VII BOB
UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARlDAN
UY-JOY BINOLARINI O LISH VA FOYDALANISH
TARTIBI
7.1. Uy-joy qurish va uy-joy koopcrativlari tashkil etish
Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o ‘z m ablagiari bilan
birgalikda qurilishda ishtirok etish yo‘li bilan kelgusida uydan
(uylardan) foydalanish va ulaming saqlanishini ta'minlash uchun
tashkil etiladi. Koopcrativ fuqarolaming o‘z mablag'larini qo'shish
yoii bilan birgalikda hosil boigan umumiy mulk hisobidan uy-
joyni qurish ishlarini amalga oshirish va
natijada kelgusida qurilgan
uy-joyga nisbatan mulkiy huquqlarga ega boiishini ta'minlashga
xizmat qiluvchi yuridik shaxsdir. Kooperativ tashkiliy huquqiy
nuqtayi nazardan matlubot kooperativi hisoblanadi. Unga nisbatan
FKning 73-moddasi talablari qoilaniladi. FKning 73-moddasiga
asosan ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish
maqsadida fuqarolaming a'zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi
matlubot kooperativi hisoblanib. bu hirlashuv uning a'zolari
tomonidan o ‘z mulkiy (pay) badallarini qo'shish yo ii bilan amalga
oshiriladi.
Uy-joy kooperativi ishtirokclularning uy-joyga b o igan moddiy
ehtiyojlarini qondirish. ya’ni yangi, rekonstruksiya qilingan
*
imoratlarni sotib olish va kelgusida uy (uylar)dan foydalanish uchun
fuqarolaming ixtiyoriy a'zoligi asosida (pay)
badallarini birlashtirib
tashkil qilinadi.
Uy-joy kooperativi matlubot kooperativi hisoblangani va yuridik
shaxs maqomiga ega b o ig a n i sahabii unga nisbalan yuridik
shaxsning umumiy va notijorat yuridik shaxs uchun xos boigan
qoidalari qoilaniladi. Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Rcspubiika-
sining 14.06.1991-yilgi «Kooperatsiyalar to‘g‘risida»gi, O'zbekiston
Respublikasining 14.04.1999-yilgi «Nodaviat notijorat tashkilotlari
to 'g ‘risida»gi. O'zbekiston Respublikasining 03.01.2007-yilgi
«Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to ‘g‘ri-
sida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
2 0 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
knmasining 28.04.2007-yil 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Nodavlat notijorat lashkilotlari faoliyatini
davlat tomonidan
qoMlab-quwatlash tarlibi to‘g‘risida» Nizom hamda boshqa qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kooperativ, O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ta'qiqlan-
ganlaridan tashqari, faoliyatning har qanday turi bilan shug‘ul-
lanishga haqlidir
Bunda kooperativlar va ularning xo'jalik uyushmalari davlat
boshqaruvi, kontroli va nazorati, shuningdek, surishtiruv, tergov
va odil sudlov idoralarining vazifalarini bajarishlariga yo‘l qo‘yil-
maydi. Kooperativlar. kooperativlarning xo'jalik
uyushmalari
O 'zbekiston Respubhkasi amaldagi qonunlariga va xalqaro
shartnomalarga muvofiq respublika va xalqaro bozorlarda xo‘jalik
faoliyatim erkin yuritish huquqiga egadirlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari yuridik shaxs maqo-
miga ega bo'lganlari sababli ularning mustaqil balansida o ‘z
ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablag'lari, (pay)
badallari, shuningdek, boshqa boyliklar bo'iishi mumkin. Bunday
mablag'lar kooperativ mulki hisoblanadi. Uy-joy qurish yoki uy-
joy kooperativlarining mol-mulki o ‘z a'zolarining pul va moddiy
badallari, banklaming kreditlari. o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar,
bu mahsulotni sotishdan kooperativ
ustavida nazarda tutilgan
o'ziga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonunlarda man
etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil bo‘ladi. Kooperativning
mol-mulkini shakllantirishda. mulk shaklidan qat'iy nazar korxo-
na (ta sh k ilo t)la r, sh u n in g d ek , m a zk u r k ooperativga a ’zo
b o ‘lmagan, am m o unda mehnat shartnomasi (kontrakti)ga,
bitimiga muvofiq ishlayotgan jism oniy shaxslar sh artn o m a
asoslarida pul va moddiy badallar to‘lash yo‘li bilan ishtirok
etishiari mumkin.
Agar kooperativning barcha a'zolari yangi qurilgan, rekons-
truksiya qilingan imoratlami sotib olgan bo‘lib,
ushbu turaijoylarga
nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega
bo‘lsalar va ushbu turaijoy ularning umumiy mulki hisoblansa,
ular ko‘p kvartirali uylarda uy-joy fondini birgalikda boshqarish
hamda uni saqiash. asrash va ta'mirlashni ta'm inlash uchun
ix tiy o riy b irla s h m a sifa tid a xususiy u y -jo y m u lk d o r la r i
2 0 6
www.ziyouz.com kutubxonasi
shirkatlarining tashki! etish huquqiga ega bo'ladilar. Uy-joy
mulkdorlari shirkatlarining huquqiy maqomi ushhu kodeks va
0 ‘zbekiston Respublikasining 12.04.2006-yilgi «Xususiy
uy-joy
mulkdorlari shirkatlari to ‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun
hujjatlarda belgilangan.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari yuridik shaxs maqomiga
ega boMganligi sababli uning nomidan harakat qilish, turli bitimlar
tuzish uchun boshqaruv organlari boMishi lozim. Uy-joy qurish
va uy-joy kooperativlarining oliy boshqaruv organi uning umumiy
yig'ilishi bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish
komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni bosh-
qarish bo'yicha o ‘z vakolatlarini topshiradi.
Kooperativning har
bir a'zosi, shu jumladan uning har bir janioa a'zosi, qo'shgan
mulkiy hissasining miqdoridan qal'i nazar, bir ovozga ega bo‘ladi.
Kooperativda mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha ishlayotgan
fuqarolar umumiy yig'ilishda maslahat ovozi huquqi hilan ishlirok
etadilar.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativining umumiy yig‘ilishi:
— kooperativning ustavini qabul qiladi, unga belgilangan tartibda
o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritadi;
— kooperativ raisini, kooperaliv boshqaruvini va taftish
komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi,
ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi;
— kooperativ a'zoligiga qabul qilish. a'zolikdan
chiqarish
masalalarini, shuningdek, kooperativdan chiqish bilan bog'liq
masalalami hal qiladi;
— kooperativning ichki tartib qoidalarini, kooperativ mulkiga
yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik t c ‘g‘risidngi, meh-
natga haq 1o‘lash to ‘g‘risidagi qoidalarni hamda kooperativning
boshqa ichki hujjatlarini qabul qiladi va ularni o‘zgartiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: