Uy-joy huquqi



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

N aiorat savollari
1. Xizmat turarjoylari tushunchasi va ulardan foydalanish asoslariga nimalar
kiradi?
2. Xizmal turlar joylaridan ko 'chirish va uning turlarini sanab bering.
3. Maxsus uylar va ularning turlariga nimalar kiradi?
4. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish qoidalari t/anday?
5. Maxsus maqsadli uylardan turarjoylar berish va ulardan ko ‘chirishning
mazmuni nimalardan iborat?
www.ziyouz.com kutubxonasi


VI BOB
TIJRARJOY ARENDASI
6.1. Turarjny arcndasi shar
xususiyatlari
Lly-joy huquqida turarjoy ijarasi va arcndasi bir-biridan 
farqlanadi. Agar uy-joyda ijaraga beruvchi fuqaro bo ‘lsa, u «uy- 
joy ijarasi* deb yuritiladi, ijaraga beaivchi yuridik shaxs bo'lgan 
hollarda bu sh artn o m a «turarjoy arendasi» deb nom lanadi. 
UJKning 86-moddasi l-qismiga ko‘ra, turarjoy yuridik shaxslarga 
egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida 
berilishi mumkin. Yuridik shaxs turarjoydan faqat fuqarolar 
yashashi uchun foydalanishi mumkin.
Fuqarolik qonunchiligidan ma'lumki, ijara shartnomalarida, 
odatda. mulk huquqining ikki elementi, ya’ni mulkka egalik qilis'n 
va undan foydalanish huquqlarigina ijaraga beruvchidan ijaraga 
oluvchiga o ‘tadi. T asarruf etish huquqi esa har doim ijaraga 
beruvchining qo'lida saqlanib qoladi. Ayrim ijara munosabatlarida 
qisman tasarruf etish huquqi ham ijaraga beruvchiga o‘tishi 
mumkin. Turaijoy arendasi shartnomasida ham arendaga beruv- 
chidan arendaga oluvchiga turarjoyga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqigina o'tishi belgilangan.
Turarjoyga egalik qilish deganda, turarjoy egasi arenda shart- 
nomasi asosida bergan uy-joy, kvartiraga nisbatan ijaraga oluvchi 
egalikni amalga oshirishi, uni turli tajovuzlardan saqlashi, o ‘z 
mulkiday ehtiyolkorona munosabatda bo'lishi va o'z qo'l ostida 
belgilangan muddat davomida ushlab turishi tushuniladi.
Turaijoydan foydalanish deganda, arenda shartnomasi asosida 
berilgan m ulkdan ijaraga oluvchining foydalanishi, m ulkdan 
foydalanish shartlariga rioya qilgan holda unda yashashi, hayot 
kechirishi, yashash uchun zarur bo ‘lgan holatda uydan foyda- 
lanishi tushuniladi
Turarjoy arendasi shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar 
xosdir: birinchidan, turarjoy ijarasi shartnomasi ikki tomonlama
191
www.ziyouz.com kutubxonasi


xarnkterga ega. Bunda shartnomada ishtirok ctadigan taraflarning 
har ikkisida ham huquq va majburiyatlar mavjud bo'ladi.
Ikkinchidan, turarjoy arendasi shartnomasi haq baravariga 
tuziladi. Runda arendaga oluvchi yuridik shaxs arendaga beruvchiga 
turarjoydan foydalanganligi uchun vaqti-vaqti bilan haq to ‘lab 
turadi
Uchinchidan. turaijoy ijarasi shartnomasi konsensual xarak- 
terga ega, ya'ni tnraflar o'rtasidagi huquq va m ajburiyatlar 
shartnomr tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Shartnomada arendaga oluvchi taraf sifatida ishtirok etadigan 
yuridik shaxslar Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga ko‘ra ikki 
guruhga «foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan 
(tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib 
olmagan tnshkilct (tijoratchi bo'lmagan tashkilot) ga bo'linishi 
belgilangan bo‘lib, qonunchilikda ulaming har ikkalasi ham turarjoy 
arendasi shartnomasining subyekti bo'Iishi mumkinligini nazarda 
tutadi.
Yuridik shaxslar arenda shartnomasi asosida olgan turarjoyidan 
boshqa maqsadlarda (masaian, tikuv sexi, go'zallik saloni ochish 
uchun) emas, balki fuqarolar (yuridik shaxs o‘z xodimlari yoki 
boshqa shaxslar)ning yashashlari uchun foydalanishlari mumkin. 
Qonunchilikda ushhu normaning belgilanishi respublikamizdagi 
mavjud uy-joylar fondining kamayib ketishining oldini olish, 
fuqarolarni turaijoyga bo‘lgan ehtiyojlarim qondirish maqsadini 
ko‘zlaydi.
Chunki yuridik shaxslar turarjoylarni arenda shartnom asi 
asosida foydalanishga olib, undan turli maqsadlarda foydalansa 
(masalan, savdo do'koni ochish), albatta uy-joy fondining kamayib 
ketishiga sabab boMishi mumkin. Shuning uchun mazkur norma 
yuridik shaxslar arenda shartnomasi asosida olayotgan turarjoydan 
fuqaro lam in g yashashlaridan tashqari boshqa (lad b irk o rlik
faoliyatini davom ettirish maqsadida savdo do'konlari ochish) 
maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo'ymaydi. Agar yuridik shaxs 
arenda shartnomasi asosida olayotgan turaijoydan fuqarolarning 
yashashlari uchun emas, balki boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi 
b o ‘Isa, dastlab ushbu turarjoy toifasini noturarjoy toifasiga 
o'tkazishi talab qilinadi.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi


S h u n d a n so'nggina arenda s h a rtn o m a s i asosida olgan 
turarjoydan yuridik shaxslar fuqarolarning yashashlari uchun emas, 
halki boshqa maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo'yiladi.
Fuqarolik kodeksining 101-moddasiga muvofiq bitimlar og'zaki 
yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. 
Ayni paytda yozma bitimlar ham ikki turga: oddiy yozma va notarial 
tasdiqlangan, davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilishi talab qilinhdigan 
bitimlarga ajratiladi.
Davlat ro'yxatidan o ‘tkazilishi talab qilinadigan bitimlarjumla- 
siga yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog'liq 
bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, 
merosni qabul qilib olish va boshqalarjni kirilish mumkin.
Turarjoy ijarasi shartnomasi albatta yozma tuzilgan bo'lishi va 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o ‘tkazilishi shart. 
Turaijoy arenda shartnomasi shakliga nisbatan bunday talabning 
qo‘yilishi taraflar o'rtasida kelib chiqadigan turli nizolarning oldini 
olishdan iboratdir.
Turarjoy arendasi shartnomasining shakliga qo'yilgan davlat 
ro'yxatidan o‘tkazilishi to ‘gTisidagi talabga taraflarning rioya 
etmasligi mazkur shartnomaning o ‘z-o ‘zidan haqiqiy emas deb 
topilishiga sabab bofladi. Bu haqda Fuqarolik kodeksining 112- 
moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan:
Bilimning notarial shakliga yoki uni davlat ro'yxatidan o‘tkazish 
talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib 
chiqaradi. Bunday bilim o“z-o‘zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Agar davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli 
shaklda tuzilgan bo‘1ib, ammo taraflardan biri uni ro'yxatdan 
o ‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni 
ro‘yxatdan o'tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday 
holda bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o ‘tkaziladi.
Arenda shartnomasi shakliga qo'yilgan talabdan, asossiz bosh 
tortayotgan taraf shartnomani tuzish kechiklirilganligi tufayli 
yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to‘lashi lozim bo‘ladi.
Turarjoy arendasi shartnomasining muhim shartlari quyida- 
gilardan iboratdir:
— turarjoyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
— turarjoy arendasining muddatlari;
193
www.ziyouz.com kutubxonasi


— turaijoyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori. 
uni toiash muddatlari;
— arendaga beruvchi arendaga berayoigan turarjoyning. 
muhandislik qurilmalarining holati to‘g‘risidngi ma'lumotlar;
— shartnom a m uddati o'tishi bilan lurarjoyni arendaga 
beruvchiga qaytarish tartibi;
— arendaga berilgan turarjoyga qarash. xizmat ko‘rsatish va 
uni ta'mirlash bo'yicha taraflarning majburiyatlari;
— arendaga berilgan turarjoyni ijaraga berish yoki ikkilamchi 
arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;
— taraflarning javobgarligi.
Taraflar o‘zaro kelishuvga muvofiq turarjoy arendasi shart- 
nomasiga boshqa shartlarni ham kiritishga haqlidirlar. Biroq 
taraflarning o'zaro kelishuvi bilan kiritilayotgan shartlar albatla 
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmog‘i shart.
UJK 87-moddasining birinchi qismida belgilanishicha, arendaga 
beruvchi turatjoyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli va 
doimiy yashashiga moMjallangan. belgilangan sanitariya, yong‘in- 
ga qarshi. texnik talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi 
shart.
Ushbu talabalarga javob bermaydigan turarjoyni arendaga 
berganlik uchun shuningdek, turatjoyning muhandislik qurilmalari 
va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan 
yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar. nosozliklar uchun arendaga 
beruvchi arendaga oluvchi oldida javobgar bo'ladi.
Shuningdek, arendaga beruvchi barcha talablarga javob bera- 
digan turarjoyni o ‘z vaqtida arendaga oluvchiga topshirishi shart. 
Agar lurarjoyni arendaga oluvchiga o ‘z vaqtida o ‘ziga bog‘liq 
bo'lgan sabablarga ko‘ra topshira olmagan bo lsa, buning uchun 
arendaga beruvchi javobgar b o ‘ladi. Arendaga berilayotgan 
turarjoyni arendaga o‘z vaqtida topshirish arendaga beruvchining 
aybi bilan kechikkanligi isbotlanmasa, javobgarlikdnn ozod qilinishi 
mumkin.
Turarjoylar faqat fuqarolarning yashashlari uchun arendaga 
beriladi. Ko‘p kvartirali uylardagi turarjoylarni sanoat ehtiyojlari 
uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko‘p 
kvartirali uylarda turli ishlab chiqarishlami yoMga qo'yish, qaysiki
194
www.ziyouz.com kutubxonasi


ushbu turarjoy yashash uchun mo'ljallanmagan joylar turkumiga 
bejgilnngan tartibda o'tkazilganidan keyingina amalga oshirish 
mumkin.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish