Uy-joy huquqi



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

523213

0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASl 
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'Lllvl VAZIRLIGI
N. F. IMOMOV
UY-JOY HUQUQI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi
tomonidan 5240100 — «Yurispmdensiya» vo'nalishi talabalari
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Cho ‘Ipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi


U O ‘ K: 347.254(075)
KBK 
67.404 2va73
1-48
Taqrizchilar
S.B. Bohoqulov

yuridik /a n la r doklori, professor.
B.N. Toshev

yuridik fanlar dokiori.
Imomov N .F.
1-48 
Uy-joy huquqi: darslik/N.F. Imomov; 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. — Toshkent davlat yuridik instiluti.
— Toshkent: Cho'lpon nomidagi N M IU . 2013. 320 b
ISBN 978-9943-05-607-7
Mnzkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining 
vazifalari. uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari
uy-joy qonuncliiligi, turarjoylardan foydalanish qoidalari, munitsipal. 
idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turarjoylaridan tjara 
shartnomasi asosida foydalanish, turarjoylarni saqlash va boshqarish 
faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 
ular faoliyatining huquqiy tartibgn solinishi. turarjoy ijarasi masalalari 
ifodalangan.
Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, katta ilmiy 
xodim va o qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga m o‘l- 
jallangan
L O ‘K: 347.254(075) 
KBK 
67.404.2ya73
© N .F. Imomov, 2013 
© Cho‘lpon nomidagi N M IU , 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari orasida turatjoyga 
bo lgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. 
Zero, turarjoyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib, inson 
xotirjam hayot kechirish va o'zini erkin his qilish imkoniyatiga 
ega bo‘lmaydi.
Fuqarolarning turarjoyga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish bilan 
hog'liq ijtimoiy munosabatlar hozirgi hozor iqtisodiyoti sharoitida 
yangicha ko rinish va mazmun kasb etganligini la'kidlab o‘tish 
joiz.
Qolaversa. bozor munosabatlari sharoitiga kelib, kishilardagi 
boqimandalik tuyg‘usi barham topa boshlashi bilan birgalikda, 
davlatga tegishli bo'lgan turarjoy binolarning katta qismi xususiy- 
lashtirildi.
Shu bilan birga xususiy mulkchilikka keng e'tibor berilishi 
munosabati hilan turarjoylarni xususiylashtirish, yakka tartibda 
uy-joy qurish, davlatga tegishli bo'lmagan turli lashkilotlarning 
turaijoylarni qurishi va ularni sotishi, turarjoy huquqi fanining 
tushunchasi, maqsadi va vazifalarini tubdan o'zgarishiga olib 
keldi.
Shuningdek. bozor niunosabatlari sharoitidagi turarjoy muno- 
sabatlarini tartibga soluvchi yangi qonunchilik tizimining shaklla- 
nishi ham turnrjoy huquqi fanining tushunchasi. predmeti va 
maqsadini aniqlash zaruriyatining qo‘ymoqda
Ta'kidlash lozimki, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kirit- 
ganidan so‘ng. o'tgan 22 yil ichida boshqa huquq sohalari kabi 
uy-joy huquqi sohasi ham bozor qonuniyatlari, davlatning shu 
sohadagi siyosati hamda aholini ijtimoiy himoyalash an'analaridan 
kelib chiqib rivojlanib bordi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustaqillik qo‘lga kiritilgan davrlarda amalda bo'lgan uy-joy 
qonunchiligi ilgari mavjud bo'lgan davlat mulkining gege- 
monligidan kelib chiqib, uy-joy munosabatlarini tartihga solishga 
qaratilgan edi.
Xususiy mulkchlikning qafiyan taqiqlanganligi mamlakatda 
mavjud uy-joylarning asosiy qismi davlat mulki ekanligi o‘sha 
davrlarda amalda bo'lgan Uy-joy kodeksi va boshqa qonun 
hujjatlari bilan ta'minlangan edi
Shu bilan birga avvalgi qonun hujjatlarida har bir fuqaro- 
ning uy-joyga bo'lgan daxlsizlik huquqi belgilangan bo'lsa- 
da, amalda bunday daxlsizlik mavjud boMmasdan. davlat hoki- 
miyati organlari qonuniy ruxsatsiz istalgan paytda uy-joyda 
tintuv o'tkazishlari va shaxsni uy-joydan m ahrum etishlari 
mumkin edi.
Bundan tashqari, avvalgi uy-joy huquqi uchun xos bo'lgan 
yana bir jihat bu bir shaxsning faqatgina bitla uy-joyga ega 
boMishi lozimligi qoidasining mavjudligi boMib, agar shaxs bir 
vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq turarjoyga ega boMsa. bir 
yil ichida ushbu turaijoylardan bittasini o'zining xohishiga ko‘rn 
o‘zida qoldirishi va qolganlarini o'zidan begonalashtirishi lozim 
edi.
1990-yil 31-oktabrda ^O'zbekiston Respublikasrda mulk- 
chilik to ‘g‘risida»gi va 1991-yil 19-noyabrda «Davlat tasarrufi- 
dan chiqarish va xususiylashtirish to ‘g'risida»gi Qonunlarning 
qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida 
huquqiy asos sifatida uy-joy munosabatlarini bozor qonuniyat- 
lari asosida isloh qilishda asosiy va birlamchi huquqiy qadam 
boMdi.
Ushbu qonun hujjatlarining amalga kiritilishi natijasida 
xususiy mulkchilikka keng yo'l ochib berilishi va davlatga tegishli 
uy-joylarning shu uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga 
xususiylashtirib berilishi natijasida ilgari mavjud boMgan yagona 
uy-joy fondining arzimas qismini tashkil etgan xususiy uy-joy 
fondining hajmi va miqdori ortishi bilan birga. yangi mulkdorlar 
sinfi, ya’ni «xususiy uy-joy mulkdorlari» vujudga keldi.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uy-joy huquqi sohasida ro‘y bergan islohotlar va mazkur 
sohada lubdan yangilangan qonunchilikning vujudga kelishi 
O'zbekiston Respublikasining Uy-joy huquqi darsligini tayyorlash 
zaruratini yuzaga kelliradi. Mazkur darslik 0 :zbekiston Respub- 
likasining Uy-joy kodeksi tizimi va tuzilishiga muvofiq tayyor- 
langan.
Shuningdek, ushbu darslik 0 ‘zbekislon Respublikasj Preziden- 
tining 2013-yil 28-iyundagi PQ~ 1990-sonli «Yuridik kadrlar 
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘- 
risida»gi qarorida belgilangan huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha 
yangi avlod darsliklari layyorlash vazifasiga hamohang tayyorlangan 
bo‘lib, undagi o'quv-metodik materiallar talabalarning uy-joy 
huquqi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va mustah- 
kamlashga xizmat qiladi
Mazkur darslik O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng 
uy-joy huquqi bo ‘yicha tayyorlangan ilk darslik b o ‘lganligi 
sababli undagi ayrim fikr va qarashlar. uslubiy yondashuvlar 
yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uchun muallif oldindan 
minnatdorchilik bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish