iga – yunon iloh’iga qilinganday ibodat qilib topinganlar. Shunday qilib, yunon uslubiga oid timsol yaratgan. İloh’larning suratini ibodatxonalar devorida tasvirlash bilan cheklanib qolmay, yunon–Baqtriya davlati puliga h’am tushirilgan. Natijada savdo–sotiq munosabatlari bilan yunon iloh’lari boshqa joylarga h’am tarqalgan. Kushon imperiyasida tasir qilgan turli madaniyat, jumladan, dinlar shu davrdagi metall pullarda h’am aks etgan. Bu metall pullarga but va buddaviylikka oid h’ar xil tasvirlar tushirilgandan tashqari, otashparastlar iloh’i, h’ind shoh’lari, yunon va rim shoh’lari tushirilgan. İloh’larning ismi bu pullarga yunon ёzuvida bitilgan.
Otashparastlik etiqodidagi shoh’ning ismi Baqtriya otashparastlik dinida saqlanib qolgan. Bu ularning Kushon ibodatxonalaridagi ah’amiyati va wynagan roli mutlaq h’olda ortodoksal otashparastlik dinniki bilan wxshash degani emas, albatta. Taxminan 15 kishilik otashparastlar iloh’i Kushon ibodatxonalaridagi eng katta bir guruh’ iloh’ini vujudga keltirgan. Ularning ichida “adolat” va “davlat” iloh’lari h’am bwlib, ular wsha olti “obi h’aёt avliё”larning ikkitasi, otashparastlik qavmlarida bu olti avliё “aql–farosat iloh’i” bilan zich birlashtirilgan. Buni shunday tushunish kerakki, xon ochiq–oshkora ibodat qilishiga bu iloh’lar sabab bwlgan. Ёki yana shunday tushunish mumkinki, quёsh iloh’i bilan g’oliblik iloh’ining urushda muvaffaqiyatlari bu xonlikning diniy olamida aloh’ida rol wynagan.
Madaniy meros avlodlar osha tarixiy h’odisa sifatida saqlanib qolar ekan, shubh’asiz, manaviy jaraёnning h’am muh’im tarkibiy qismidir. Ayni paytda madaniy merosning h’ar qanday namunasi milliy ёki h’ududiy qiymatga ega bwlishi bilan birga, umuminsoniyat madaniy ёdgorligi h’am bwlib qoladi.
Yuqorida aytib wtganimiz diniy qadriyatlar, qadimiy dinlarning bir–biriga aralashuvi faqat bir necha xalqlar, mamlakatlar diniy qadriyati bwlgani uchun umuminsoniyat madaniy ёdgorligi h’isoblanmaydi, balki insoniyatning dunёqarashi, axloqiy tushunchalari, fazilatlari va boshqalar er yuzidagi boshqa h’ududlar insonlarida kuzatilgani uchun h’am umuminsoniyat mulki h’isoblanadi. Memorchilikka oid, wtmish va bugungi inshootlar, ularning tarxi, farqlari, wz davri uchun noёb h’odisa ekani h’am madaniy taraqqiёtning muh’im belgilaridir. Masalan, Kushon imperiyasi davriga oid Surx–Qatala ibodatxonasi (Shimoliy Afg’oniston)ning tuzilishi wziga xosdir. Bu ibodatxona tog’ tepasiga qurilgan bwlib, Frantsiya arxeologlari tomonidan topilgan. İbodatxonaning wziga xosligi shundaki, tog’ tepasidagi bu ibodatxonaning old tarafi darё soh’ili, tog’ bilan darё soh’ili oralig’idagi 55 metr uzunlikdagi kwprik orqali bu ibodatxonaga chiqilgan. İbodatxona wrtasida qurbongoh’ tokchasi bwlib, nazr–niёzlar uchun ishlatilgan bwlishi mumkin.
Mazkur ibodatxonadan bir yarim kilometr narida kichik ibodatxona h’am qurilgan. Eh’timol, bu tog’ tepasida qurilgan ibodatxonaning bir qismi bwlsa kerak. Bu ibodatxona ichida uchta budda h’aykali bwlib, kwp zararlangan. Bu h’aykallar tangalardagi suratlarga wxshab ketadi. Haykallarda mwri shakli bwlib, unga lovullab ёnaёtgan alanga shakli tushirilgan. Kushon imperiyasiga oid sanat asarlarida alanga tasviri kwp uchraydi. Alanga tasviri Buyuk ipak ywlidagi bir qator budda h’aykallarining belgisi bwlib qoldi. Olimlarning aytishlaricha, sanat asarlaridagi alanga tasviri Mesopotamiyadan kirib kelgan.3
İbodatxonada saqlanib qolgan yana bir muh’im ashёlardan qurilish va bwёq asboblari, bir parcha Kushon ёzuvida bitilgan Baqtriya adabiёti obidasidan uch nusxa va yunoncha katta h’arflar bilan ёzilgan ёdgorlikning parchasi, yana nomalum ёzma obidadan bir parcha, Naqshlar va bir qancha tangalardir. Bularning orasida ibodatxonaga boradigan ywldan topilgan ёzma ёdgorlikdir. Ёdgorlik yunon–boxtoriy ёzuvida. Ёzma ёdgorlik mazmuni quyidagicha: “Kanishka ibodatxonasidagi bu qwrg’onga mana shu ibodatxona egasi – podshoh’ Kanishkaning ismi qwyilgan”. Suv manbai bu erda qurib qolgani uchun, odamlar ibodatxonani tark etishga majbur bwlganlar.
Bu dalillardan kwrinib turibdiki, wtmishdan qolgan h’ar bir osori atiqa – u qanday h’ajmda va qanday kwrinishda bwlmasin – insoniyat ijodiy faoliyati tafakkuri samarasidir. Aytish mumkinki, h’ar bir davrning moddiy madaniyati wsha davrning manaviy kamolotini, saloh’iyatini kwrsatuvchi omil h’amdir. İnsoniyatning dunёqarashi, aqliy jih’atdan boyishi h’am madaniy merosni qanchalik wzlashtirishga bog’liq.
Madaniy meros – bu insoniyatning wtmish bilan chambarchas bog’liqligi demakdir. Madaniyatga vorisiylik, tarixiy xotirani kelajak uchun xizmat qildirish aynan madaniy merosga bwlgan munosabatga bog’liq. Madaniy merosga nisbatan aksincha h’olatlar h’am bwlgan. Wtgan asrning 2––yillarida sobiq Shwrolar davrida “Proletar madaniyati”ni va wtgan asrning 80–yillarida Xitoydagi “madaniy inqilob”ni misol tariqasida kwrsatish mumkin. Ёki Afg’onistonda wtgan asrning oxirlarida h’ukumat boshiga kelgan Toliblarning milodiy 1 asrga oid ulkan buddaviylik ёdgorligini portlatib, ywqotib yuborganlarini h’am shunday izoh’lasa bwladi.“Madaniyat”ning ana shu kwrinishlari ёmon oqibatlarga olib keldi: Wtmish madaniy ёdgoriklaridan voz kechib, yangisini yaratishga urinishlar bwldi va wtmish ёdgorliklarining kwpchiligi ywq qilindi, manaviy qashshoqlik, wtmishdan tamomila uzilish, mah’dudlik yuzaga keldi.
Madaniyat kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirilgandagina, u bir maromda uzluksiz rivojlanib boraveradi. Madaniy merosga kelgusi avlodlar voris sifatida h’aqli bwlar ekanlar, albatta, til, udum va kundalik turmush ananalari madaniy merosdagi vorisiylikning kwp tarqalgan kwrinishlari h’isoblanadi. Qadimgi madaniy merosdan keng tarqalib shu kungacha etib kelgan kwrinishlari ana shulardir. Boshqa madaniy ёdgorliklar – pul, inshootlar, qonun–qoidalar va boshqa madaniy meros namunalari davrlar wtgan sari keskin wzgarishga uchrashi ёki ywqolib ketishi mumkin.
Madaniy merosning ikkala turi – moddiy va manaviy madaniyat uzviydir. Ajdodlar yaratga jami boylikka yangi avlod merosxwr bwladi. Madaniy merosning bir turiga eh’tiёj ywqolgandan keyin uning wrniga davr va insoniyat eh’tiёjiga mos madaniy meros vujudga keladi.
Bir mamlakat madaniy merosining boshqasiga tasiri wtmishda h’am, h’ozir h’am doimo kuzatiladi. Bu – qonuniy jaraёn. Davlatlar wrtasidagi wzaro tasir ёki turli sabablar bilan davlatlarning birlashuvi shubh’asiz birinchi navbatda, madaniy merosda wzgarishlarni paydo qiladi, wzlashtirilgan madaniy meros xalqning manaviy h’aёtida burilish yasaydi. Bu h’olatning jonli namunasini Xuroson–Amudarё vodiysi madaniyatiga Kushon madaniyatining tasirida kwrish mumkin. Milodiy 1 asrgacha Xuroson–Amudarё madaniyati wziga xosligi, Osiёdagi eng rivojlangan wlka ekani bilan aloh’ida ajralib turgan. Aleksandr Makedonskiy sharqqa yurish qilganda h’am, Xuroson h’ukmdori Forosmon u bilan dwstona munosabat wrnatib, siёsiy mustaqillikni saqlab qoldi. Ayniqsa, Xuroson–Amudarё vodiysi sanati va binokorlikdagi wziga xoslik shundan dalolat beradi. Dushmanga bas kelish uchun qurilgan mudofaa qwrg’onlari, Swg’d davlati h’ududidan topilgan kumush idishlarga chizilgan suratlar buning namunasidir. Ёki Qwy qirilgan qalani h’am shunday wziga xos madaniyat ёdgorligi deb aytish mumkin. Qalaning atrofini devor wrab turgan. Devor h’am dushmandan h’imoyalanish uchun, h’am wtroq yashash uchun imkoniyat edi. Qala dumaloq shaklda bwlib, shah’ar ichida ikki qavatli ёysimon dumaloq inshoot bor edi. Bu ё podshoh’ning maqbarasi ёki vafot etgan podshoh’larni xotirlash qurilgan diniy inshoot bwlgan.4
Milodning 1 asridan keyin Xuroson–Amudarё madaniyati tanazzulga yuz tutdi. Endi uning atrofidan Baqtriya, Kushon davlatlaridagi sanatning, h’unarmandchilikning bu davlat sanatiga kuchli tasirini kwrish mumkin.
Shunisi muh’imki, h’ar bir xalqning mustaqil, betakror madaniyati mavjud, ammo siёsiy jaraёnlar, shubh’asiz, madaniyatga h’am wz tasirini wtkazadi. Ёki bir tarixiy davrdan ikkinchisiga wtish jaraёnida h’am madaniyatning h’ar ikki turida – moddiy madaniyatda h’am, manaviy madaniyatda h’am wzgarishlar yuz beradi. Buning ijobiy va salbiy tomonlari h’am bwlishi mumkin. Masalan, arablar istilosi natijasida islomning kirib kelgani ijobiy h’odisa, ammo arablar erli madaniyatni ywq qildilar, ayniqsa, moddiy madaniyat ёdgorliklarini vayron qildilar, Markaziy Osiёning tub ёzuv madaniyatiga barh’am berdilar. Umuman olganda, manaviy madaniyat h’am, moddiy madaniyat singari, vorisiylik xususiyatiga ega. Wtmishdan ananaviy tarzda etib kelgan madaniy ёdgorliklar qadriyat sifatida saqlanib qoladi, garchi ularning kwpchiligi bugungi kun uchun amaliy jih’atdan xizmat qilmasa h’am. Ammo manaviy ёdgorlik sifatidagi ah’amiyati katta. Aytaylik, qadimiy uy–rwzg’or buyumlari, sanat va musiqa asboblariga bugungi kunda eh’tiёj bwlmasligi mumkin, lekin manaviy merosi sifatida ah’amiyatini saqlab qolaveradi. Malum bir davrdagi xalqning yashash tarzi, dunёqarashi atrof–muh’it h’aqidagi turli tasavvur–tushunchalari ana shu buyumlarda aks etadi.
Wtmishdan etib kelgan bazi madaniy meros namunalari shakl va mazmunini wzgartirishi mumkin. Jumladan, udumlar, marosimlar, urf–odatlarning zamon va jamiyat talablariga, mah’alliy xususiyatlarga moslashuvini shu bilan izoh’lasa bwladi. Aytaylik, dafn marosimlari va twy marosimlaridagi wzgarishlar mah’alliy xususiyatlarga bog’liq bwlishi bilan birga, jamiyat talablariga h’am moslashib boradi.
Umuman olganda, madaniy taraqqiёt wzgarib, boyib boruvchi h’odisa. Malum davrga kelganda, bir buyum ёki meh’nat qurollari, ov qurollari va h’okazolarning wz davri uchun muh’im bwlgan manaviy ah’amiyati susaysa h’am, madaniy h’odisa sifatida saqlanib qoladi. Zotan, vorisiylik qonuniyati moddiy va manaviy merosning asosidir.
Demak, moddiy va manaviy meros – tarixiy h’odisa. U umumjah’on, mintaqaviy, xududiy, milliy, kasbiy qimmatga ega bwlishi mumkin. Kezi kelib bir davr va millatga mansub manaviy meros namunalari umuminsoniy qadriyat kasb etsa, bu -tabiiy h’ol. Jah’on mulkiga aylangan ilmiy va diniy qadriyatlar, Sharqona axloqiy fazilat va udumlar, memorchilik va musavvirlik bisotlari buning isbotidir.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish