JAHON MADANİYATİ
5 – Mavzu Jah’on madaniyati bosqichlari
REJA:
1. Madaniyatnıng tarixıy bosqıchlari.
2. Madaniyat va tsivilizatsiya tushunchlari. Ular urtasidagi umımiy farqlar.
3. Ong va dunyoga koz-qarash. Madaniy jaroyonni belgilavchi ahamiyatli faktor.
4. Diniy madaniyatnıng dastlapki turlari va kurinishlari.
5. Mısr, Grek madaniyati.
6. Rim, Qıtay, Hindstan madaniyati.
Madaniyat h’amma davrda insoniyat jamiyatining moddiy va manaviy taraqqiёti darajasini, insoniyat yaratgan bilimlarni, ishonch–etiqodlarni, sanatni, axloqni, qonunlar va odatlarni, shuningdek, inson wzlashtirgan laёqat va kwnikmalarning yig’indisini ifodalagan. “Madaniy jaraёn” tushunchasi tarixiy kategoriyaga mansub bwlib, malum bir xalq ёki h’udud bilan chegaralanmagan. Shuning uchun mazkur jaraёn h’amma davrlarga va xalqlarga tegishlidir.
Madaniy taraqqiёtning malum bir davrda paydo bwlgan wziga xos xususiyati va noёb, takrorlanmas jih’atlari h’am borki, bu xususiyatlar malum h’ududda madaniy bosqichlarni yuzaga keltiradi. Masalan. ibtidoiy madaniyat, antik madaniyat, uyg’onish davri madaniyati, islom madaniyati va boshqalar. Madaniy bosqichlar malum darajada regional – mintaqaviy xususiyatni wz ichiga qamrab oladi.
Ammo madaniyat universalligi tushunchasi butun insoniyatga mansub bwlgan madaniy merosni ifodalab, madaniyatning regional xususiyatiga zid kelmaydi, aksincha, uni twldiradi. Umuman, madaniyatning universalligi, geografik wrnidan qatiy nazar, h’amma madaniyatga mansub qadriyatlar, qoida, anana va wziga xos xususiyatlar, mezon, jamiyatning tarixiy davri va ijtimoiy qurilishidir. 1959 yili Jorj Merdok jamiki madaniyatga mansub 70 dan ortiq universal madaniy kategoriyalarni aniqladi1. Bular - sport, kalendar, tozalikka rioya qilish, folbinlik, dekorativ sanat, tushni tabirlash, meh’nat taqsimoti, talim, g’aroyib ravishda shifolashga ishonch, oila, bayramlar, dafn rasm – rusumlari, wyinlar, tabriklar, til, qonun, merosxwrlik h’uquqi, h’azil–mutoyiba, tibbiёt, motam, musiqa, mifologiya, raqam, h’omiladorlarga munosabat, xususiy mulkka egalik h’uquqi, diniy rasm–rusumlar, bolani kwkrakdan ajratish, ob–h’avoni kuzatish va b. kategoriyalardir. Biz h’am madaniyatning mazkur tarkibiy qismlarini qwllab-quvvatlagan h’olda, kwproq moddiy madaniyat va manaviy madaniyatga, jumladan, amaliy va tasviriy sanat asarlariga, ilm-fanga, diniy talimotlarga, etnografiyaga, mifologiya, ёzuv va boshqa bazi jih’atlariga etibor qaratamiz.
Madaniyatning universalligi shuning uchun paydo bwladiki, h’amma odamlar, dunёning qaysi qitasida yashamasin, jismoniy jih’atdan bir xil tuzilgan, h’ammasida h’am bir xil biologik eh’tiёj bor, bir xil muammolarga duch keladilar. Odamlar tug’iladilar, yashaydilar, vafot etadilar, shuning uchun h’amma xalqlarda tug’ilish va vafot etish bilan bog’liq odatlar, udumlar bor va h’. Madaniyat universalligining paydo bwlishi twg’risida swz ketganda, albatta, gap madaniyatning ibtidoiy kwrinishlariga borib taqaladi.
Bugungi Wzbekiston h’ududida eng qadimgi davrlardan boshlab insoniyat istiqomat qilgan. Wlkaning tabiiy sharoiti insoniyat istiqomat qilishi uchun shart – sharoit yaratgan. Arxeologlar bu borada bizga ёrdam beradi. Bugungi Wzbekiston h’ududi Markaziy Osiёdagi eng qadimiy insoniyat maskanlaridan biri ekanini arxeologiya fani isbotlamoqda.
Dunё arxeologiya fani turli davrlarda insoniyatning yashash tarzi, yashash omillari asosida madaniy bosqichlarni ishlab chiqqan. Dunёning turli joylaridagi madaniy bosqichlar turlicha. Jumladan, Afrikadagi Muster madaniy bosqichi eng qadimgi deb etirof etilgan. Markaziy Osiёdagi eng qadimiy madaniyat bosqichlaridan biri Selengur madaniyati deb nom olgan. Bu madaniy bosqich Markaziy Osiёdagi eng qadimiy insonning h’aёt tarzini kwrsatadi. Selengur madaniyati deb nom olgan obekt Farg’ona vodiysining Swx tumanida. Mazkur madaniy obekt insoniyat h’aёtiga oid kwplab malumotlarni yig’ishga va wzgartirishga ёrdam berdi. Wlkamizda insoniyat h’aёti bir million yil narida ekani isbotlandi. Qolaversa, Markaziy Osiё madaniyatiga oid mavjud ananaviy tasavvurlarni wzgartirishga h’am Selengur madaniyati turtki berdi.
Tosh davriga oid mazkur obida Wzbekiston h’ududida tasodif emas edi. Bu topilma Markaziy Osiё madaniyati tarixida keyingi davrlarda h’am davom etdi va keng ёyildi. Selengur madaniyatiga oid ashёlar orasida qushning tumshug’iga wxshash bolta, uy – rwzg’or buyumlari shulardan namuna bwlib, keyinchalik Markaziy Osiёda keng ёyilgan, mustah’kam wrnashgan h’ayvonot uslubining ilk namunasi edi.
Mazkur madaniy bosqichga oid namunalar Wzbekistonning qadimiy tuprog’idan kwplab topildi. Quyidagi dalilga murojaat etaylik.
1932 yili akademik A.P.Okladnikov boshchiligidagi Termiz ekspeditsiyasi Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan Muster madaniyatiga2 oid ashёlarni topdilar. Topilmalar orasida odamning boshi, tana azolari, suyaklari diqqatga sazovor edi. Suyaklar joy – joyiga qwyib tiklandi. Natijada 9 – 10 ёshli bolaning skeleti h’osil bwldi. Bu skelet Evropa, Osiё va Afrikadagi Muster davriga oid neandertal odam toifasiga mansubligi malum bwldi.
İlk insonning yurtimizda yashagani twg’risidagi malumotlar albatta katta yangilik edi. Yana bir diqqatga sazovor tomoni shu bwldiki, qabr ustiga tog’ echkisining shoxlari qwyilgan ekan. Echki shoxlar qabrga bezak uchun qwyilgan emas, balki wsha davrga oid odamning dunёqarashi, fikrlashi tarzini kwrsatardi. Totemistik fikrlash ayni shu davrdan boshlanganini mazkur ёdgorlik dalillaydi. Chunki insoniyat paydo bwlgandan boshlab atrof – muh’itga, tabiiy h’odisalarga wz munosabatini bildirgan. Bu jaraёnni ibtidoiy fikrlash tarzi bilan bog’lash lozim: inson tabiat bilan wzi wrtasiga chegara qwymagan davrning mah’suli sifatida yuzaga kelgan.
Wzbekiston tuprog’idan topilgan mazkur ikki qadimiy obida yurtimizda insoniyat h’aёti, ularning yashash tarzi twg’risida twlaqonli tasavvur h’osil qiladi. Dunёning h’amma qitasida h’am bir xildagi madaniy ёdgorlik uchrayvermaydi.
Muster madaniyatiga oid mazkur bosqich Selengur madaniyatidan bir oz keyinroq - tosh davrining 800 - 700 ming yilliklariga oiddir.
Muster madaniyati kengroq tarqalgan bwlib, dunёning boshqa joylarida h’am uchraydi. Jumladan, 1952 yili Qrimda Bog’chasaroy ёnida 1,5 - 2 ёshli bolaning bosh suyagi topildi. Mana shu topilmadan boshlab Muster madaniyati degan termin madaniy tushuncha sifatida kirib keldi.
Wrta Osiё mintaqasi h’amma davrda h’am madaniy obidalarga boyligi jih’atidan dunё madaniyati tarixida aloh’ida ajralib turadi. Madaniy qatlamlardagi uzluksizlik Wrta Osiё madaniyatida yangi, takrorlanmas obidalarni yaratishga sabab bwldi. İnsoniyatning badiiy tafakkuri cheksiz imkoniyatlarga egaligini h’am aynan Wrta Osiёdan topilgan madaniy obidalarda kwramiz. Teshiktoshdagi echki shoxi badiiy tafakkurning ilk namunasidir. Keyinchalik insoniyat tosh va qoyalarga suratlar wyish orqali wz qobiliyatini namoёn qildi. Bu suratlar orqali ibtidoiy inson kundalik voqealarni ifodalab qolmagan, balki olamni keng qamrovli, mifologiya orqali anglashni namoёn qilgan. Tosh va qoyalarga wyilgan suratlarda turli jonzotlar, qushlar, afsonaviy maxluqlar asosiy wrin egallaydi.
Wzbekistonning janubida - Kwh’itang tog’larida h’ozirda h’am inson oёg’i kam etib borgan joylar mavjud. Mana shunday joylardan biri tog’dagi Zariwtsoy bwyidagi g’orlardir. Soyning qirg’oqlarida joylashgan g’orlarda insonlarning suratlari h’am bor. Bu suratlarning qachon yaratilgani malum emas. Ammo insoniyatning ilk madaniy bosqichlarida yaratilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Afsonaviy maxluqlar, boshqa bazi tasvirlar shundan dalolat beradi. (rasm)
Zariwtsoy - Oltin wt darasi deganidir. Soyning wrta qismida katta “ayvon“ bwlib, bu joy Zariwt kamar deb aytiladi. Bu qismda diqqatga sazovor suratlar bor. Ayniqsa, qushlar va h’ayvonlarning tasviriga kwproq etibor qaratilgan. Hamma xalqlarning ilk madaniy bosqichida qushlar va h’ayvonlar tasviri asosiy wrin egallaydi. Sharqdagi aksariyat ibtidoiy madaniyatda shu jaraёnni kwrish mumkin. Sanatning bu turi h’ayvonot uslubi deb nomlanadi. Miloddan oldingi birinchi ming yilliklarga oid asarlarga nisbatan esa skif - h’ayvonot uslubi degan nom h’am qwllanadi. Sanatning bu turi dunёning kwp h’ududlarida qadimiy sanat turi - amaliy va tasviriy sanatga nisbatan qwllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |