İnkulturatsiya. İnson, avvalo, wz millatining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosni wzlashtiradi, yani inson madaniy qoida va mezonlarga moslashadi.
— İndividualizatsiya. Madaniyat malum shaxslar qobiliyatini, iqtidorini, xususiyatini jiddiy mukammallashtirishga mwljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha madaniy doirada - (jamiyatda, insoniyat orasida) eng asosiy omil bwlib, aniq shaxsning barkamollik darajasi, jamiyat bilan ёki butun insoniyat madaniyati bilan bog’liq bwlishini bildiradi.
Har qanday manaviy madaniyat jamiyatning tarkibiy qismi bwlib, u insonning yashashi, faoliyatini, umuman, jamiyatdagi wrnini belgilashga ёrdam beradi. Manaviy madaniyat mah’suli bwlgan madaniy qadriyatlar inson uchun shaxsiy moxiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqalar bilan, butun jamiyat bilan munosabat wrnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bwladigan axloq mezonlari yaratilishida insonga ёrdam beradi. Shaxs bilan jamiyatning wzaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bwlgan, shunga qaramay, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi, ayni paytda shaxs madaniyati muayyan bir jamiyatning madaniy muh’itida shakllanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatini kamol toptirishda qadriyatlarini meёrlashtiradi va shaxsning manaviy extiёjlarini taminlaydi.
İnson ayni paytda h’am tarixiy taraqqiёtning maxsuli, h’am uning subektidir. İjtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy mavjudotga aylantiradi, dunёqarashini shakllantiradi. İnson ishlab chiqaruvchi kuch sifatida faqat buyumlar yaratib qolmay, balki wzini, wz shaxsiyatini h’am shakllantiradi. Bu jaraёnda inson wzini takror ijod qiladi, shu jih’atdan u ijtimoiy mavjudotdir.
Shaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bwlmaganidek, jamiyat taraqqiёti h’am insonning amaliy faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Jamiyat bilan shaxs wrtasidagi munosabat bir-biriga bog’liq, bir-birini taqozo qiladigan munosabatlardir. İjtimoiy munosabatlar tasirida shaxs turmushining turli jih’atlari paydo bwladi. Har bir shaxsda u mansub bwlgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga xos umumiy xususiyatlar va belgilar shakllanadi.
İnson wzi yashab turgan jamiyatning qonun-qoidalari, tartiblari, axloqiy, h’uquqiy mezonlariga amal qilmasligi ёxud jamiyatning muammolariga, qiyinchiliklariga befarq qarashi aslo mumkin emas. Har bir mamlakatning Konstitutsiyasida belgilab qwyilgan qonunlarga amal qilish, boshqa fuqarolarning qadr-qimmatini h’urmat qilish, jamiyat manfaatlariga zid va nojwya h’arakatlarga murosasiz bwlish, Vatanni h’imoya qilish kabi qator majburiyatlar shaxsning burchi va masuliyatidir.
Shaxsning komillikka erishuvini taminlashda jamiyatdagi meh’nat madaniyatini rivojlantirish, odamlarning siёsiy ongini oshirish, ah’loqiy va nafosat tuyg’usini shakllantirish madaniyatning tarkibiy qismlaridir. Shaxs madaniyatining shakllanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari axamiyatlidir:
Do'stlaringiz bilan baham: |