6) Meёriy vazifa – insonlarning axloq mezonlarini ywlga qwyish, jamiyatda sog’lom muh’it yaratish maqsadida axloqning moh’iyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Meёr qandaydir xatti–h’arakatni ёki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish soh’asida ishlab chiqilgan va jamiyat tomonidan maqullangan aniq qoidadir. Meёr malum maqsadda joriy qilingan kwp asrlik ananalarga tayanadi va ananalarni maqullab, jamiyatga olib kirishga ywl beradi ёki majburiy ravishda kwp asrlik ananalarni taqiqlaydi. Meёrning mazmuni jamiyatda nosog’lom muh’it paydo bwlmasligi uchun odamlar faoliyatini, xulq–atvorini tartibga solish, aniq chegaralar orqali belgilashdan iborat..
7) Ruh’an mwtadil muh’it yaratish vazifasi – ananaviy bayramlar, diniy marosimlar, wyinlar, tomosha jaraёnida ruh’iy zwriqishni bartaraf qilishdan iborat. Qoniqmagan istak, rwёbga chiqmaydigan niyat, amalda taqiqlanuvchi mojarolar ruh’iy zwriqishlar paydo bwlishiga olib keladi. Bu nafaqat malum bir shaxs salomatligiga zarar etkazadi, balki ommaviy ravishda tarqalib ketib, jamiyatdagi sog’lom muh’itni izdan chiqarishi mumkin.
Xullas, insonlar yaratgan moddiy, manaviy qadriyatlar va boyliklar – ularning kobiliyati, munosabatlari va moh’iyatini namoёn qilishdan iborat. İnson bu moddiy va manaviy qadriyatlarga wz munosabatini bildirar ekan, ayni vaqtda insonning wzi h’am mukammallashib, wzgarib turadigan moxiyat sifatida namoёn bwladi. Demak, madaniy h’odisa buyumlar shaklida, inson faoliyatining tayёr mah’sulotlari shaklida va insonning qobiliyati h’amda bilimlari shaklida amal qiladi.
İnsonlar h’aёtiy tajriba jaraёnida zarur moddiy shart-sharoit va yashash vositalarini yaratish bilangina kifoyalanib qolmay, ayni chog’da ongini h’am takomillashtirib boradi. Ular ijtimoiy ong shakllarini (dunёqarash, axloq, h’uquq, estetik tafakkur) vujudga keltiradilar ёki manaviy yaratish faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui manaviy madaniyatni tashkil etadi.
Manaviy madaniyat — aql-zakovatning shunchaki mah’suloti bwlmay, balki insonlar wrtasidagi ijodiy faoliyatga turtki beradigan munosabatni h’am bildiradi. Shuningdek, manaviy madaniyat talim va fan soh’asiga oid ilmiy faoliyatni, axloqiy va estetik madaniyatni wz ichiga oladi. Natijada manaviy madaniyat insonning laёqati va faoliyatining buyumlarda moddiylashgan shaklida, insoniyat tomonidan yaratilgan manaviy qadriyatlar (ilm, sanat, h’uquq, axloq qoidalari) shaklida mavjud bwladi.
Madaniyatning quyidagi vazifalari bevosita shaxs faoliyati bilan bog’liq:
Do'stlaringiz bilan baham: |