6.2. Arendaga olingan turarjoyni tasarruf etish
Arendaga berilgan turaijoyni arendaga olgan shaxs arendaga
beruvchining roziligi bilan tasarruf elish mumkin. Arendaga olgan
shaxs arendaga beruvchining roziligi bilan turarjoyni quyidagi
shakllarda tasarmf etishi mumkin:
1. Ikkilamchi arendaga berish orqali
2. Qayla ijaraga berish orqali.
3. Arendaga berilgan turarjoyni tekin foydalanishga berish
orqali.
Ikkilamchi arendaga berish deganda, birlamchi arendaga oluvchi
shaxs lurarjoy mulkdorining roziligi bilan uni boshqa shaxsga,
ya'ni ikkilamchi arendaga oluvchiga egalik qilish va foydalanish
uchun arenda shartnomasi asosida berishi tushuniladi.
Masalan, muayyan yuridik shaxs arenda shartnomasi asosida
olgan turarjoyni, ushbu turarjoydan foydalanishga vaqtincha
ehtiyoji yo'qligi sababli, turaijoy egasining roziligi bilan o ‘zi tuzgan
arenda shartnomasi muddatidan ko‘p bo'lmagan muddatga boshqa
bir shaxsga ikkilamchi arenda shartnomasi asosida beradi. Yoki
yana bir misol, A ismli fuqaroga tegishli turarjoyni «Olmos«
to'qimachilik xususiy korxonasi o ‘z xodimlarining yashashlari
uchun arenda shartnomasi asosida olgan edi. Biroz vaqt o‘tganidan
keyin «Olmos« xususiy korxonasi ishchilarining qatnovlari uchun
avtobuslar marshruti yo'lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan «OImos«
xususiy korxonasi A ismli fuqaroning roziligi bilan arenda shartno-
masi asosida olgan turarjoyni «Toshkent Lada» aksionerlik
jamiyatiga ikkilamchi arenda shartnomasi asosida egalik qilish va
foydalanish uchun beradi.
Qonunchilikda ikkilamchi arendaga berish shartnomasini tuzish
vaqtida taraflar amal qilishi zarur bo‘lgan muhim qoida belgilab
qo‘yilgan. Ya'ni, turarjoyni ikkilamchi arenda (ijara)ga berish
shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan m uddatdan
uzoqroq muddatga tuzilislii mumkin emas.
195
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuningdek. qonun hujjatlarida turaijoyni ikkilamchi arendaga
berishning quyidagi shartlari nazarda tutilgan:
— turaijoyni ikkilamchi arendaga berayotganda albatta birlamchi
ijaraga beruvchining roziligi olingan bo'lishi kerak;
— turarjoyni ikkiiamchi arendaga berish muddati birlamchi
arenda muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ikkilamchi arenda shartnomasi ko'proq foyda oltsh maqsadida
tuziladigan shartnomadir.
Qayta ijaraga berish deganda, arendaga oluvchi turarjoyni
arendaga beruvchining roziligi bilan o ‘z zimmasiga olgan huquq
va majburiyatlarni boshqa shaxsga o ‘tkazishga aytiladi. Masalan,
turarjoyni birlamchi arenda shartnomasi asosida olgan shaxs,
shartnoma yuzasidan qanday huquq va majburiyatlami o ‘z zim-
masiga olgan bo'lsa, .xuddi shu shartlar asosida turaijoyni boshqa
shaxsga o'tkazadi.
Arendaga olingan turarjoyni tasarruf etishning uchinchi hir
shakli tekin foydalanishga berishdir. Bunga ko‘ra turarjoyni arenda
shartnomasi asosida olgan shaxs ijara haqini o ‘zi toiagan holda,
mazkur turarjoyni o‘zga shaxsga tekin foydalanishga (hech qanday
haq to'lashni talab qilmay) beradi.
Turaijoyni arendaga oluvchi har qanday holatda ham, ya'ni
ikkilamchi, qayta ijaraga yoki tekin foydalanishga berganligi uchun
arendaga beruvchi oldida, shartnoma bo'yicha javobgar b o iib
qoladi. Ayni paytda turaijoyni ikkilamchi. qayta ijaraga olgan yoki
undan tekin foydalanayotgan shaxslar birlamchi ijaraga oluvchining
oldida javobgar boiadilar.
Turarjoyni arendaga berish shartnomasini tuzish vaqlida
arendaga oluvchi keyinchalik arendaga olgan turarjoyni sotib
olishini m a iu m qilgan yoki m a iu m qilmagan holda arendaga
beruvchidan toialigicha yoki uning birqismini sotib olishi mumkin.
Bunda, albatta, turarjoyni arendaga beruvchining roziligi talab
etiladi. Shuningdek. arenda shartnomasi asosida olingan turarjoyni
sotib olish taraflar o'rtasida tuziladigan alohida oldi-sotdi shart-
nomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Chunki har ikkala shartnoma
asosida bir-biridan farq qiladigan munosaballar lartibga solinadi.
Arenda (ijara) shartnomasi bilan oldi-sotdi shartnomalari
o'rtasidagi asosiy farqni mulk huquqini ifodalaydigan uchta
196
www.ziyouz.com kutubxonasi
elementning (egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish) bir shaxsdan
ikkinchi bir shaxsga o ‘tishi belgilab beradi. Oldi-sotdi shartno-
masida mulk huquqini belgilovchi uch element (cgalik qilish,
foydalanish, tasarruf etish) ning barchasi bir shaxsdan ikkinchi
bir shaxsga to ‘liq o‘tadi.
Ijara munosabatlarida esa yuqorida aytganimizdek, mulk
huquqini faqat ikki: mulkka egalik qilish va undan foydalanish
elementlarigina ijaraga bemvchidan ijaraga oluvchiga o‘tadi. Mulkni
tasarruf etish huquqi har doim mulkdor qo‘lida saqlanib qoladi
Faqat mulkdorning ruxsati bilan mulkni qisman tasarruf etish
huquqi ijara munosabatlariga xos xususiyatlardan biridir. Masalan,
turaijoyni ikkilamchi ijaraga berish.
Arendaga berilgan turarjoy sotib olinayotganda taraflar,
albatta, Fuqarolik kodeksi (386—496-moddalar)da belgilangan
oldi-sotdi shartnomasiga doir normalarga rioya qilgan holda
shartnoma tuzishlari shart va shu asosda turarjoy sotib olinadi.
Agar lurarjoyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi
tuzilayotgan, o ‘zgartirilayotgan, bekor qilinayotganda taraflar
o'rtasida turli nizolar vujudga keladigan bo‘lsa, mazkur nizolar
(fuqarolik yoki xo‘jalik) sud tartibida ko'rib hal qilinadi.
Taraflarturaijoy arendasi shartnomasini tuzish vaqtida, albatta,
arenda haqini tolash tartibi. shartlari va muddallari haqida o‘zaro
kelishuvga erishgan bo'lishlari va buni shartnomada belgilab
qo‘yishlari shart. Turatjoy arendasi haqi shartnomaning muhim
shartlaridan biridir.
Arenda haqining miqdorini taraflar o'zaro kelishuvga ko‘ra
shartnomada nazarda tutadilar. Basharti qonunga muvoflq uy-
joy uchun to'lanadigan haqning eng ko‘p miqdori belgilab qo‘yilgan
bo‘lsa, shartnomada belgilangan haq ana sbu miqdordan oshib
ketmasligi lozim.
Masalan, ko‘p qavatli uylarning beshinchi qavatida joylashgan
ikki xonali xonadonning narxi tnraflarning kelishuvj bilan 100 000
(yuz ming) so‘m qilib belgilanishi mumkin.
Arenda haqining miqdori turarjoyning qayerda (shahar mar-
kazida yoki markazdan uzoqligida) joylashganligiga, xonalari soni
va hajmiga, fuqarolarning yashashlari uchun sharoitlam ing
yaxshiligi va qulayligiga, sanitariya va texnik talablarga to‘la javob
197
www.ziyouz.com kutubxonasi
berishiga, savdo va maishiy xizmat shaxobchalariga, sog'Iiqni
saqlash va ta'lim muassasalariga. dam olish va ko'ngilochar
maskanlarga. shuningdek, jamoal transporti qatnovlari yo'lga
qo‘yilgan markaziy ko'chalarga yaqinligiga, ko'p qavatli uylarbo'lsa.
yuqori yoki pastki qavatda joylashganligiga ko’p jihaldan bog'liq.
Turarjoyning arendasi haqi miqdorini belgilashda taraflar yuqorida
ko‘rsatilgan holatlarga albatta e’tibor beradilar.
Uy-joy uchun to'lanadigan haqning miqdori bir tomonlama
o ‘zgartirilishiga yo l qo‘yilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno (FKning 611-moddasi 2-qism).
Fuqarolik kodeksi 544-moddasi beshinchi qismida mulk ijarasi
haqining miqdori haqida quyidagicha qoida belgilangan:
«Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tulilgan bo lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun tolanadigan
haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda. biroq bir yilda
ko pi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan o'zganirilishi
mumkin. Qonun hujjatlarida mulk ijarasining ayrim turlari uchun.
shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdo-
rini qayta ko'rib chiqishning boshqacha eng kam muddallari
nazarda tutilishi mumkin».
Yuqorida naznrda tutilgan holat bilan qonun chiqaruvchi bozor
iqtisodiyoti sharoilida narxlarning tez o'zgarishini shartnoma
tuzayotgan paytda inobatga olish zamrligiga e'tibor bergan.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasn turarjoydan foydalanish jarayonida arendaga oluvchi
javobgar bo'lm agan holatlarga ko‘ra, shartnom ada nazarda
tuiilgan foydalanish shartlari yoki turarjoyning holati jiddiy
yomonlashgan bo'lsa. arendaga oluvchi turarjoydan foyda-
langnnlik uchun arenda haqini tegishli ravishda kamaytirishni
talab qilishga haqli.
Turarjoyni yaxshilash deganda, arendaga oluvchi tomonidan
vaqtincha foydalanayotgan uyni o ‘z mablag'lari hisobidan yashash
sharoitlarini yaxshilovchi turli o'zgartirishlar kiritish, rekonst-
ruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash. yangi qurilmalar
o'rnatish va hokazolar tushuniladi.
Turarjoyni yaxshilash arendaga oluvchining huquqlaridan biri
bo lib, undan foydalanishi ham yoki foydalanmasligi ham mumkin.
198
www.ziyouz.com kutubxonasi
Turarjoyni yaxshilash ayrim holatlarda arendaga oluvchining
zimmasidagi majburiyatga aylanishi ham mumkin. Masalan.
turaijoydan foydalanganlik uchun arenda haqini, taraflar shu
turarjoyni yaxshilash hisobidan toMashini o ‘zaro kelishgan
boMsalar yoki arendaga oluvchi o'zining aybi bilan turarjoydagi
yashash sharoitlarini jiddiy yomonlashtirgan taqdirda, arendaga
oluvchi turarjoyni yaxshilashi uning zimmasidagi majburiyatga
aylanadi.
Arendaga oluvchining turaijoyda amalga oshirayotgan yaxshi-
lash ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga mos bo‘lishi
va bu uchun albatta, arendaga beruvchining roziligini olgan bo‘lishi
zarur.
Turarjoyning yashash sharoitlarini yaxshilashda arendaga
beruvchining roziligi talab etilishi quyidagi ikki maqsadni ko‘zlaydi:
l Yaxshilash natijasida turarjoydan foydalanish shart-sha-
roitlarini o'zgartirishga arendaga beruvchining rozi yoki norozi
ekanligini bilish.
2.
Turaijoyni yaxshilash uchun olib kelingan mol-mulk yoki
sarf qilingan xarajatlarning arenda muddati tugashi bilan arendaga
oluvchining o ‘zi bilan birga olib ketish.
Arendaga beruvchining roziligi bilan turaijoyning yashash
sharoitlari yaxshilangan boMsa, shartnoma muddati tugaganidan
so‘ng yoki shartnoma bekor qilingan taqdirda, arendaga oluvchi
turaijoyni yaxshilash uchun qilgan barcha xarajatlarini agar taraflar
o‘rtasidagi shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan boMmasa.
arendaga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga
ega bo'ladi.
Agar taraflar o ‘rtasidagi shartnomada turarjoyni yaxshilash
arenda haqini to‘lash uchun qilinishi belgilangan bo'lsa, u holda
arendaga oluvchi yaxshilash uchun qilgan xarajatlarini arendaga
beruvchidan qoplashni talab qilishga haqli emas.
Agar turarjoyni yaxshilash ishlari arendaga beruvchining
roziligisiz amalga oshirilgan bo‘lsa va qonun hujjatlarida boshqacha
tartib nazarda tutilgan boimasa qoplanmaydi. Garchi arendaga
beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan yaxshilash turaijoydan
ajratib olinadigan darajada b o isa, Fuqarolik kodeksining 555-
moddasida belgilangan qoidaga ko‘ra, arendaga beruvchining mulki
199
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisohlanadi va yaxshilashga sarf qilgan jihozlami turaijoydan ajratih
olishga haqli bo‘ladi.
Arendaga berilgan turaijoyni yaxshilashdan tashqari uni joriy
va kapital ta'mirlash ham mavjud bo‘lib, Fuqarolik kodeksining
610-moddasiga muvofiq, ijaraga berilgan uy-joyni joriy ta'mirlash.
agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida hoshqacha tartib
helgilangan bo‘lmasa. tjaraga oluvchining zimmasida bo‘lishi,
ijaraga berilgan uy-joyni kapital ta'mirlash esa, agar uy-joyni ijaraga
berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boMmasa,
ijaraga beruvchining zimmasida boMishi nazarda tutilgan.
Ushbu qoidadan turur joyni joriy va kapital ta'mirlash ham
taraflar o‘rtasidagi o'zaro kelishuvga bog'liqdir.
Turarjoyga nisbalan mulk huquqi deganda, turarjoyga egalik
qilish, foydalanish va tasarruf etishni belgilovchi mulk huquqining
uch elementi tegishli shaxsga taalluqliligi lushuniladi. Miilk huquqi
kimga tegishli bo'lsa, shu shaxs turarjoyning mulkdori hisoblanadi.
U o'ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka nisbalan o'z xohishiga ko'ra
egalik qiladi, foydalanadi va tafarruf etadi. Mulkdor o ‘z mulkini
tasarruf etish orqali uni o'zidan begonalasht^ishi. mulk huquqini
o'z egaligidan boshqa shaxsga o'tkazishi mumkin. Fuqarolik
qonunchiligida turarjoyga nisbatan mulk huquqini bir shaxsdan
ikkinchi birshaxsga o'lishini belgilovchi qator shartnomalar mavjud.
Bularga, oldi-sotdi. hadya, ayirboshlash, vasiyatnoma kabilarni
kiritish mumkin Mazkur shartnomnlar yordamida mulkdor o'ziga
tegishli bo‘lgan turarjoyni sotib yuborsa, hadya qilsa, ayirboshlasa
yoki vasiyat qilib qoldirsa unga nisbalan mulk huquqi boshqa
shaxsga o‘tadi. Garchi, turaijoyga nisbatan mulk huquqi o'zgargan,
ya’ni bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o ‘tgan bo‘lsa ham, u
yuzasidan tuzilgan arenda shartnomasining o'zgarishi yoki bekor
qilinishi uchun asos boMmaydi.
Biroq, turarjoyga nisbatan mulk huquqini qo ‘lga kiritgan
mulkdorning talabi bilan arenda shartnomasi muddatidan oldin
bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek, turarjoyga nisbatan ashyoviy (operativ boshqarish
yoki xo'jalik yuritish) huquqining boshqa shaxsga o'tishi, u
yuzasidan tuzilgan arenda shartnomasini o'zgartirish yoki bekor
qilishga asqs bo'lmaydi.
2 0 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ashyoviy huquq egasi bu mulkdor bo'lib, o'ziga qarashli mulkni
boshqa shaxslarga operativ boshqarish yoki xo‘jalik yuritish huquqi
asosida beradi. Ashyoviy tuiquq sohibidan operaliv boshqarishga
yoki xo‘jalik yuritishga olgan shaxslar bu mol-mulkka Fuqarotik
kodeksida belgilangan doirada egalik qiladi, undan foydalanadi va
uni tasarruf etadi. Ashyoviy huquq asosida o'ziga biriktirilgan
m ol-m ulkni boshqarayotgan shaxslarning o'zgarishi turarjoy
arendasi shartnomasining o'zgartirish yoki bekor bo'lishiga asos
bo‘lmaydi.
Masalan, operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan muas-
sasa rahbari o'ziga biriktirilgan ehtiyojidan tashqari bo‘lgan, bo‘sh
turgan turarjoyni boshqa shaxsga arenda shartnomasi asosida
vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun beradi. 0 ‘z mol-
mulkini opreativ boshqarishga bergan mulkdor arenda shartnomasi
muddati tugamasdan operativ hoshqarish huquqi biriktirilgan
shaxsni o'zgartiradi.
Bunday holat qonunda belgilanganidek, tuzilgan arenda
shartnomasining o‘zgartirish yoki bekor bo'lishi uchun asos
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |