Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet20/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Ettinchidan, İ.Karimov mustaqillik va tsivilizatsiya maqomiga wtish sharoitida milliy madaniyatlarning muloqati-ularni wzaro h’amkorlik, yaqinlashish, bir-birini manaviy jih’atdan boyitish tamoyili, xulosasini ilgari surdi. Madaniyatlar muloqoti tarixiy jaraёn. U h’amma zamon va davrlarda amal qilgan. İchki rivojlanish, geografik-mintaqaviy joylashish madaniyatlarning milliy xususiyatlarida ifodalangan bwlsa, u ёki bu milliy madaniyatni wxshash qirralari, jih’atlari, tomonlari h’am bwladi. Umuminsoniy qadriyatlar - madaniyat rivojining umumiy qonuniyatlari negizida shakllanishiga qaramay, u millat, milliy madaniyat qiёfasida gavdalanadi. Madaniyatlar muloqoti chegara bilmaydi. Ayniqsa, h’ozirgi texnik taraqqiёt bosqichida. Mintaqaviy muloqot shu h’ududdagi madaniyatlar rivojlanishi va bir-birini boyitishning muh’im shartidir. Qadimdan bir manaviy, ruh’iy iqlimda yashagan, turmush tarzi, urf-ananalari, dardi ezgulari yaqin bwlgan xalqlarning oldi-berdisi, bordi-keldisi madaniy aloqaning ifodasidir. Shu manoda yurtboshimizni “Ota yurtimiz Turkiston-katta bir uy, buyuk bir rwzg’or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari qanchalik yaqin va ah’il bwlsa, rwzg’or h’am shunchalik obod va twkin bwladi”8 deb tarixiy birlik tuyg’usini, “Turkiston-umumiy uyimiz” g’oyasini ilgari surdilar. Bu g’oya nafaqat iqtisodiy h’amkorlikda, turli shakllarda kechaёtgan madaniy aloqalarda amal qilmoqda. (Milliy madaniyat kunlari, ijodkorlar va sanatkorlarning uchrashuvlari, badiiy asarlarni tarjima va nashri, kinofestivallar wtkazish v.b) shu niyatda “Markaziy Osiё madaniyati” gazetasi tashkil qilindi va tarqatilmoqda.
Madaniyatlar muloqoti-jah’oniy h’odisa. Har bir millat boshqa millatlar madaniyatiga murojaat etar ekan, albatta undan wziga yaqin qadriyatlarni topadi, ijod usullari va shakllarini wzlashtiradi. Antik madaniyat, Uyg’onish davri madaniyati insoniyat mulkiga aylanganligi shundan. Frantsiyada Amir Temur muzeyining borligi, Luvr sah’nasida wzbek katta ashulalari olqishlanganligi, Hind diёri M.Turg’unboeva sanatiga tazim etganligi buning oddiy dalilidir.
Bugungi kunda Yaponlarning wzbek mumtoz musiqasiga, memorchiligi udumlariga qiziqishi, Boburning “Boburnoma”si ikki jildda izoh’lari bilan yapon tilida chop etilganligi, Mah’mud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” lug’atining nashrga tayёrligi-millatlar bir-biridan wrganishi yaqinlashuvi tabiiy jaraёn ekanligini bildiradi. Yaponiyaning Wzbekistondagi sobiq elchisi Kёko Nakayama yurtimizga bag’ishlangan “Wzbekiston sakurasi” kitobida: “Yaponlar qalbini topishni istasangiz, uni Wzbekistonliklar qalbida h’am topishingiz mumkin”, deb ёzgan edi. Mana madaniyatlar muloqoti nima beradi.
Globallashuv jaraёnining milliy madaniyatlar rivojiga tasiri. Madaniyat ekologiyasi.
Takidlanganidek. madaniyat, xususan milliy madaniyatlar rivoji obektiv jaraёn. Bu jaraёn wz ichki qonuniyatlari asosida kechaveradi, Lekin, bu h’odisa jamiyatdagi boshqa h’odisalardan ayroh’olda emas, bog’liqliklikda, aloqadorlikda ruy beradi. Madaniyat tarraqiёtiga wz tasirini wtkazaёtgan bundan h’odisa bugungi kunda globallashuv jaraёnidir.
Globallashuv (frantsuz Global - eng umumiy) atamasi birinchi bor 1983 yilda amerikalik olim T. Levitt tomonidan «Garvard biznes revyu” jurnalida Transmilliy korporatsiyalar (TİK) ishlab chiqaradigan mah’sulot bozorlarining birlashuv jaraёni sifatida tilga olingan edi. Bu h’odisani iqtisodchilar-moliyaviy globallashuv, TMK ning shakllanishi, jah’on savdo aloqalarining mintaqalashuvi va jadallashuvi, siёsatchilar-transmilliylashuv jaraёnini tezlashuvi dunё mamlakatlarining wzaro bog’liqligining kuchayishi sifatida talqin etsalar, sotsiologlar madaniyatinig unversallashuvi tasirida turli mamlakat va mintaqa h’alqlari turmush tarzini bir xillashuvi, deb izoh’lamoqdalar
“Falsafa” qomusiy lug’atida-globallashuv - wz kwlami, qamrovi jih’atidan xilma-xil va butun er shariga, insoniyatga dah’ldor bwlgan muammolardir, deb tavsiflanadi.9 Bu avvallo, tabiat va inson wrtasidagi munosabatlar muvozanati buzilishi - yadro urushi xavfi, ozon muammosi ekologiya, ah’olining nazoratisiz migratsiyasi, xomashё taqchilligi, ishsizlik, bedavo kasalliklarni kwpayishi, texnik falokatlar turli kwrinishdagi zwravonlik va bosqinchilik, jinoyat va giёh’vandlik, h’alqaro terrorizm, manaviy – axloqiy tubanlashuv, tanazzul kwrinishlari. Bu muammolarni h’ar biriga bugun umuminsoniyat, kelajak nazaridan qaramoq, umumiy manfaatlar ywlida ularning echimini topmoq lozim bwlayapti. Keyin kech bwladi. Wz vaqtida Orolni qurishiga mintaqa muammosi, deb qaraldi va unga etarli etibor berilmadi. Bugun undan kwtarilgan tuzlar Antiartidagacha etib bormoqda. Kurrai zamindagi wrmon, ёqilg’i, ichimlik, suv zah’iralari tejamsiz foydalanilsa qachongacha etadi? Xususan, insoniylik qiёfasidan chiqa boshlagan manaviy – axloqiy h’aёt kwrinishlari: giёh’vandlik, foh’ishabozlik, bir jinsdagi jinslar nikoh’i, odam savdosi, beh’aё va beparda yashash tarzi Odamzod taqdirining wzini gumonlashtirib qwymoqda.
Demak, globallashuv jaraёni – iqtisodiy – texnik taraqqiёt, boshqaruv tizimi, siёsiy – h’uquqiy qadriyatlar, turmush tarzining barcha jabh’alarini qamrab olaёtgan texnologik jaraёngina emas, turli kuch guruh’lar manfaati nazaridan, xilma- xil vositalar ёrdamida manaviy - axloqiy tasir, g’oyaviy ustvorlikka erishishga intilish h’amdir.
Bir millat, mamlakat erishgan yutuq kashfiёtlarga boshqalari h’am kezi kelib erishishi, ёh’ud uni jah’oniy kadriyat tarzida wzlashtirilishi tadrijiy xol. Lekin, u tabiiy, ijtimoiy eh’tiёj mezonida bwlgani maqul va maqsadga muvofiq. G’azal – Sharq, bobolarimiz mulki bwlganligi aёn. Ammo, bu bebah’o mulk tasiridan Geyne, Gёte, Pushkin, Eseninlar chetda qolmadi. Bobomiz Beruniy, Gomer merosni, lotin falsafasi javoh’irlarini sanskritdek egalladi. Bu h’ali globallashuv emas edi.
İjtimoiy taraqqiёt kwlamini Misr eh’romlariga mengzasak, bugungi avlod uning eng yuqori bosqichlarida turibdi va turli mintaqalardagi xalqlarning siёsiy – h’uquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy, moddiy – texnik, madaniy – manaviy jih’atlarida tafovutlardan kwra umumiy belgilar, tomonlar ustvorlik qilmoqda. Bu jaraёn cheksiz, chegarasiz tarzda jadallashmoqda. Globallashuv uchun geografik, mintaqaviy, siёsiy – davlat sarh’adlari mavjud emas. U rivojlangan va rivojlanaёtgan mamlakatlarni bir ywsinda wz girdobiga olaveradi. Biroq, uning oqibatlari, tasir kwlami rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mintaqa, xalqlar uchun bir xil kechmaydi. Dunёning 70 % xududida dollari aylanaёtgan AQSh, yiliga yalpi ichki mah’sulotni 11-13 % h’ajmida beraёtgan Xitoy bilan endigina tsivilizatsiya ywliga wtgan Afrika, Lotin Amerikasi mamalakatlari uchun uning tasiri, oqibatlari turlicha. Ayniqsa, h’ali wzini wnglab ulgurmagan – rivojlanaёtgan mamlakatlar uchun uning natijasi salbiyligi, shubh’asiz. Moddiy – texnik ёrdam, molyaviy kwmak, texnika va texnologiya yutuqlari, jah’on tajribasidan foydalanish, bu mamlakatlarni rivojlanishiga madad – ijobiy h’odisa. Tor manfaatlar negizidagi moddiy–texnik ёrdam va bitimlar kichik davlatlarni rivojlanishni oldingi saflarida boraёtgan davlatlarga qaramlikka olib kelmasligi lozim. Bir tomonlama iqtisodiy ustunlik, h’arbiy-siёsiy zwravonlik (Afg’oniston va İroqdagi “demokratik” tartiblar) millat manaviyati va madaniyatining emirilishi (İroqdagi asriy obidalar, kutubxona, muzeylarni vayron etilishi, ёdgorliklarni talon – taroj etilishi) tub joy ah’oli “milliyligi”ning ywqolishiga olib kelishi mumkin. Afrika, Lotin Amerikasidagi qator malakatlarning teleradio dasturlari, kitob, gazeta nashrlari asosan xorij til va alifbosida ywlga qwyilgan. Mazkur yurt odamlari wz milliy tili, udum – ananalaridan mah’rumlik chegarasida. Bu degani – Evropa ittifoqimi ёh’ud boshqa biron-bir iqtisodiy – siёsiy uyushma milliyatga daxl etmasligi lozim. Takidlaganidek, iqtisodiy – texnik xamkorlik, invistitsiyalar oz sonli millatlarning umumiy rivojiga turtki berar, ammo manaviy kemtiklikka yuz tutsa bu millatning wzligini ywqolishiga olib keladi. Manaviy qaramlik ertami – kech h’ar qanday mustaqillikni ywqqa chiqaradi.
Yaponlarni yapon qilgan - bu wzlarini tashqi tasir, tazyiqdan asray bilgani, Mustaqillik negizi deb milliy ah’loqqa tayanganligi, yagona millatVatan tuyg’usidir. Jah’onga dah’ldor bwlishiga qaramay, h’amon ularda milliy til, milliy ruh’iyat, milliy madaniyat rusum–odatlari ustivor. Har qanday qadriyatga ular milliyat, milliy manfaat nazaridan ёndashadilar.
Takidlash lozimki, Mustaqill Wzbekistonni dunё h’amjamiyati tan olibgina qolmay, eh’tirom bilan uning tajribasidan h’am foydalanmoqda. Wz vaqtida boshboshdoqlik bag’rida yashagan Rossiyada keyingi yillarda derjavnost, dostatok, duxovnost tushuncha, mezonlari faoliyatga asos qilib olindi. Bu degani, Wzbekitsonning kelajagi buyuk davlat, farovonlik, manaviy yuksalish ywli tajribasidir. Ёxud talimning sifat tizimi bilan bog’liq isloh’otlarni h’am yurtimiz birinchi bwlib boshlab berdi. Xatto AQShda bu jaraёn bizdan keyin boshlandi. Bugun uni Rossiya h’aёtga tadbiq etmoqda. Demak, siёsat, wzaro h’amkorlikda bir tomonlama emas, ikki, ёh’ud kwptomonlama manfaatlar uyg’unligi bwlmog’i lozim. Shundagina milliy manaviyat, madaniyat rah’na kwrmaydi.
Malumotlarga kwra aloqa vositasi sifatida nutq 500 ming yillardan buёn, ёzuv 5 ming, kitob nashri 500 yil, telekwrsatuvlar 60 yil, zamonaviy axborot vositalari 10-20 yildan buёn amal qilishiga qaramay, texnologik jaraёn, ularni tasir imkoniyati va qamrovi jih’atidan oldingi saflarga olib chiqdi.
XX asr oxiri - XXI asr tom manoda axborot asri bwlib qoldi. Aloqaning zamonaviy vositalari, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, elektron kutubxona, internet, kosmik aloqa tizimining texnik imkoniyatlari axborot almashinuvini tig’izlashtirib yubordi. Dunёning istagan nuqtasidagi u ёki bu voqeani, h’olatni wsha zah’oti kwrish, aytilgan gap nih’oyalanmay eshitish mumkin bwlib qoldi. Bu umuman yaxshi. Lekin, bu axborot kim tomonidan, qaysi maqsad va talqin ruh’ida berilaёtibdi, u kimga qaratilgan, mwljallangan, qanday qabul qilinadi, bu h’am ikkinchi darajali h’olat emas. Axborotlar ortida muayan xulosa, faoliyat ёtadi. Abdulla Qah’h’or aytganlaridek: “Swrash uchun h’am bilish kerak”. Teleradio axborotlari, internet xabarlarini pala-partish qabulqilmaslik lozim. Teleekranlarni twldirib, ekrandan chiqib ketaёtgan zwravonlik, fah’sh, meh’r-muruvvatsizlikka ywyilgan beh’aё, yalong’och filmlar, dwkonlarda taxlanib ёtgan videotasmalar ularga monand yartilaёtgan kliplar odamlar ruh’iyatiga salbiy tasir kwrsatmasligi mumkin emas.
“Hozir jah’onning olis bir burchagida qandaydir bir voqea sodir bwlsa, - degan edi İ.A.Karimov, - zum wtmay butun dunёga malum bwladi… Bizdan uzoq -uzoq mamlakatlar h’ududlarida rwy beraёtgan yaxshi va ёmon ishlar, ularning tasiri h’am h’aёtimizga yashin tezligida bizdan swrab netib wtirmasdan kirib kelaveradi. Zamonaviy axborot maydonidagi h’arakatlar shunchalar tig’iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek, h’a, bu voqea bizdan juda olisda yuz berdi. Uning bizga aloqasi ywq, deb beparvo wtirib bwlmaydi”10. Demak, globallashuv obektiv jaraёn. Uning tasiri va oqibatlari u ёki bu mamalakatning rivojlanish darajasi, mafkuraviy muh’ofaza imkoniyatlari, imunitetiga bog’liq.
Madaniyat ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy, siёsiy h’aёtda kechaёtgan wzgarish, talab, mezonlardan chetda qolmaydi. Bu wzgarishlar jamiyatning g’oyaviy - siёsiy, diniy - axloqiy, ilmiy - falsafiy, badiiy - musiqiy h’aёtida, eng muh’imi inson tarbiyasida wz ifodasini topdi.
Rivojlangan mamlakatlarda wzlarida ishlab chiqarilgan sanoat mah’sulotlari bilan rivojlanaёtgan mamlakatlar bozorini twldiribgina qolmay, geosiёsat ywnalishida - bu millat, xalqlar ruh’iyati, madaniyatiga tasir wtkazishga, ularning turmush tarzini, ongi - shuuriga, ularning milliy-udum, ananalariga zid “g’oyalar”, “qadriyatlar”ni singdirishga h’arakat qilmoqda. Malum manoda bunga erishmoqda h’am.
Vah’olanki, h’ar qanday milliy-madaniy taraqqiёtning wzligi, wziga xosligi: tarixiy-vertikal rivojlanishi, meros, milliy qadriyatlarini asrab, uni umuminsoniy madaniyat negizida boyitib, avlodlarga qoldirish sanaladi.
Firklar xulosasi shundaki, globallashuv ijtimoiy-tarixiy h’odisa bwlib: birinchidan, u insoniyat taraqqiёtining avvalgi bochqichida h’am lokal tarzda (Sharq va G’arb muloqoti: fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish, memorchilik tajribasi, siёsiy boshqaruv, qonunchilik malakasi, musavvirlik va musiqa v.b) amal qilgan obektiv jaraёn: ikkinchidan, u evolyutsion-tadrijiy kechadigan h’olat-insoniyat taraqqiёtining ilgargi bosqichlaridan (vertikal rivojlanish) turli mintaqalardagi (gorizantal muloqat) rivojlanish yutuqlarini davr, zamon ruh’iga monand wzlashtiradi, bu qadriyatlarni takomillashtiradi, boyitadi: uchinchidan moh’iyatan, globallashuv-tabiiy, qonuniy jaraёn, lekin muayan kuch (istilochilik), bosqinchilik (mustamlakachilik), zwravonlik (fashizm, terrorizm) kwrinishlarida h’am namoёn bwlishi mumkin: Shubh’asiz, bunda u ijobiy oqibat bilan yakunlanmaydi. İ.A.Karimov aytganlaridek: «Haqiqatni anglash uchun dunёda faqat bitta sinalgan uslub bor. Solishtirish kerak. Qiёslash kerak”.
Shu wrinda wquvchi «Ekologik madaniyat” bilan “Madaniyat ekologiyasi” tushunchalarini chalkashtirmasliklarini istar edik. “Ekologik madaniyat” - madaniyat h’odisasining muh’im elementi, jamiyat va madaniyat rivojlanishining asosiy shartlaridan biri va vositasi. Jamiyat tsivilizatsiya bosqichiga kwtarilgan paytdan etiboran ekologik madaniyatga etibor kuchaydi. İnson tabiatni mafaatlari uchun wzlashtirish va wzgartirishi ywlidan borar ekan, bu jaraёn h’amisha ijobiy oqibatlarga olib kelavermasligini anglay boshladi. Xomashё olish, qurilish maqsadlarida tog’, dengiz va wrmon zamonlaridagi beh’ad wzgarishlar (sug’orish tizimlari va suniy suv h’avzalarini yaratish, koinotni wzlashtirish v.b.) salbiy oqibatlarni keltirib chiqara boshladi. Demak, “ekologik madaniyat”-“tabiat-jamiyat-inson” munosabatlarida tabiiy-jug’rofiy muh’itni asrash, uning boyliklariga ongli, rejali ёndashish, tabiatni axloqiy, h’uquqiy mezonlar asosida ijtimoiy-insoniy extiёj nazaridan muh’ofaza etish, asrashdir.
“Madaniyat ekologiyasi” “ekologik madaniyat”dan kengroq tushuncha. Bu, insoniyat, tsivilizatsiya tomonidan ming yillar mobaynida yaratilgan moddiy, manaviy boyliklar, qadriyatlarni tajavuzkor kuch, g’oya, tah’didlardan asrash, keyingi avlodlarga meros tarzda wtkazishdir. Bu h’ar bir davr, insoniyatni turli bosqichlarida erishilgan milliy mintaqaviy madaniyatlarining rivojlanish xususiyatlari, faoliyat usulllarini asrash demakdir. Madaniyatga taxdid, madaniyat tanazuli-insoniyat barqarorligi, mavjudligining fojiasidir.
Jah’on madaniyati moh’iyati, shakllanishi, rivojlanishi, avloddan avlodga uzatilish jaraёni, funktsional maqsadi inson va uning faoliyati bilan bog’liq. U wzining ifoda shakllari, tarmoqlari tiplariga qaramay yaxlit, bir butunlikda insoniyat madaniyati sifatida amal qiladi. U quyidan yuqoriga, oddiydan murakkab sari takomillashish jaraёnini anglatadi. U makon va zamonda bir zayilda, bir nuqtada, bir maqomda turmaydi.Uning nafaqat mavjudlik elementlari, turlari, tiplari ёnma-ёn mavjud bwlishi, ёh’ud almashinishi mumkin. Qadimgi Yunoniston madaniyati bilan bir zamonda yashagan, ammo bir-biridan farqli boshqa mintaqa madaniyatlarini eslang. Ёh’ud, h’ozirgi sharoitda dunёning turli madaniyatlarni kwz oldingizga keltiring. Bu madaniyatlarni rivojlanish darajasi, miqёsi, tasir kwlami jih’atidan yagona shaklga jamlash, bir maqomda bah’olash mumkin emas.
Hamonki, madaniyat muttasil rivojlanishda ekan, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, davrlari (m: G’arbiy-Janubiy Evropa, Shimoliy Afrikaga xos Qadimgi dunё, Wrta asr madaniyatlari) barcha mintaqalarga bir xil mos kelavermaydi. Lekin u vaqt etibori bilan boshqa makonda, masalan, Evropa ёh’ud Osiёda albatta wziga xos takrorlanadi. Bir-biridan makon va zamonda muayan masofada bwlgan ayrim xalqlarning tili, axloqi, dinida, madaniyat yaratilishining shakl va uslublarida wxshash jih’atlari h’am bwlishi mumkin.
Demak, madaniyatlar wz tiplari, shakllaridan qatiy nazar shakllanishi, rivojlanishining tub tomirlari jih’atidan (insonning tabiiy, sotsial eh’tiёji, maqsadga ywnaltirilgan faoliyati, wzligini anglash) bir butunlikni-jah’on madaniyatini, umuminsoniyt madaniy merosini yaratilish, takomillashish jaraёnini anglatadi.
Madaniyat taraqqiёti twppa-twg’ri ywl emas. Uning tarmoqlari, shakllarida turli davrlarda, bosqichlarda turg’unlik, h’atto tanazzul h’olatlari h’am bwladi. Madaniyatda shakllanaёtgan yangi elementlar eskisiga twla muvofiq kelmasligi, ёh’ud manaviy meros sifatida undan twlaqonli foydalanmasligi mumkin (eski mafkura jamiyatda ёt konturkultura-nashavandlik v.b.)
Jah’on madaniyatiga xos xususiyat - h’amisha tadrijiy h’olda quyidan yuqoriga rivojlanishdir. Qulay geografik iqlimiy sharoitga, iqtisodiy tizim ayrim xalq, mintaqa madaniyatlarini suratli rivojlanishini belgilasa, boshqa h’ududlarda aks h’olat madaniyat rivojini suslashtirishi h’am mumkin. (ayniqsa, bu h’ududlar boshqa tsivilizatsiyalardan uzilib qolsa ёh’ud tabiiy falokat, sotsial zug’um-fojealar girdobida qolsa).
Madaniyatlar rivojlanishida tashqi tasir, ёrdam, boshqa madaniyatlar yutug’idan foydalanish muh’im rol wynashi mumkin degan muloh’azalarga (F.Grebner) L.Morgan, E.Taylor kabi qadimshunosliklar h’ar bir madaniyat wz ichki impulsi, imkoniyatlari asosida rivojlanadi, degan xulosani qarshi qwyadilar. Bu ayni twg’ri xulosa. Aks xolda madaniyatni faqat ayrim tanlangan, elatlar, qavmlar yaratadi va yaratgan degan bir tomonlama qarash yuzaga keladi. Bu esa jah’on madaniyati moh’iyati va qimmatiga ziddir. Har bir madaniyat jah’on madaniyati guldastasida wz rangi, bwyiga ega bwlgan xos madaniyat ( Dezami) u siz bejirim guldastasi bwlishi mumki emas. Volter, Gerder nazarida jah’on tarixi-madaniyatlar tarixi, demak. Yagona tarixsiz yaxlit jah’on madaniyati h’am bwlmaydi.
İkkinchi bob

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish